“Oʻzbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovning javobi haqida (635-V-son)
12.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-mart,
635-V-son
