Respublika teatr va tomosha muassasalari binolarini chet tashkilotlarga ijaraga berish va ijara haqini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1375-son)
23.06.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT ISHLARI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-iyunda 1375-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 45-modda, 1993-y., 9-son, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 1289-1290-moddalar), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) va “Toshkent shahrining konsert zallari va saroylarini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 30-yanvardagi 43-son (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 44-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Respublika teatr va tomosha muassasalari binolarini chet tashkilotlarga ijaraga berish va ijara haqini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-aprel,
01/06-09-son
Madaniyat ishlari vaziri B. QURBONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-aprel,
1-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-aprel,
65-son
