Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida (580-V-son)
03.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga Tashpulatov Aziz Anvarovichning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-mart,
580-V-son
