Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0088-25-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (6-son)
07.04.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 346]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015-yil 22-sentabrda tasdiqlangan Aholi uchun sanitariya, gigiyena vositalarining yillik minimal ehtiyoji boʻyicha gigiyena normalari (0323-15-son SanQvaM) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-aprel,
6-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2025-yil 5-aprel
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2025-yil 4-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 4-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 3-aprel
Savdo-sanoat palata raisi D. VAXABOV
2025-yil 3-aprel
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 3-aprel
Sport vaziri A. IKRAMOV
2025-yil 3-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologi osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 7-apreldagi 6-son qaroriga ILOVA
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) aholining sanitariya-gigiyena vositalariga (inson tanasini yaxshi holatda va toza saqlash uchun moʻljallangan vositalarga) boʻlgan ehtiyojiga oid quyidagilarni:
mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq 12 yoshgacha boʻlgan har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 13 — 18 yoshdagi har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq 19 — 59 yoshdagi har bir ayollar uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasiga muvofiq 19 — 59 yoshdagi har bir erkaklar uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq 60 va undan yuqori yoshdagi har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining har bir tarbiyalanuvchisi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 7-ilovasiga muvofiq Umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir oʻquvchisi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 8-ilovasiga muvofiq Yotoqxonasi mavjud boʻlgan taʼlim tashkilotlarida oʻqiydigan har bir oʻquvchi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 9-ilovasiga muvofiq Oliy, oʻrta maxsus, professional va boshqa turdagi taʼlim tashkilotlarining har bir oʻquvchi-talabalari uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojning yillik normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasiga muvofiq Davolash-profilaktika muassasalari (statsionar) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari;
mazkur sanitariya qoidalarining 11-ilovasiga muvofiq Davolash-profilaktika muassasalari (ambulatoriya) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalarini belgilaydi.
Ushbu sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 12-ilovasida keltirilgan.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 1-ILOVA
12 yoshgacha boʻlgan har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari
Izoh:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 2-ILOVA
13 — 18 yoshdagi har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari
Izoh:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 3-ILOVA
19 — 59 yoshdagi har bir ayollar uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari
Izoh:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 4-ILOVA
19 — 59 yoshdagi har bir erkaklar uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari
Izoh:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 5-ILOVA
60 va undan yuqori yoshdagi har bir aholi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik minimal normalari
Izoh:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 6-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining har bir tarbiyalanuvchisi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari
Izohlar:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak;
** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita xonalarga kirish joylarida, hojatxonalarda esa chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 7-ILOVA
Umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir oʻquvchisi uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari
Izohlar:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak;
** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita xonalarga kirish joylarida, hojatxonalarda esa chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 8-ILOVA
Yotoqxonasi mavjud boʻlgan taʼlim tashkilotlarida oʻqiydigan har bir oʻquvchi uchun sanitariya- gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari
Izohlar:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak;
** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita hojatxonalarda chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 9-ILOVA
Oliy, oʻrta maxsus, professional va boshqa turdagi taʼlim tashkilotlarining har bir oʻquvchi- talabalari uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojning yillik normalari
Izohlar:
* Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak;
** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita xonalarga kirish joylarida, hojatxonalarda esa chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 10-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari (statsionar) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari*
Izohlar:
* Mazkur davolash-profilaktika muassasalari (statsionar) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari davolash-profilaktika muassasalarining (statsionar) xodimlari hamda bemorlari uchun moʻljallangan;
** Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak;
*** Qogʻozli sochiqning 1 oʻrami 50 metr boʻlishi lozim;
**** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita boʻlimlarga kirish joylarida, hojatxonalarda esa chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 11-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari (ambulatoriya) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari*
Izohlar:
* Mazkur davolash-profilaktika muassasalari (ambulatoriya) uchun sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan yillik normalari davolash-profilaktika muassasalarining (ambulatoriya) xodimlari hamda bemorlari uchun moʻljallangan.
** Hojatxona qogʻozining 1 oʻrami 50 metr boʻlishi kerak.
*** Qogʻozli sochiqning 1 oʻrami 50 metr boʻlishi lozim.
**** Qoʻl uchun moʻljallangan antiseptik vosita boʻlimlarga kirish joylarida, hojatxonalarda esa chiqish joylarida oʻrnatilishi kerak.
Aholining sanitariya-gigiyena vositalariga boʻlgan ehtiyojiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0088-25-son SanQvaN) 12-ILOVA
