“682-modda. Davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish
Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1061-son) · Sana: 05.05.2025 · Amalda
Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlarining axborotini taqdim etishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri axborotni taqdim etish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 913-moddaning:
nomidagi “shuningdek chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr axborotlarini taqdim etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
7) 245-moddaning birinchi qismi “67” raqamidan keyin “682” raqami bilan toʻldirilsin;
8) 2661-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
