Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-120-V-son)
30.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 30-aprel,
SQ-120-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 30-apreldagi SQ-120-V-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining bir qismini Davlat budjetiga oʻtkazish masalasi toʻgʻrisida”gi KQ-109-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-martdagi “E.A. Saliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-110-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-martdagi “A.A. Maxmudaliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-111-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “A.V. Xodjayevni Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Afrika Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-162-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “A.L. Yunusovni Oʻzbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-163-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “M.V. Kilichevni Oʻzbekiston Respublikasining Tunis Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-164-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “A.V. Kayumovni Oʻzbekiston Respublikasining Avstraliya Ittifoqidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-165-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “K.A. Shakirovni Oʻzbekiston Respublikasining Avstraliya Ittifoqidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-166-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “S.M. Rustambayevni Oʻzbekiston Respublikasining Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-167-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “A.X Tuxtayevni Oʻzbekiston Respublikasining Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-168-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “S.M. Rustambayevni Oʻzbekiston Respublikasining Nepal Federal Demokratik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-169-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-apreldagi “M.T. Abduraxmonovni Oʻzbekiston Respublikasining Fiji Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-170-V-sonli qarori.
