Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-85-son)
08.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi salbiy omillarni bartaraf etish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish va bandligiga koʻmaklashish orqali jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
(b) nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
(v) nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga chiqarish va realizatsiya qilishga koʻmaklashish;
(g) nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
(d) 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.
II. Soliq imtiyozlari va moliyaviy koʻmak choralari
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonining 2-bandida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar ishga qabul qilinganda ham qoʻllanadi;
(b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblanadi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi;
(v) 2025-yil 1-iyuldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari ularning murojaatisiz proaktiv shaklda qoʻllanadi.
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
(a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi. Bunda:
(I) subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
(II) jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida koʻrsatishga ruxsat beriladi;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni quyidagi shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi:
(i) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni kamida 3 oy davomida rasmiy ish bilan band qilish;
(ii) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlash;
(v) mazkur bandning “b” kichik bandidagi subsidiya bandligi taʼminlangan har bir nogironligi boʻlgan shaxs uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida beriladi.
III. Tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari
4. Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsin:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) yuritiladi. Bunda:
(i) nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi;
(ii) ish beruvchilarga elektron reyestr maʼlumotlari bilan tanishish hamda maqbul kelgan nomzodni ishga qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
(iii) elektron reyestrdagi maʼlumotlar mutasaddi davlat organlarining elektron dasturlari asosida real vaqt rejimida shakllantiriladi;
(iv) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holati monitoring qilib boriladi;
(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi. Bunda tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarini zaxiralash elektron reyestr maʼlumotlari orqali oʻzlari joylashgan hududdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) faqatgina quyidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlar haqidagi maʼlumotlar kiritiladi:
(i) xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda 6 oydan kam boʻlmagan muddatda faoliyat olib borayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 25 foizini tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari;
(ii) kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
(b) davlat buyurtmachilari va Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi huquqlar beriladi:
(i) davlat buyurtmachilariga Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portali hamda Elektron kooperatsiya portali orqali oʻz hududida joylashgan Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha bir moliya yilida bazaviy hisoblash miqdorining bir ming besh yuz baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
(ii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat xaridlari elektron tizimlarida talab etiladigan qoʻshimcha zakalat toʻlovini kiritmaslik;
(iii) Yagona reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga har yili oʻtkazib boriladigan “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi doirasida faqatgina mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan tovarlari bilan qatnashishiga va bir davlat buyurtmachisi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch ming baravarigacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish. Bunda davlat buyurtmachilari koʻrgazma doirasida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan talablar va muddatlar asosida maxsus axborot portaliga joylashtirishni taʼminlaydi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
(i) Elektron kooperatsiya portalida Yagona reyestrga kiritilgan subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar, koʻrsatiladigan xizmatlarning davlat xaridi uchun elektron savdo maydonchasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(ii) davlat buyurtmachilariga elektron savdo maydonchasi orqali Yagona reyestrga kiritilgan subyektlardan bir shartnoma boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan tovar (xizmat)larni xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda elektron savdoda 48 soat ichida bir nafar ishtirokchi qatnashgan taqdirda, davlat buyurtmachisiga ishtirokchi bilan elektron ravishda savdolashish orqali yoki davlat xaridlarining boshqa turi asosida xaridni amalga oshirish huquqi beriladi;
(b) nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan hamda ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Inklyuziv ish beruvchi” mukofoti bilan taqdirlanadi;
(v) Agentlik va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili may oyida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
7. Quyidagilar:
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi boʻyicha quyidagilar javobgar hisoblanadi:
(a) Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash — nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini muhokama qilib borishga hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasiga davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etishga;
(b) Agentlik — bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning manzilli roʻyxatlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash tadbirlarining ijrosini monitoring qilishga;
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning barqaror bandligi taʼminlanishi va yuqori daromad topishiga koʻmaklashishga;
(g) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlashga.
9. Mazkur Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-may,
PF-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomlanishiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosini tizimli yoʻlga qoʻyish1.Quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:1. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ular uchun surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya sifatida qoplab berish tartibi.2. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni belgilangan shartlarga bir vaqtda javob beradigan mehnat sharoitlari asosida ishga qabul qilgan yoki shunday ishga joylashishiga koʻmaklashgan tadbirkorlik subyektlariga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobida subsidiya ajratish tartibi.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025 yil iyunIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Adliya vazirligi2.1. Ish beruvchilarga “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotini berish maqsadida ular tomonidan bandligi taʼminlangan nogironligi boʻlgan shaxslar maʼlumotlarini (ish staji, oylik ish haqi va hokazo) Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib borish.Amaliy chora-tadbirlar 2025 yil maydan boshlabhar yili– Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 2. “Inklyuziv ish beruvchi” mukofotiga munosib ish beruvchilarni aniqlash va maxsus sovgʻalar bilan taqdirlash tadbirlarini amalga oshirib borish.Amaliy chora-tadbirlarIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi,Savdo-sanoat palatasi3.Nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda qoʻllash choralarini koʻrish. Bunda quyidagilarni inobatga olish:barcha ish beruvchilarning soliq organlari axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;soliq organlari tomonidan shaxsga nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab mazkur toifadagi shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini proaktiv shaklda hisoblash boʻyicha axborot tizimlarini takomillashtirish.Kompleks chora-tadbirlar2025 yil iyunIjrochilarning mablagʻlariSoliq qoʻmitasi,Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha ish beruvchilar 4.“Inson uchun” shiori ostida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazib borilishini tashkil etish.Kompleks chora-tadbirlar2025 yil maydan boshlab har yili bir marotabaIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlariIjtimoiy himoya milliy agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari5.1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda nogironligi boʻlgan shaxslarni yangi yoʻnalishdagi kasblarga jalb qilish boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2025 yil maydan boshlab doimiy Ijrochilarga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, ularning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi(belgilangan vazifalarga har bir vazirlik va idora alohida masʼul hisoblanadi), Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash(nazorat)2. Loyihalar doirasida bandligi taʼminlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasini va kasblarni belgilab, loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.2025 yil may 3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy kasblarga jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish. Loyihalar doirasida bevosita oʻzi yoki autsorsing usulida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joyini moslashtirish, zarur asbob-uskunalar va vositalarni xarid qilish, yordamchi xodimlarni yollash, nogironligi boʻlgan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish, zarur oʻquv va psixologik treninglarni tashkil etish.2025 yil iyun — dekabr 4. Loyihalarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqib, ularni ommalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.2025 yil dekabr6.Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:nogironligi boʻlgan xodimlariga begʻaraz maqsadlarda bepul oziq-ovqat, gigiyena mahsulotlari va kiyim-kechaklar berishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritish;2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga koʻra oʻrtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlaydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk soligʻi summasini toʻliq hamda yer soligʻi summasining 90 foiz qismini nogironligi boʻlgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda toʻlash huquqini berish. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qoʻllanadi;Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini unda koʻrsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganda ham qoʻllash;I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlaydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblamaslik;nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini ularning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qoʻllash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025 yil iyul–Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi7.Elektron kooperatsiya portalida nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun elektron savdo maydonchasini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr elektron kooperatsiya portaliga toʻliq integratsiya qilish va oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil may-iyunIjrochilarning mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi8.“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini ishga tushirish.Bunda: elektron reyestrni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumoti, mehnat faoliyati va ish tajribasi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (rezyume) jamlanmasini shakllantirish.Amaliy chora-tadbirlar2025 yil iyunMasʼul vazirlik va idoralarning mablagʻlariIjtimoiy himoya milliy agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar9.“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qaroriga muvofiq yuritilayotgan Yagona reyestr toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi alohida sahifa yaratish.Bunda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha axborot tizimlari integratsiya qilinadi.Amaliy chora-tadbirlar2025 yil iyulIjrochilarning mablagʻlariIjtimoiy himoya milliy agentligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi10.Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga mehnatda mayib boʻlish natijasida nogironlik belgilangan shaxslarni ish beruvchilar hisobidan mehnat reabilitatsiyasi dasturi boʻyicha boshqa turdagi kasb bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025-yil iyul–Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar11.“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (“YAMMT” IDAK) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralashning elektron tizimini joriy etish choralarini koʻrish.Bunda “YAMMT” IDAKga kiritilgan zaxiralangan lavozimlar boʻyicha maʼlumotlarni Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish.Amaliy chora-tadbirlar2025 yil avgustBandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi12.Xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrgangan holda, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish tizimini takomillashtirish, xususan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlarini ixtiyoriy ravishda zaxiraga qoʻyishni ragʻbatlantirish hamda ushbu toifadagi shaxslarni ishga qabul qilmagan ish beruvchilarga tegishli miqdordagi toʻlovlarni amalga oshirish orqali boshqa toifadagi shaxslarni qabul qilish huquqini berishni nazarda tutuvchi takliflarni Hukumatga kiritish.Tahliliy maʼlumot yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025 yil avgust–Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi13.Ish oʻrinlarini zaxiralash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish.Bunda quyidagilarni nazarda tutish:tegishli axborot tizimlarida ish oʻrinlari zaxiralanadigan tashkilotlarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini toʻliq elektron shaklda yuritish imkoniyatlarini yaratish;ish oʻrinlarini zaxiralash tartib-taomillarini “YAMMT” IDAK orqali elektron shaklda amalga oshirish;“YAMMT” IDAKga tashkilotlar tomonidan kiritilgan zaxiralangan ish oʻrinlari boʻyicha vakansiyalarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Milliy vakansiyalar bazasida eʼlon qilib borish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025 yil sentabr-oktabr–Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi14.1. Tajriba-sinov tariqasida Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bittadan texnikum (keyingi oʻrinlarda— texnikum)larda inklyuziv taʼlim guruhlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish.Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladigan texnikumlarning oʻquv binolarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan inklyuziv taʼlim sharoitlarini hisobga olgan holda jihozlash ishlari amalga oshiriladi.Amaliy chora-tadbirlar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2. Texnikumlarda tashkil etiladigan inklyuziv taʼlim guruhlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni olib borayotgan texnikum pedagoglariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha haq toʻlash boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Tahliliy maʼlumot va takliflar2025 yil iyul–Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi15.Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar negizida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar va kambagʻal oila aʼzolarining ijtimoiy faolligini oshirish, zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish va ishga joylashtirishga koʻmaklashish boʻyicha Faollashtirish va resurs markazlarini tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil yanvar–Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi16.1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida nogironligi boʻlgan shaxslar kasb-hunar oʻrganishi uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish hamda har bir kasbiy koʻnikmalar markazini u joylashgan hududda yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassis-oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar 2025-2026-yillar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,mahalliy budjet mablagʻlari,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnatga jalb qilishda ularni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan hamda uy sharoitida faoliyat yuritish mumkin boʻlgan zamonaviy kasb turlariga (onlayn operator, kopirayter, ijtimoiy tarmoq marketingi (SMM), veb-dizayner, frilanser, grafik dizayner) oʻqitish. Bunda:tadbirkorlik subyektlarining talabi hamda ehtiyojiga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini joriy qilish;bitiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslarni yoʻnalishi boʻyicha ishga joylashtirish choralarini koʻrish.Kompleks chora-tadbirlar2025 yil iyun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi17.Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish yoki ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish boʻyicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil iyuldan boshlab har yilda kamida bir martaIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi18.YUNISEF xalqaro tashkilotining “UPSHIFT” loyihasini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil mayYUNISEF grantlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi, II. Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyatning va mehnat bozorining teng huquqli aʼzosiga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishga qaratilgan mediareja19.Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatga oid huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlar suratga olish va teleradiodasturlar tayyorlash hamda ularni tegishliligiga koʻra ommaviy axborot vositalarida namoyish qilib borish va teleradiokanallar orqali uzatib borish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyIjrochilarning mablagʻlariOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi20.Jamiyatni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish hamda ularning inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda axborot va koʻngilochar dasturlarda boshlovchi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etishini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlarDoimiy–Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi21.Nogironligi boʻlgan iqtidorli shaxslar bilan intervyular tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiy –Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi22.Nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratib berilgan imtiyozlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi yuzasidan har chorakda kamida 2 ta videorolik tayyorlash va efirga uzatib borish.Amaliy chora-tadbirlarHar chorakdaIjrochilarning mablagʻlariKinematografiya agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi23.Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida ularning bandligini taʼminlashga hamda ushbu toifadagi shaxslarning mehnat faoliyatini olib borishiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy omillarni aniqlash boʻyicha ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish.Ijtimoiy tadqiqot2025-2026-yillar davomidaIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi24.Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar, nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil davomida–Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi25.Nogironligi boʻlgan shaxslarni yoshlikdan kasb-hunarga qiziqtirish, ularni hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari oʻquvchilari orasida targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlarDoimiyIjrochilarning mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi26.Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini yuzaga chiqarish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda bandligi boʻyicha tayyorlangan materiallar, davra suhbatlari va boshqa materiallarni joylashtirib borish.Amaliy chora-tadbirlar2025-2026-yillar davomidaIjrochilarning mablagʻlariAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Kinematografiya agentligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi27.Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolishiga qaramay, oʻzida kuch topib yuqori natijalarga erishgan, inklyuziv jamiyat rivoji yoʻlida va yangi loyihalar ustida ish olib borayotgan insonlar haqida hikoya qiluvchi “Ziyolilar 4: Inson” almanaxini yaratish va chop etish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunIjtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiIjtimoiy himoya milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoniga 2-ILOVA
2025-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarning rasmiy bandligini taʼminlash boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
