Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3290-1-son)
01.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3290-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 3290, 2021-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son) bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibida:
1) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuk operatsiyasi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;”;
2) 5-bandning “a” kichik bandi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi hamda ilova matnidagi “qayta yuklash” degan soʻzlar “yuk” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-aprel,
248-son
Kelishildi:
Savdo sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 8-aprel
