Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (3-son)
04.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 345]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) (hisob raqami 211, 2023-yil 18-sentabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-aprel,
3-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2025-yil 4-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 6-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 4-apreldagi 3-son qaroriga ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-ilovada:
a) “Goʻshtdan tayyorlangan kolbasa mahsulotlari” blogi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) “Un, qandolat mahsulotlari va ichimliklar” blogi quyidagi mazmundagi 1101 — 1106-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
2. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)ga 2-ILOVA
