“Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-36-V-son)
21.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-iyun kuni qabul qilingan “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 21-dekabr,
SQ-36-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 21-dekabrdagi SQ-36-V-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
