7582-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini — Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1058-son)
7582-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1058-son) · Sana: 17.04.2025 · Amalda
Aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Pul talabnomasi boʻyicha talablarni qanoatlantirish navbati pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqt asosida belgilanadi. Bunda moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish navbati pul talabnomasiga boʻlgan huquq garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytga qadar yoki undan keyin yuzaga kelganligidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Pul talabnomasiga boʻlgan huquqlar navbati ushbu Kodeks 751-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq moliya agenti huquqqa ega boʻlgan har qanday daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
13) 1190-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasida — mijoz”;
oʻn oltinchi xatboshisi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar, № 9, 965-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan talab qilish huquqini olish yoki boshqa shaxsga berish”;
2) 7-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi “sugʻurta” degan soʻzdan keyin “faktoring” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-356-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 264-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 10, 795-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreditor — qarzdordan oʻzining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa — majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida berib qoʻyilgan qarzdorning mol-mulki yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi hisobiga oʻz talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasini sotib olgan moliya agenti”;
beshinchi xatboshisi “qarzdor” degan soʻzdan keyin “yoki pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs (bundan buyon matnda pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 5-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“garov reyestridagi axborotni qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha izlash imkoniyatini taʼminlaydi”;
3) 8-moddaning ikkinchi xatboshisi “lizing” degan soʻzdan keyin “pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 9-modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs va kreditor toʻgʻrisidagi axborot (jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami);
qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga boʻlgan huquqlari tavsifi, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi uchun esa — voz kechilgan pul talabnomasining tavsifi”;
5) 10-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning identifikatsiya maʼlumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlanguniga qadar kreditorda saqlanishi kerak”;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs yozuvni noxolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki oʻzgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir eʼtirozlar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi”;
6) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoxud jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyxatdan oʻtkazish raqami boʻyicha amalga oshiriladi”.
1) 8-modda birinchi qismining 44-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining 28-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda birinchi qismining 18-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-ilova:
483-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 484 va 485-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
2) 3-ilova quyidagi mazmundagi 102 va 103-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustda qabul qilingan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-710-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 8, 802-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 114-modda, № 9, 965-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kafolatlar berish tashkiloti — yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish boʻyicha kafolatlar (kafilliklar) berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
faktoring tashkiloti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
2) 4-modda:
birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) xizmatlarini va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishga;
yuridik shaxslarga chet el valyutasida mikrokredit berishga hamda ushbu qismning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlarni chet el valyutasida koʻrsatishga;
toʻlov tashkiloti faoliyatini mazkur tashkilotlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirishga haqli”;
quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Kafolatlar berish tashkiloti:
shaxsning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish boʻyicha kafolat (kafillik) berishga;
kredit tashkilotlariga ular tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatish uchun moliyaviy mablagʻlar taqdim etishga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga haqli.
Kafolatlar (kafilliklar) berish boʻyicha faoliyatni professional asosda amalga oshirish deganda, bank yoki sugʻurta tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxsning bir yil davomida oʻn martadan koʻp kafolatlar (kafilliklar) berishi tushuniladi, bundan mazkur yuridik shaxs tomonidan uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) boʻlgan shaxslarga yoki xodimlariga bergan kafolatlar (kafilliklar) mustasno.
Faktoring tashkilotlari:
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan moliya agenti sifatida talab qilish huquqini olishga yoki boshqa shaxsga berishga;
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi boʻyicha mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomalari bilan bogʻliq boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga haqli”;
beshinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;
3) 6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshadigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga, bundan obligatsiyalar shaklidagi qarz mablagʻlarini jalb etish mustasno”;
4) 8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan prudensial normativlarga rioya etgan taqdirda, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan tashqari quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshirishga haqli”;
5) 12-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
6) 13-modda:
birinchi qismidagi “shuningdek tashkilotning turiga qarab “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” yoki “lombard” degan soʻz yoki soʻz birikmasi” degan soʻzlar “shuningdek tashkilotning turiga qarab “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” yoki “lombard” degan soʻz yoki soʻz birikmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotining turlaridan biri sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan, biroq davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin uch oy davomida hisob roʻyxatidan oʻtish uchun hujjatlarni taqdim etmagan yuridik shaxslar oʻz firma nomida “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “faktoring tashkiloti” soʻz birikmasidan yoki “MMT” degan qisqartma soʻzdan, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik haqida Markaziy bankka xabarnoma yubormagan yuridik shaxslar — “lombard” degan soʻzdan foydalanish huquqiga ega emas”;
beshinchi qismi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlardan keyin “faktoring tashkilotining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning talablari kafolatlar berish tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
7) 15-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ularga aloqador boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi):
oʻn va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankni xabardor qilishi;
yigirma va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq xabardor etishda nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot Markaziy bankka taqdim etiladi.
Agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi”;
ikkinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 16-modda:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moliya (kredit) tashkilotining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga yoki uning bankrot boʻlishiga yoxud amalga oshirayotgan faoliyatining tugatilishiga olib kelgan harakatlar sodir etishga va (yoki) harakatsizlikka rahbar xodimning aloqadorligi toʻgʻrisidagi dalillarning mavjud emasligi”;
uchinchi qismi:
1-bandining “a” kichik bandidagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotida, faktoring tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bandining “b” kichik bandi “ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida” degan soʻzlardan keyin “va kafolatlar berish tashkilotida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-bandining“a” kichik bandidagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotida, faktoring tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining “b” kichik bandi “ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida” degan soʻzlardan keyin “va kafolatlar berish tashkilotida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 17-moddaning uchinchi qismi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kafolatlar berish tashkiloti uchun — yuz milliard soʻmni”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikromoliya tashkiloti va faktoring tashkiloti uchun — ikki milliard soʻmni”;
10) 18-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti faoliyatini ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirsa, mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti filialni ochish chogʻida prudensial normativlarga rioya etishi shart”;
11) 19-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining, kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining faoliyati u haqidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga, kafolatlar berish tashkilotlari reyestriga yoki faktoring tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi”;
beshinchi qismi “ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining” degan soʻzlardan keyin “kafolatlar berish tashkilotining, faktoring tashkilotining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 20-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob roʻyxatidan oʻtish uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi”;
uchinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Norezidentlar tomonidan mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish chogʻida yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxsni nazorat qilish organining mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish uchun yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish uchun ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdigʻi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tasdiqnoma yoki uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ mavjud emasligi toʻgʻrisida yuridik shaxsning tasdiqnomasi”;
13) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisob roʻyxatidan oʻtkazish yoki hisob roʻyxatidan oʻtkazishni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi. Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti norezidentlar tomonidan tashkil etilgan hollarda mazkur muddat oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin”;
14) 22-modda yettinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi hollardan biri yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish yoki kafolatlar berish tashkiloti oʻz firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” degan soʻz birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma soʻzni hamda “kafolatlar berish” degan soʻz birikmasini (mavjud boʻlganda) chiqarib tashlashi yoki faoliyatni tugatish haqida yoxud qayta tashkil etish natijasida tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart”;
15) 24-modda:
birinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan, faktoring tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan (bundan buyon matnda tegishli reyestr deb yuritiladi) chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinadi”;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan yoki faktoring tashkilotlari reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, shuningdek Markaziy bank lombardning faoliyati tugatilganligi haqida xabarnoma olganda”;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan” degan soʻzlar “tegishli reyestrdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan” degan soʻzlar “tegishli reyestrdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan” degan soʻzlar “tegishli reyestrdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Markaziy bank tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida oʻz firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “lombard” degan soʻzni yoki soʻz birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma soʻzni hamda “kafolatlar berish” degan soʻz birikmasini (mavjud boʻlganda) chiqarib tashlashi yoxud faoliyatni tugatish yoki qayta tashkil etish natijasida tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart”;
16) 25-modda:
ikkinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlari va lombardlar” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotlarining, lombardlar, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari va faktoring tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlarining va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi “ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini” degan soʻzlardan keyin “kafolatlar berish tashkilotlari reyestrini, faktoring tashkilotlari reyestrini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
17) 26-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari prudensial normativlarga rioya etishi shart”;
ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlardan keyin “kafolatlar berish tashkilotiga yoki faktoring tashkilotiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismidagi “mikromoliya tashkilotlarining” degan soʻzlar “mikromoliya tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 27-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 7582-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1058-son). neolex.uz/uz/laws/law-7483385/7582 (lex.uz/docs/-7481639)