984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va bukmekerlik garovlarini oʻtkazishning oʻ — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1057-son)
984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va bukmekerlik garovlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1057-son) · Sana: 17.04.2025 · Amalda
Lotereyalarning, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning va bukmekerlik garovlarining (bundan buyon matnda oʻyinlar deb yuritiladi) vakolatli davlat organidan litsenziya olgan tashkilotchilari hamda oʻyinlarning ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlar qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va shartnomaga asoslanadi. Oʻyinlarning tashkilotchisi va ishtirokchisi oʻrtasidagi shartnoma chipta, kvitansiya berish orqali yoki oʻyinni tashkil etish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa usulda rasmiylashtiriladi hamda ishtirokchi chipta qiymatini toʻlagan yoki oʻyinga pul tikkan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi.
Qonun hujjatlari bilan alohida toifadagi shaxslarning oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif oʻyinlarni oʻtkazish muddati hamda yutuqni aniqlash tartibi va uning miqdori haqidagi shartlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Oʻyinlarning tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda oʻtkazishni rad etgan taqdirda, oʻyinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan oʻyinlar qoldirilganligi yoki ularning muddati koʻchirilganligi tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Oʻyinlarni oʻtkazish shartlariga muvofiq gʻolib deb eʼtirof etiladigan shaxslarga oʻyinlarni oʻtkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pulda yoki naturada) va muddatda, agar ushbu shartlarda muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻyinlarning natijalari aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa muddatda oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq toʻlanishi kerak.
Oʻyinlarning tashkilotchisi ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchi oʻyinlar tashkilotchisidan yutuqni toʻlashni, shuningdek oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan shartnoma buzilganligi tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 2, 110, 111-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda jamiyat xodimlari jamiyat tomonidan joriy qilinadigan aksiyalar birlamchi ommaviy joylashtirilganda xodimlarning aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega”;
2) 50-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlarni toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy joylashtirish yoʻli bilan joylashtirilgan taqdirda, kamida yetti yil davomida ushbu korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividendlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar mustasno.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlarni toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlarni toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlarni toʻlash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganligi va boshqa muhim axborot haqidagi xabar ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida joʻnatilganligi faktini va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani qayd qilgan holda, aksiyadorlar eʼtiboriga mobil telefonga qisqa xabarlar (SMS-xabarlar) va (yoki) elektron pochta (aksiyadorlar reyestrida mobil telefon raqami va elektron pochta manzili mavjud boʻlganda) orqali yetkaziladi”;
3) 51-moddaning:
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dividendlarni toʻlash Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaragʻiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas”;
oltinchi qismi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 79-modda quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ijroiya organini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritishga haqli”;
5) 106-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan barcha axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart.
Fond birjasi aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat ustavining matnini Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan maʼlumotlarni olish orqali, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa axborotni fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi shart.
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborot eʼlon qilinganligi uchun haq olishga haqli emas.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyat boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi axborotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida eʼlon qilinishi kerak.
Fond birjasining rasmiy veb-saytida va Korporativ axborotning yagona portalida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma soʻroviga koʻra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Jamiyat oʻzi va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida oshkor etishi shart.
Jamiyat oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) 12-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar va boshqa kredit tashkilotlari, “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyati;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati;
beshinchi xatboshi “sugʻurtalovchilar” degan soʻzdan keyin “(qayta sugʻurtalovchilar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 10, 1079-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yigʻim toʻlaydi”;
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 12-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 16-moddaning:
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 24-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati boʻlgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslargina (bundan investitsiya fondi mustasno) qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi”;
5) 33-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 38-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, ularni hisobga olish va saqlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasidagi faoliyati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlari hisob-kitoblariga oid faoliyati esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi”;
7) 40-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarning milliy hamda xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakillik hisobvaraqlarini ochishga va yuritishga;
xorijiy banklar va markaziy depozitariylarda vakillik hisobvaraqlarini ochishga”;
toʻrtinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 44-modda:
oltinchi qismi “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “va oʻzining rasmiy veb-saytiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Emitent qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi mumkin. Bunda emitent oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli.
Rasmiy veb-sayt mavjud boʻlishi haqidagi talab qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
Agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor etish Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan olingan maʼlumotlarga asosan fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot eʼlon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas”;
9) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 55-moddaning ikkinchi qismi:
uchinchi xatboshisi “qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi” degan soʻzlardan keyin “mazkur sohada ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “guvohnomalari” degan soʻz “sertifikatlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlarini kelishadi”;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 128-moddaning uchinchi qismi “tovar-xomashyo birjalarida” degan soʻzlardan keyin “kripto-birjalarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 297-modda uchinchi qismining 4-bandi chiqarib tashlansin;
3) 304-modda birinchi qismi quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:
“23) REPO operatsiyalari boʻyicha daromad”;
4) 324-modda chiqarib tashlansin;
5) 327-modda:
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagi bitimlar tuzilganda sotuvchi tomonidan (bundan emitent mustasno) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga quyidagi yigʻimlar toʻlanadi:
a) qimmatli qogʻozlarga doir tashkil etilgan birjadan tashqari savdolarda bitim summasining 0,3 foizi miqdoridagi yigʻim;
b) emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir birja savdolarida bitim summasining 0,01 foizi miqdoridagi yigʻim.
Sotuvchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining ushbu moddaning oʻn oltinchi qismida koʻrsatilgan, tuzilgan bitimlar boʻyicha daromadlariga foyda soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi”;
oʻn oltinchi — oʻttiz beshinchi qismlari tegishincha oʻn sakkizinchi — oʻttiz yettinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 375-moddaning 8-bandi chiqarib tashlansin;
7) 378-moddaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23) soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining soliq davri davomida qimmatli qogʻozlarning mahalliy bozorida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda:
yoʻnaltirilgan mablagʻlarning jami summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravaridan oshmaydigan miqdorni tashkil etadi;
pul mablagʻlari shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida qaytarib olinmaydi. Bunda oy davomida shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yigirma baravaridan oshishi mumkin emas;
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlaridan qimmatli qogʻozlar olish uchun foydalaniladi.
Ushbu bandning shartlari buzilgan taqdirda, shaxsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim”;
8) 468-moddaning uchinchi qismidagi “4, 5” raqamlari “5” raqami bilan almashtirilsin.
1) 8-modda birinchi qismining 31-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining 11-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda birinchi qismining 103-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) ilovaning:
1-bandi “j” kichik bandining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, tugʻilgan vaqti faktlarini aniqlash haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrganlik uchun davlat boji undirilmaydi”;
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 30. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji a) sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati — BHMning 10 baravari b) fond birjasi faoliyati va qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati — BHMning 4 baravari v) lotereyalar tashkil etish faoliyati — BHMning 18 500 baravari g) bukmekerlik faoliyati — BHMning 37 000 baravari d) Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati — BHMning 37 000 baravari
Izoh. “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan davlat bojlarining miqdorlari davlat bojini toʻlash kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga koʻpaytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji belgilangan miqdorlarda har yili toʻlanadi.
Navbatdagi yillik toʻlov litsenziya olingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan kamida 30 kun oldin toʻlanadi, navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turiladi.
“v”, “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni oʻzgartirilganlik uchun mazkur kichik bandlarda belgilangan davlat bojlarining 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
“v”, “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirilganlik uchun BHMning 500 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.”;
42-bandi chiqarib tashlansin;
43-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 43. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji tovar-xom ashyo birjasi faoliyati — BHMning 4 baravari ”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 11, 1288-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 34-modda quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlar tomonidan qimmatli qogʻozlar shartnomada nazarda tutilganligidan yuqoriroq narxda va (yoki) koʻproq miqdorda joylashtirilgan taqdirda anderrayterlarning xizmatlari uchun shartnoma boshlangʻich summasining 10 foizidan ortiq miqdorda haq toʻlanishiga ruxsat etiladi”;
2) 71-modda birinchi qismining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) qoʻshimcha ishlarni va xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi xarajatlar, bundan ushbu Qonun 34-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
2) 16-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“lotereyalar tashkil etish faoliyati;
bukmekerlik faoliyati;
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati”;
ikkinchi qismidagi “Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar “Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 17-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bukmekerlik faoliyati;
Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati”;
4) 1-ilovaning:
8-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 8. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun litsenziya Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati. ”;
33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 33. Birja faoliyati uchun litsenziya Fond birjasi faoliyati va qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi valyuta birjasi faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tovar-xom ashyo birjasi faoliyati. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ”;
46-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 46. Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun litsenziya Lotereyalar tashkil etish faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bukmekerlik faoliyati; Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati. Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilangan tartibda: a) tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatini yuritadi. Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga jismoniy shaxslar quyidagi muddatlarga kiritiladi: 6 oydan 5 yilgacha muddatga — tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan jismoniy shaxsning arizasi asosida; 5 yil muddatga — tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan jismoniy shaxs yaqin qarindoshlarining arizasi asosida sud qaroriga koʻra; b) Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari tomonidan lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima soladi. ”;
47-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 47. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya Investitsiya vositachisining faoliyati; Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati. ”;
5) 2-ilovaning:
49-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 49. Sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma Sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ”;
50-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
6) 3-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 4. Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma Investitsiya maslahatchisi faoliyati. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ”;
7) 4-ilovaning:
I boʻlimi:
7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 7. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati uchun litsenziya 300 ”;
40-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 40. Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 2000 ”;
quyidagi mazmundagi 55 va 56-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ 55. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 500 56. Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 2000 ”;
II boʻlimining:
40-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 40. Sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma 100 ”;
41-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-730-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1062-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va bukmekerlik garovlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1057-son). neolex.uz/uz/laws/law-7482257/984 (lex.uz/docs/-7481162)