Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (300-son)
07.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha tashkilotlari, davlat hokimiyati organlari hamda sanoat sohasidagi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish loyihalarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2025-2026-yillarda Buxoro viloyatida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining manzilli dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2025-2026-yillarda energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2025-2026-yillarda Chinoz va Oltiariq tumanlarida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
2025-yilda geliokollektorlar bilan jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maqsadli parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2025-2026-yillarda nostandart, issiqlik energiyasi yoʻqotishlari mavjud hamda tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlgan isitish qozonlari almashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining maqsadli parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish 7-ilovaga* muvofiq vaqtinchalik tartib asosida amalga oshiriladi.
*7-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini — 1, 4 va 5-ilovalarda koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha buyurtmachi etib;
Agentlikni — 2-3-ilovalarda koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha buyurtmachi etib belgilash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki hafta muddatda Agentlik tomonidan xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalarini yollash uchun dastlabki bosqichda Davlat budjetidan 30 milliard soʻm ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlikning davlat ishtirokidagi tijorat banklari binolarini (keyingi oʻrinlarda — banklar binolari) ekspress energiya auditidan oʻtkazgan holda issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda muqobil issiqlik texnologiyalarini oʻrnatishni nazarda tutadigan energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Markaziy bank hamda Agentlikka:
uch oy muddatda davlat ishtirokidagi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan banklar binolarini ekspress energiya auditidan oʻtkazish uchun salohiyatli energiya auditorlari bilan shartnomalar tuzilishini;
2025-yil 31-dekabrga qadar banklar binolarida energiya samaradorligini oshirish loyihalarining yakuniga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2026 — 2028-yillarda shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi tungi yoritish tizimlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda, energiya tejamkor yoritish tizimlariga oʻtkazish va modernizatsiya qilish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suv xoʻjaligi tizimidagi jismonan va maʼnan eskirgan nasos qurilmalari va dvigatellarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni energiya samaradorligi yuqori boʻlgan qurilma hamda dvigatellarga almashtirish muddatlari va moliyalashtirish manbalari aniq belgilangan chora-tadbirlar dasturini;
Foydalanishga yaroqli nasos uskunalarini ularning xizmat koʻrsatish muddatlaridan kelib chiqib, chastotani oʻzgartirish va kompensator qurilmalari bilan jihozlash orqali ishlab chiqarish hajmlarini saqlagan holda, elektr energiyasi isteʼmolini kamida 5 foizga qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda salohiyatli xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining qurilishida energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar Agentlik huzurida energiya resurslarini tejashni taʼminlash orqali daromad olish tamoyiliga asoslangan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “UzESCO” kompaniyasini tashkil qilish hamda uning biznes modelini tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar Global ESKO tarmogʻi (Global ESCO Network) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-may,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda Buxoro viloyatida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining
MANZILLI DASTURI
Izoh. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 2-ILOVA
2025-2026-yillarda energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining
MANZILLI DASTURI
mln soʻmT/rObyekt nomiLoyiha quvvati2026 yilda foydalanishga topshiriladigan obyekt (quvvati)shu jumladanObyektning umumiy qiymatioʻlchov birligimiqdoriyangi qurilishrekonstruksiyamukammal taʼmirlashJami393 975Shu jumladan:umumtaʼlim maktablari (20 ta)oʻquv oʻrni17 04817 04890016 508226 690sport zali (12x24)171717maktabgacha taʼlim tashkilotlari (23 ta)oʻrin4 4254 4255403103 57580 506tibbiyot obyektlari (15 ta)oʻrin75757584 679qatnov6 2856 28518504 435maʼmuriy binolar (2 ta)obyekt2226 100Qoʻngʻirot tumani22 1001.“Sanaat” MFYdagi 47-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 1761 1761 17615 500sport zali (12x24)1112.“Azatliq” MFYdagi 9-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1801801802 8003.“Azatliq” MFYdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikani mukammal taʼmirlashoʻrin2 300qatnov1501501504.Temiryoʻl mahallasidagi 22-son MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1801801801 500Chimboy tumani25 8705.“Temir jol” MFYdagi 49-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 0801 0801 08013 350sport zali (12x24)1116.“Shoxtemir” MFYdagi 23-sonli MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin7575751 5207.“Temir jol guzari” MFYdagi tuman hokimligi balansida boʻlgan binoni koʻp tarmoqli poliklinika binosiga aylantirishoʻrin6 500qatnov6656656658.“Shoxtemir” MFYda Yoshlar IT-markazini qurishobyekt1114 500Asaka tumani14 0609.“Bobur” MFYdagi 56-son umumtaʼlim maktab binosini rekonstruksiya qilishoʻquv oʻrni90090090021 000port zali11110.“Baynalminal” MFYdagi 40-DMTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1501501502 60011.Asaka tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosini mukammal taʼmirlashoʻrin4 560qatnov1 5001 5001 500Gʻijduvon tumani16 69012.“A. Gʻijduvoniy” MFYdagi 21 sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni72072072010 420sport zali (12x24)11114.Gʻovshun mahallasidagi 61-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilishoʻrin4 420qatnov100100100Gʻallaorol tumani21 47015.“Buloqboshi” QFYdagi 84-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni7207207208 700sport zali (12x24)11116.“Gʻafur Gʻulom” MFYdagi 25-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni8208208209 070sport zali (12x24)11117.“Doʻstlik” MFYdagi 5-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin2202202203 700Nishon tumani17 70018.“Navbahor” MFYdagi 5-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal tamirlashoʻquv oʻrni6246246247 800sport zali (12x24)11119.“Paxtazor” MFYdagi 6-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1801801802 80020.“Ulugʻbek” MFYdagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosini mukammal taʼmirlashoʻrin2 500qatnov25025025021.“Paxtakor” MFYdagi Yoshlar IT-markazini qurishobyekt1114 600Qamashi tumani35 000211Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi binolarini rekonstruksiya qilishOʻrin35035035035 000Qatnov1 3501 3501 350Xatirchi tumani18 01022.“Paraxun” MFYdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni4204204205 230sport zali (12x24)11123.Paraxun mahallasidagi 5-son MTT binosini rekonstruksiya qilishoʻrin1801801802 88024.“Navbahor” MFYdagi tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosini (TTYO stansiyasi) mukammal taʼmirlashoʻrin1515155 900qatnov30030030025.Damarik mahallasidagi 3-son MTT binosini rekonstruksiya qilishoʻrin1301301304 000Chortoq tumani21 75026.“Namangan” MFYdagi 8-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni90090090010 600sport zali (12x24)11127.“Dildosh” MFYdagi 23-sonli MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin3603603605 50028.“Z. Diyor” MFY Ustazoda koʻchasidagi koʻp tarmokli markaziy poliklinikasini mukammal taʼmirlashoʻrin5 650qatnov500500500Bulungʻur tumani21 90029.“Navbahor” MFYdagi 1-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni90090090011 000sport zali (12x24)11130.“Bulungʻur” MFYdagi 2-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1201201202 10031.Tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi binosini mukammal taʼmirlashoʻrin3 800qatnov25025025032.Ulugʻbek mahallasidagi 34-son umumtaʼlim maktabi binosini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrin2402402405 000Sirdaryo tumani7 80033.“Ziyokor” MFYdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni3103103104 200sport zali (12x24)11134.“Ishonch” MFYdagi 15-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1501501502 50035.Paxtakor mahallasidagi 6-son MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1401401401 100Denov tumani22 05036.“Mehr-oqibat” MFYdagi 80-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 1761 1761 17613 700sport zali (12x24)11137.“Quyoshli yurt” MFYdagi 22-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1401401402 35038.“Yangihayot” MFY xududida joylashgan Denov tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi 1-sonli bolalar boʻlimi binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1 300qatnov30030030039.Nurli manzil mahallasidagi 27-son MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1401401404 700Yangiyoʻl shahri23 75040.“Qovunchitepa” MFYdagi 4-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 0761 0761 07613 350sport zali (12x24)11141.“Mevazor” MFYdagi 5-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni92092092010 400sport zali (12x24)111Chinoz tumani14 30042.Chinoz tumani 40-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 1761 1761 17614 300sport zali (12x24)111Quva tumani10 40043.“Rasta” MFYdagi 31-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin2502502503 75044.“Rasta” MFYdagi 32-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1401401402 20045.“Rasta” MFYdagi 40-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1401401402 45046.“Rasta” MFYdagi bolalar shifoxonasini mukammal taʼmirlashoʻrin6060602 000qatnovMargʻilon tumani20 45047.“A. Navoiy” MFYdagi 3-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 2701 2701 27015 500sport zali (12x24)11148.“Zuxro” MFYdagi 36-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1401401402 45049.“Guliston” MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinika binosini mukammal taʼmirlashoʻrin2 500qatnov350350350Oltiariq tumani21 35050.“Yangihayot” MFYdagi 39-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 1761 1761 17614 600sport zali (12x24)11151.Oltiariq tumani 34-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin1401401402 32052.Oltiariq tumani 35-sonli MTTni mukammal taʼmirlashoʻrin2802802804 430Shovot tumani17 90053.“Oq oltin” MFY 25-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni6246246247 700sport zali (12x24)11154.“Doʻstlik” MFYdagi 1-sonli MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin2802802804 55055.Paxtakor mahallasidagi 7-son MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1401401401 10056.Paxtakor mahallasidagi 15-son MTT binosini mukammal taʼmirlashoʻrin1501501504 550Toshkent shahri28 70057.Sergeli tumani “Sadoqatli” MFYdagi 351-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlashoʻquv oʻrni1 1801 1801 18011 300sport zali (12x24)58.Bektemir tumani Musaffo mahallasidagi 346-son umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga yangi 180 oʻrinli MTT binosini qurishoʻrin1801801805 40059.Uchtepa tumani Zarafshon mahallasidagi 312-son umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga yangi 360 oʻrinli MTT binosini qurishoʻrin3603603605 50060.Mirzo Ulugʻbek tumani “Geofizika” MFYdagi 70-sonli oilaviy poliklinika binosini mukammal taʼmirlashoʻrin6 500qatnov170170170
Izox. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 3-ILOVA
2025-2026-yillarda Chinoz va Oltiariq tumanlarida energiya samaradorligi loyihalari amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarning
MANZILLI DASTURI
Izoh. Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 4-ILOVA
2025-yilda geliokollektorlar bilan jihozlanadigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maqsadli
PARAMETRLARI
Izoh.
DMTTning manzilli roʻyxatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Loyiha quvvati hamda ajratiladigan limitlar miqdoriga tasdiqlangan loyiha hujjatlari natijalari boʻyicha Ijtimoiy soha obyektlarida energiya resurslarini tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 5-ILOVA
2025-2026-yillarda nostandart, issiqlik energiyasi yoʻqotishlari mavjud hamda tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlgan isitish qozonlari almashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlarining
MAQSADLI PARAMETRLARI
Izoh.
Isitish qozonlari loyiha hujjatlari va tegishli hisob-kitoblar asosida modul qozonxonalarga oʻzgartirish orqali maqbullashtiriladi.
Ajratiladigan mablagʻlar doirasida loyiha quvvatlari, ajratiladigan limitlar hamda manzilli roʻyxatlar tegishli ijtimoiy soha vazirliklari takliflari asosida Ijtimoiy soha obyektlarida energiya resurslarini tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qaroriga 6-ILOVA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
