SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-26-son)
11.03.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 343]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-mart,
01/2-26-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2025-yil 27-fevral
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 25-fevral
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2025-yil 31-yanvar
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 30-yanvar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2025-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 11-martdagi 01/2-26-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) aholi punktlarining yer osti makonlarida inshootlarni, binolarning yer osti qismlarini joylashtirish, loyihalash, rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar”;
SHNQ 1.02.08-19 “Qurilish uchun muhandislik-geodezik qidiruvlar. Qoidalar toʻplami”;
SHNQ 1.02.09-21 “Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari”;
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
SHNQ 1.03.03-23 “Qurilish obyektlarini loyihalashtirish”;
SHNQ 1.04.01-23 “Bino va inshootlarning texnik holatini oʻrganish va monitoring qilish tartibi”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.02.01-24 “Bino va inshootlarning zaminlari”;
SHNQ 2.03.11-24 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi”;
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar”;
SHNQ 2.05.05-24 “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari”;
SHNQ 2.05.06-22 “Magistral quvurlar”;
SHNQ 2.05.12-22 “Shaharlar va boshqa aholi punktlari hududiga yotqizilgan neft quvurlari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari”;
SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari”;
GOST 24451-80 “Avtomobil yoʻli tunnellari. Qurilmalar va uskunalarning yaqinlashish oʻlchamlari” (rasmiy manba: Tonneli avtodorojnie. Gabariti priblijeniya stroyeniy i oborudovaniya);
GOST 33152-2014 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Tonellar tasnifi” (rasmiy manba: Dorogi avtomobilnie obshego polzovaniya. Klassifikatsiya tonneley);
GOST 30416-2020 “Gruntlar. Laboratoriya sinovlari. Umumiy qoidalar” (rasmiy manba: Grunti. Laboratornie ispitaniya. Obshiye polojeniya);
GOST 30672-2019 “Gruntlar. Dala sinovlari. Umumiy qoidalar” (rasmiy manba: Grunti. Polevie ispitaniya. Obshiye polojeniya);
GOST 31937-2024 “Binolar va inshootlar. Texnik holatni tekshirish va monitoring qilish qoidalari” (rasmiy manba: Zdaniya i soorujeniya. Pravila obsledovaniya i monitoringa texnicheskogo sostoyaniya);
GOST 24846-2019 “Gruntlar. Bino va inshootlar asoslari deformatsiyalarini oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Grunti. Metodi izmereniya deformatsiy osnovaniy zdaniy i soorujeniy);
Oʻz DSt 3644:2023 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Piyodalar oʻtish joylari. Tasnif. Umumiy talablar”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
yer osti makonlari — odamlarning boʻlishi, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish, shuningdek amaliy jarayonlarning kechishi uchun muhit sifatida foydalaniladigan yer qaʼrining bir qismi;
zonalashtirish — hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chogʻida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Yer osti makonlarini oʻzlashtirish boʻyicha loyihaviy yechimlar aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
4. Yer osti makonlarini shakllantirishning maqsadga muvofiqligi quyidagilarga muvofiq asoslantirilishi lozim:
yangi qurilishlar uchun yer usti maydonlarini boʻshatish, koʻkalamzorlashtirilgan va rekreatsiya zonalarni yaratish imkoniyati;
metropolitenda, avtomobil va temir yoʻllarida yoʻlovchilar oqimining kattaligi;
aholi zich joylashgan yirik jamoat obyektlarning mavjudligi (ofislar, savdo va koʻngilochar joylar, sport va konsert markazlari, bogʻlar).
5. Yer osti makonlarida joylashgan inshootlarni loyihalash bosqichida texnik yechimlar hamda qurilish ishlarini bajarish texnologiyalarini qabul qilishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
texnogen omillar, shuningdek obyekt joylashuvi xususiyatlari;
aholi punktining yer usti qismidagi binolar, muhandislik infratuzilmasi va suv obyektlari, aholi punktining koʻcha-yoʻllari;
aholi punktining yer osti qismidagi metro inshootlari, transport tunnellari, yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari, yer osti sunʼiy suv oqimlari;
hududining tabiiy sharoiti, relyefi, suv havzalari;
yer osti inshootlari va mavjud tabiiy-texnogen muhitning bir-biriga koʻrsatadigan taʼsiri.
6. Aholi punktining qurilish zichligi yuqori boʻlgan hududlarda yer osti inshootlari joylashuvi boʻyicha qabul qilingan loyihaviy va texnik yechimlar bu inshootlarning atrofidagi binolar va moddiy madaniy meros obyektlarining saqlanishini taʼminlashi lozim.
Yer osti inshootlarini qurish davrida yondosh hududlarni suv bosishi va yer osti suvlarining ifloslanishi oldi olinishi kerak.
7. Yer osti inshootlarini loyihalashda ularning hajmiy-rejaviy (joylashuvi, chuqurligi, hajmi) va konstruktiv yechimlarini (yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar va poydevorlarning turlari, yer osti suvlaridan himoyalash usullari) texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida qabul qilinishi lozim.
8. Aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari tarkibida quyidagilarni inobatga olgan holda yer osti makonini oʻzlashtirish qismlari ishlab chiqilishi kerak:
aholi punktining iqtisodiy, geografik, ijtimoiy, ishlab chiqarish, tarixiy-meʼmoriy va tabiiy resurslari salohiyatini;
aholi punktining maʼmuriy maqomi, aholisi soni, iqtisodiy bazasi, joylashgan joyi, sayyohlarning tashrif buyurishi, shuningdek tabiiy-iqlimiy, ekologik, ijtimoiy-demografik, madaniy-maishiy va boshqa mahalliy xususiyatlarini;
aholi punkti hududlarining rivojlanishi istiqbollarini kompleks baholashni;
moddiy madaniy meros obyektlarini va yashil hududlarni saqlash hamda ularni zamonaviy foydalanish maqsadlari uchun moslashtirishni.
9. Yer osti makonlarini zonalarga ajratishda moddiy madaniy meros obyektlarining hududlari, shuningdek yer osti inshootlarini joylashtirish uchun mazkur SHNQning 4-ilovasida keltirilgan talablar hisobga olinishi lozim.
10. Aholi punktining yer osti makonlarini rejalashtirish tuzilmasi SHNQ 2.07.01-23 va SHNQ 2.07.02-24 ga muvofiq boʻlishi hamda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
turli maqsadlarga moʻljallangan yer osti inshootlarining oʻzaro bogʻlanishi;
yer osti makonidan samarali foydalanish;
atrof-muhitni, moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash;
fuqarolar muhofazasi inshootlarini joylashtirish.
11. Yer osti inshootlarining funksional maqsadlaridan kelib chiqib, SHNQ 2.07.02-24 talablarini inobatga olgan holda loyihalanishi kerak.
12. Aholi punktlari yer osti makonlaridagi inshootlar mazkur SHNQning 1, 2 va 3-ilovalaridagi talablarni hisobga olib joylashtirilishi lozim.
13. Yer osti makonlarida joylashtiriladigan inshootlarning funksional yongʻin xavflilik sinflari SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.01.19-22, SHNQ 2.04.09-21 va SHNQ 2.05.05-24 ga muvofiq boʻlishi kerak.
4-bob. Yer osti makonlarining turlari va uni tashkil etish
14. Yer osti makonlari chuqurligi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
sayoz chuqurlashtirilgan — 5 m gacha;
oʻrtacha chuqurlashtirilgan — 5 dan 15 m gacha;
koʻp chuqurlashtirilgan — 15 dan 30 m gacha;
oʻta chuqurlashtirilgan — 30 m dan ortiq.
15. Yer osti makonlarida joylashtiriladigan inshootlarning funksional maqsadlari ularning yer ostida joylashish chuqurligi boʻyicha mazkur SHNQning 1 va 2-ilovalariga muvofiq boʻlishi kerak.
16. Yer osti inshootlari SHNQ 2.02.01-24 ga muvofiq gruntlarning geotexnik toifalaridan kelib chiqib loyihalanishi lozim.
17. Yer osti makonida joylashtiriladigan inshootlar quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:
mahalliy (lokal) — yer osti makonida alohida turuvchi obyektlar;
chiziqli — maʼlum uzunlikka ega boʻlgan inshootlar va ularning majmualari (suv, elektr va gaz taʼminoti, oqova suvlarini olib chiqish tarmoqlari, aloqa va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari, transport tunnellari);
yassi — bir tekislikda joylashgan yer osti inshootlari;
hajmli — mahalliy inshootlarni umumiy yer osti makoniga birlashtiruvchi va yer osti makonining alohida qismlarini egallaydigan majmualar;
yer osti majmualari — umumiy infratuzilmaga ega boʻlgan, funksional jihatdan oʻzaro bogʻlangan yer osti inshootlarining fazoviy birlashmalari.
18. Odamlarning boʻlishi muddatidan kelib chiqib, yer osti inshootlari quyidagi toifalar boʻyicha loyihalanishi, bunda odamlarning:
ishtirokisiz foydalanish uchun;
qisqa muddat (1 h) davomida boʻlishi uchun;
oʻrtacha muddat (1 — 3 h) davomida boʻlishi uchun;
uzoq muddat (3 h dan ortiq) davomida boʻlishi uchun moʻljallangan obyektlar.
19. Oʻzaro funksional bogʻlangan yoki bogʻlanmagan yer osti inshootlari texnik-iqtisodiy hisoblar asosida koʻp funksiyali yer osti majmualariga birlashtirilishi kerak.
20. Koʻp funksiyali yer osti majmualari SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq joylashtirilishi va loyihalanishi kerak.
21. Yer osti makonlarini loyihalashda aholi punkti hududining tarixiy-madaniy xususiyatlari va mavjud moddiy madaniy meros obyektlari hisobga olinishi lozim.
22. Yer osti makonlarida joylashtiriladigan inshootlar hajmlari va foydalanish maqsadlari SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq boʻlishi lozim.
Yer osti makonlaridan foydalanish maqsadlari quyidagilardan kelib chiqib belgilanishi kerak:
loyihalanayotgan yer osti makonining aholi punktida joylashuvi, hudud zonalarining funksional maqsadlari;
yer ustidagi mavjud qurilmalarning xususiyati (zichligi, eskirish darajasi, meʼmoriy-badiiy va madaniy-tarixiy qiymati);
arxeologik va boshqa cheklovlarning mavjudligi;
transport, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmasi bilan taʼminlanish darajasi;
tabiiy-iqlimiy, muhandislik-geologiya va gidrogeologiya sharoitlari.
23. Turar joy zonalaridagi yer osti makonlari mavjud binolar ostida hamda qurilishdan holi hududlarda, turar joy va jamoat binolarining yer osti qismlari va alohida turuvchi inshootlarini joylashtirish uchun foydalanilishi kerak.
Hisob-kitoblarda turar joy mavze (daha)larining yer osti inshootlari maydoni 0,6 m2/kishi hisobidan qabul qilinishi kerak.
24. Aholi punktining qurilgan qismlarida hamda alohida turuvchi binolar ostidagi mavjud yer osti inshootlarini ularning chuqurligi va oʻlchamlarini oshirish yoʻli bilan qayta moslashtirish, bunda yer ostida joylashgan muhandislik tarmoqlari va jihozlarni almashtirish hamda taʼmirlash imkoniyatlari boʻlishi lozim.
25. Turar joy zonalarini qurish yoki rekonstruksiya qilishda turar joy obyektlari guruhlari ostida quyidagi inshootlarni joylashtirgan holda yagona yer osti makonini shakllantirish lozim:
yer osti avtoturargohlari va garajlar;
avtomobillar va jamoat transportiga oʻtish yoʻllari;
kirish yoʻllari, yuklarni tushirish joylari va omborxonalar;
savdo, maishiy xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish obyektlari;
muhandislik-texnik inshootlar, shu jumladan transformator podstansiyalari, muhandislik tarmoqlari, markazlashgan chiqindilarni yigʻish inshootlari;
maʼmuriy muassasalarning arxivlari va inventarlarni saqlash joylari;
tibbiyot tashkilotlarining tibbiy mahsulotlari tushirish va saqlash joylari;
fuqarolik muhofazasi himoya inshootlari.
26. Ishlab chiqarish zonalarining yer osti makonlarida ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan, atrof-muhitdan ajralgan va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mavjudligini talab qilmaydigan yoki ularning qisqa muddat davomida boʻlishini talab qiladigan obyektlar joylashtirilishi kerak.
27. Ishlab chiqarish zonalarida yer osti makonlari quyidagilar orqali oʻzlashtirilishi kerak:
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish obyektlarini, yordamchi xona va omborlarni yer osti makoniga koʻchirish orqali;
alohida obyektlarni bir-biriga qoʻshish asosida hajmli yer osti inshootlarini yaratish orqali;
xomashyo va tayyor mahsulotni yetkazib berish obyektlarini tashkil etish orqali.
28. Ishlab chiqarish va kommunal-omborxona zonalarida yer osti makonidan foydalanish sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Yer osti omborlari va saqlash joylarining hajmlari SHNQ 2.09.02-23, SHNQ 2.09.03-23 va SHNQ 2.09.19-22 ga muvofiq boʻlishi lozim.
29. Yoʻlovchilarni tashish transportining yirik bekatlari ostidagi yer osti makonlarida yer osti majmualari koʻrinishida vokzallar, bir transportdan boshqasiga oʻtish tugunlari va avtoturargohlar joylashtirilishi kerak.
30. Rekreatsiya zonalarining yer osti makonlarida transport infratuzilmasining tunnellari, yengil avtomobillar uchun avtoturargohlar, alohida turuvchi inshootlar koʻrinishidagi kichik xizmat koʻrsatuvchi jamoat obyektlari joylashtirilishi lozim.
5-bob. Yer osti makonlari va inshootlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Asosiy talablar
31. Yer osti makonini loyihalashda undan foydalanish maqsadlari va hajmlari aholi punkti bosh rejasi, mavjud moddiy madaniy meros obyektlari, transport infratuzilmasi, hududning tabiiy-iqlimiy va muhandislik-geologiya sharoitlari murakkabligidan hisobga olinishi kerak.
32. Koʻp funksiyali yer osti makonlarni shakllantirishda aholi punkti muhitini ixcham tashkil etish uchun quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
yer osti makonini aholi zich joylashgan markazlar (jamoat markazlari, koʻp funksiyali majmualar, transport tugunlari, metro stansiyalari, yirik savdo va koʻngilochar markazlari) yaqinida joylashtirish;
yer osti makonlari tizimi bilan birlashtirilgan koʻp funksiyali va ixtisoslashgan zonalar, madaniy hordiq chiqarish va turizm yoʻnalishidagi majmualar tarmogʻini shakllantirish;
yer osti qurilish obyektlarini koʻp darajali (qavatli) funksional zonalashtirish.
2-§. Koʻp funksiyali yer osti makonlarining inshootlari
33. Koʻp funksiyali yer osti makonining tarkibiga savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, madaniyat va dam olish maskanlari, sport inshootlari, piyodalar va transport tizimlari, vokzallar, shahar atrofi transporti va metropoliten stansiyalari, avtotransport tunnellari, garajlar, avtoturargohlar, muhandislik infratuzilma obyektlari, fuqaro muhofazasi talablarini hisobga olib loyihalangan boshqa inshootlar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
34. Temir yoʻl vokzallarining perronlarini metro stansiyalari, savdo markazlari, jamoat transporti bekatlari va avtoturargohlar bilan bogʻlaydigan yer osti piyodalar zonasini barpo etish orqali, tarkibida bir transport turidan boshqasiga oʻtish tugunlari boʻlgan koʻp funksiyali yer osti makonlarini loyihalash lozim.
Bunda, piyodalar uchun tunnellar, temir yoʻl vokzallarining yer osti yoʻlaklari va metro stansiyalarining yer osti vestibyullari oʻzaro birlashtirilishi zarur.
35. Metro stansiyalari negizida tashkil etiladigan koʻp funksiyali majmualar tarkibiga transport tugunlarining bir qismi sifatida yer osti makonida chakana savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, avtoturargohlar va ularning metro stansiyalari bilan piyodalar aloqalari kiritilishi kerak.
36. Yer usti va yer osti koʻp funksiyali majmualarning yer osti qismida qisqa muddatli tashriflar va (yoki) xodimlarning doimiy ishtirokisiz foydalanishi mumkin boʻlgan omborlar, yuk tushirish joylari, avtoturargohlar va ularga kirish yoʻlaklari, garderoblar, texnik xonalarni joylashtirish lozim.
37. Koʻp funksiyali yer osti makonining taqsimoti quyidagicha boʻlishi kerak:
70 foiz — binolarning xonalari;
30 foiz — avtoturargoh.
38. Koʻp funksiyali yer osti makonlari, inshootlari va majmualari SHNQ 2.07.01-23, SHNQ 2.08.02-23 va SHNQ 2.08.21-24 ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
3-§. Transport va muhandislik-texnik maqsadlar uchun yer osti inshootlari
39. Transport infratuzilmasining yer osti inshootlari avtomobil va relsli transport vositalarining harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
40. Transport infratuzilmasining yer osti inshootlari aholi punktlarining markaziy qismida, qurilishi zich boʻlgan hududlarda, muhofaza zonalarda, transportning jadal harakatlanish yoʻnalishlarida va suv oqimlari bilan kesishish joylarida, murakkab topografik sharoitlarda joylashtirilishi lozim.
41. Avtotransport tunnellarining texnik yechimlarini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
tunnel qurilishining maqsadga muvofiqligi;
suv toʻsiqlarini kesib oʻtish zarurati yoki relyefning sezilarli oʻzgarishi;
tunnellarda qarama-qarshi harakatni toʻliq ajratilishini taʼminlash.
42. Avtomobil va temir yoʻl tunnellari uchun loyihaviy yechimlar SHNQ 2.05.05-24 hamda GOST 24451-80 talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
43. Yer osti piyodalar oʻtish joylari SHNQ 2.05.05-24, SHNQ 2.07.01-23, SHNQ 2.07.06-24, Oʻz DSt 3644:2023 hamda GOST 24451-80 muvofiq loyihalanishi lozim.
431. Yer osti piyodalar oʻtish yoʻlaklarida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini loyihalashda tunnelning koʻndalang kesimida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
piyodalarning harakatlanishi uchun kengligi kamida 3 m boʻlgan uzluksiz va toʻsiqlardan holi yoʻlak;
har bir savdo va xizmat koʻrsatish obyekti oldida xaridorlarning kutishi hamda navbatda turishi uchun kengligi kamida 1 m boʻlgan zona;
savdo va xizmat koʻrsatish obyektida xodimning ish joyi hamda zarur jihozlarni joylashtirish uchun kengligi kamida 2 m boʻlgan zona.
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari yoʻlakning bir tomonida joylashtirilganda yer osti piyodalar oʻtish tunnelining ichki kengligi piyodalar oqimining hisobiy jadalligidan kelib chiqib aniqlanishi, biroq kamida 6 m, yoʻlakning har ikki tomonida joylashtirilganda esa kamida 9 m boʻlishi lozim.
432. Yer osti piyodalar oʻtish joylarida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirishda piyodalar harakat yoʻlagining SHNQ 2.07.06-24 da belgilangan normativ oʻtkazuvchanlik qobiliyati taʼminlanishi lozim.
433. Yer osti piyodalar oʻtish yoʻlaklarida quyidagilarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash hamda sotish obyektlari;
siqilgan va suyultirilgan yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash xonalari;
pirotexnika buyumlarini saqlash va sotish obyektlari;
portlash-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A va B toifalarga mansub ishlab chiqarish hamda omborxona xonalari;
akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalari.
434. Yer osti piyodalar oʻtish yoʻlaklarida joylashtiriladigan savdo va xizmat koʻrsatish xonalarining konstruksiyalari, osma shiftlari hamda izolyatsiya qatlamlari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi lozim.
435. Yer osti piyodalar oʻtish joylarida joylashtiriladigan savdo va (yoki) xizmat koʻrsatish xonalari boshqa funksional vazifadagi xonalardan 2-turdagi yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratilishi lozim.
436. Yer osti piyodalar oʻtish joylarida joylashtiriladigan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.04.09-21 talablariga muvofiq yongʻin avtomatikasi tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
Bunda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi tizimi yoki avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi ishga tushganligi haqidagi signal eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga avtomatik ravishda uzatilishi taʼminlanishi kerak.
437. Savdo joylari, kiosklar va boshqalarni yer osti piyodalar oʻtish joylarining zinapoya marshlari, zinapoya maydonchalari, panduslari, evakuatsiya yoʻllari, shuningdek kirish va chiqish zonalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
438. Evakuatsiya chiqish joylari va evakuatsiya yoʻnalishlari SHNQ 2.01.05-24 ga muvofiq yoritiladigan evakuatsiya xavfsizlik belgilari bilan koʻrsatilishi lozim. Mazkur belgilarning elektr taʼminoti uzilganda ham ushbu SHNQda belgilangan vaqt davomida ishlashi taʼminlanishi kerak.
439. Yer osti piyodalar oʻtish joylarida joylashtiriladigan umumiy ovqatlanish obyektlarida oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish, qovurish, isitish va qayta isitish uchun faqat elektr energiyasida ishlaydigan hamda qizib ketishdan avtomatik himoya qurilmasi bilan jihozlangan texnologik uskunalardan foydalanish lozim.
44. Transport va koʻcha-yoʻl tarmogʻining yer osti inshootlari SHNQ 2.05.02-23, SHNQ 2.05.03-22, SHNQ 2.05.04-21, SHNQ 2.05.05-24, GOST 24451-80, GOST 33152-2014, Oʻz DSt 3644:2023 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
45. Yer osti makonida muhandislik taʼminoti tarmoqlari va inshootlarni SHNQ 2.04.02-19, SHNQ 2.04.03-24, SHNQ 2.04.07-22, SHNQ 2.04.08-22, SHNQ 2.05.06-22, SHNQ 2.05.12-22 va SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
4-§. Avtoturargohlar va garajlar
46. Yengil avtotransport vositalarini saqlash joylarini yer osti makonida, ularning egalari yashash joylaridan piyoda yetib olish uchun qulay boʻlgan masofada 500 m doirasida joylashtirish lozim.
47. Turar joy zonalari uchun koʻp qavatli binolarning yarim yertoʻla va yer osti (yertoʻla) qavatlarida qoʻshib qurilgan, shuningdek hovlilar, maydonchalar, bogʻ va bulvarlar ostidagi chuqurlashtirilgan garaj va avtoturargohlar loyihalanishi kerak.
Aholi punktining markaziy qismida yer osti avtoturargohlar rekonstruksiya qilinadigan binolar, yoʻl tarmoqlari, bogʻlar, daryo, kanal va boshqa suv havzalarining akvatoriyalari ostida joylashtirilishi kerak.
48. Yer osti garajlarini turar joy va jamoat binolariga yer ostidan oʻtish yoʻlaklari orqali bevosita bogʻlangan holda loyihalash kerak.
49. Yer osti garajlari va avtoturargohlar SHNQ 2.07.01-23 va SHNQ 2.05.07-24 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
5-§. Metropoliten inshootlari
50. Metropolitenni uzoq muddatga rivojlantirish sxemasi yer usti va yer osti transport tizimining oʻzak oʻqi sifatida loyihalanishi hamda aholi punktlarning bosh rejalarida va rejalashtirish loyihalarida boʻlishi, bunda ularning tarkibiga jamoat va yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlari, yer osti makonlari va kommunikatsiya tizimlari, yangi metropoliten trassalari yoʻnalishlari, stansiyalari va vestibyullari joylashuvi kiritilishi lozim.
51. Metro stansiyalarini bir transport turidan boshqasiga oʻtish tugunlari, yirik koʻp funksiyali majmualar, koʻngilochar va sport inshootlari hamda aholi zich joylashgan markazlar tarkibida joylashtirish kerak.
52. Metropoliten inshootlari transport va piyodalar oqimlari katta boʻlgan joylarda joylashtirilishi, avtoturargohlar va garajlar, shuningdek temir yoʻl va avtovokzallar hamda tashqi (magistral va shahar atrofi) yoʻlovchi tashish transportining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro bogʻlanishi kerak.
53. Metropolitenning yer osti makonida, shuningdek tunnellar, stansiyalar va vestibyullar bilan bir majmuada joylashtiriladigan asosiy hamda yordamchi inshootlar ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
54. Topografik, shaharsozlik va muhandislik-geologiya sharoitlari hamda hajmiy-rejaviy yechimlariga koʻra, yer osti yer osti inshootlarini metropoliten liniyalari yoʻnalishi boʻylab, tunnellar ustida va yonida, vestibyullar bilan bir majmuada, koʻp qavatli koʻp funksiyali yer osti majmualari tarkibida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Metropoliten inshootlarining konstruktiv va hajmiy-rejaviy yechimlari SHNQ 2.05.04-21 ga muvofiq boʻlishi kerak.
6-bob. Shaharsozlik va loyiha-smeta hujjatlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Shaharsozlik hujjatlari
56. Aholi punktlarning bosh rejalari tarkibida yer osti makonida inshootlarni joylashtirish, shakllantirish va oʻzaro bogʻlash boʻyicha loyiha yechimlar koʻrsatilishi kerak.
57. Yirik va eng yirik shaharlarning bosh rejalari tarkibiga “Yer osti makonini kompleks rivojlantirish” boʻlimlari kiritilishi lozim.
Ushbu boʻlimga yer osti makonini tashkil etish va undan foydalanish boʻyicha umumiy tarhlar, yer osti makonini oʻzlashtirish boʻyicha loyiha yechimlari va chizmalar kiritilishi kerak.
58. Aholi punktlarining asosiy funksional zonalarida yer osti makonidan foydalanish maqsadlari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi, bunda inshootlarni joylashtirishda 4-ilovada keltirilgan xavfsizlik va texnik zonalari hisobga olinishi lozim.
59. Aholi punktlarining funksional zonalari hududlarida yer osti makonlarining funksional tarkibi mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Funksional zonalari hududlarida koʻp funksiyali yer osti makonlari hududlarni joylashtirish shartlari mazkur SHNQning 5 va 6-ilovalariga muvofiq boʻlishi lozim.
60. Aholi punktlari uchun shaharsozlik hujjatlari SHNQ 1.03.02-23, SHNQ 2.07.01-23 hamda SHNQ 2.07.06-24 ga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
2-§. Yer osti inshootlarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari
61. Yer osti inshootlarining loyiha-smeta hujjatlari texnik-iqtisodiy baholash natijalari asosida amalga oshirilishi lozim.
62. Yer osti inshootlarining meʼmoriy-rejaviy yechimlari qurilish (rekonstruksiya qilish) maydonida hamda unga tutash hududlarda muhandislik-geologiya va gidrogeologiya sharoitlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
Meʼmoriy-rejaviy yechimlar ushbu inshootlarni qurishda qoʻllanish mumkin boʻlgan qurilish texnologiyalari va texnologik uskunalarni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
63. Yer osti makonida joylashadigan turli maqsaddagi inshootlarni loyihalashda quyidagi shartlar hisobga olinishi lozim:
inshootning foydalanish maqsadi, hajmiy-rejaviy yechimlari;
inshoot konstruksiyalariga tushadigan yuklamalar;
qurilish maydonchasining muhandislik-geologiya va gidrogeologiya sharoitlari;
qurilish texnologiyalari va texnologik uskunalar;
mavjud yer usti qurilishlari sharoitlari va unga yer osti qurilishining taʼsiri;
yer osti inshootining mavjud yer osti inshootlariga oʻzaro taʼsiri;
yer osti inshootining atrof-muhitga taʼsiri.
64. Yer osti makonida joylashtiriladigan inshoot uchun loyiha hujjatlarining tarkibi obyektning hajmli-fazoviy yechimiga koʻra SHNQ 1.03.03-23 ga muvofiq belgilanishi kerak.
3-§. Yer osti makonlari va inshootlarini loyihalash uchun muhandislik-texnik izlanishlar
65. Yer osti makonlarini rejalashtirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-texnik izlanishlarini bajarish dasturlarini tuzishda inshootlarning yer usti va yer osti qismlarini hududlari, ularni qurish usullarni (ochiq yoki yopiq usulda) hamda qurish bosqichlari hisobga olinishi lozim.
66. Ochiq usulda quriladigan yer osti inshootlarini yoki ularning qismlarini loyihalash uchun muhandislik-texnik izlanishlari SHNQ 1.03.02-23 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
67. Yer osti makonlarini rejalashtirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-texnik izlanishlari SHNQ 1.02.07-19, SHNQ 1.02.08-19, SHNQ 1.02.09-21, SHNQ 2.01.03-19, SHNQ 2.02.01-24, SHNQ 2.04.02-19, SHNQ 2.04.03-24, SHNQ 2.04.07-22, SHNQ 2.04.08-22, GOST 30416-2020 hamda GOST 30672-2019 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
7-bob. Yer osti makonlarini oʻzlashtirish
68. Yer osti makonlarini oʻzlashtirish boʻyicha texnik yechimlar ularni qurilish texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
69. Yer osti inshootlarini qurish texnologiyalarini qabul qilishda ushbu SHNQning 7-ilovasi hamda quyidagi talablar inobatga olinishi kerak:
inshootning oʻlchamlari, chuqurlikda joylashuvi, hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari;
geotexnik muhit hamda muhandislik-geologiya va gidrogeologiya sharoitlari;
topografik va shaharsozlik sharoitlari, yer osti inshootining joylashuvi;
atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
qoʻllanilishi mumkin boʻlgan texnologiyalarni texnik-iqtisodiy taqqoslash.
70. Yer osti inshootlarini loyihalashda bunday inshootlarni qurilish texnologiyalari hamda quyidagi texnologik usullardan biri tanlab olinishi lozim:
ochiq usul (doimiy yoki vaqtincha boʻsh hududda, shuningdek qurilishi zich boʻlgan hududlarda 30 m gacha chuqurlikda joylashtiriladigan yer osti inshootlarini qurish uchun);
yopiq usul (yer yuzini ochmasdan turib, 2 m dan (muhandislik tarmoqlari uchun) 80 m gacha va undan ortiq (metropolitenlar, tunnellar) chuqurlikda joylashtiriladigan yer osti inshootlarini qurish uchun foydalaniladi);
yarim yopiq usul (qurilishi zich boʻlgan hududlarda hamda yer osti inshooti ustida boʻsh hudud boʻlmagan sharoitda, shuningdek mavjud transport tizimlarida harakatni toʻxtatmagan holda ularning tagidan transport tunnellari qurilishi tashkil etilganda, 30 m gacha chuqurlikda joylashtiriladigan yer osti inshootlarini qurish uchun foydalaniladi);
maxsus usul (qurilish va qazish ishlari murakkab gidrogeologiya va muhandislik-geologiya sharoitlarida olib borilganda, mavjud binolar ostida, transport infratuzilmasi obyektlarini yoki suv havzalarini (daryo, kanal) kesib oʻtishda tuproq massivini doimiy yoki vaqtincha barqarorlash usullarini qoʻllagan holda yer osti makonini oʻzlashtirish uchun foydalaniladi).
71. Yer osti inshootlarini yer osti suvlaridan himoya qilinishi boʻyicha texnik yechimlar SHNQ 2.02.01-24 va SHNQ 2.03.11-24 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Yer osti makoni bir yoki bir nechta suv qatlami bilan qoplangan boʻlsa, hududning gidrogeologiya rejimi saqlanishini taʼminlaydigan drenaj tizimi loyihalanishi va yer osti inshootlarining gidroizolyatsiyasi choralari koʻzda tutilishi lozim.
72. Yer osti inshootlari qurilishida uskunalar, mexanizmlardan, shuningdek umumqurilish va yer osti sharoitlari uchun moʻljallangan materiallardan foydalanish lozim.
73. Qurilishlari mavjud boʻlgan hududlarda yer osti inshootlarini loyihalashda qurilishning grunt massasida hosil boʻladigan kuchlanish-deformatsiyasi holatiga hamda mavjud bino va inshootlarning deformatsiyasiga, geotexnik muhit va uning tarkibiy qismlariga taʼsiri SHNQ 2.02.01-24 ga muvofiq aniqlanishi kerak.
Ushbu taʼsirlar yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada prognoz qilinsa, SHNQ 2.02.01-24 ga muvofiq himoya choralari koʻrilishi lozim.
8-bob. Yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish jarayonida geotexnik monitoring
74. Yer osti inshoot (obyekt)larini qurish, ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish jarayonida geotexnik monitoring va davriy tekshirishlar SHNQ 1.04.01-23, GOST 31937-2024 va GOST 24846-2019 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
75. Qurish va rekonstruksiya qilish jarayonida yer osti inshootlarining holatlari, ular atrofidagi binolar va tabiiy muhit holatining geotexnik monitoringi natijalariga koʻra loyiha yechimlariga tuzatishlar kiritib borilishi lozim.
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Yer osti makoni sathlarining funksional maqsadlari
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Yer osti makonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilgan foydalanish turlari
Yer osti makonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilgan obyektlardan foydalanish turlari boʻyicha guruhlar
Tegishli asoslar bilan yer osti makonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilgan obyektlarning turlari boʻyicha guruhlar
Yer osti makonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydigan obyektlarning turlari boʻyicha guruhlar
3-jadvalT/rJoylashtiriladigan obyektlar turlari1. Jamoat binolarining xonalari1.Pensiya taʼminoti muassasalari va tashkilotlari2.Ofis xonalari, bir nechta funksiyalarga ega biznes markazlari3.Kasbiy, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari4.Maʼrifat tashkilotlari5.Vaqtinchalik yashash xonalari (mehmonxona, yotoqxona, xostel, motel va boshqalar)6.Tibbiyot tashkilotlari (laboratoriya xonalari bundan mustasno)7.Ijtimoiy taʼminot va xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlari8.Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar uchun reabilitatsiya muassasalari9.Uysiz qolgan fuqarolar uchun ijtimoiy yordam koʻrsatish muassasalari10.Voyaga yetmagan bolalar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari11.Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (maxsus va xoʻjalik xonalari bundan mustasno)12.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari (oʻquv ustaxonalar, oʻquv laboratoriyalar, maxsus va xoʻjalik xonalari bundan mustasno)13.Pansionatlar, bolalar uylari (maxsus va xoʻjalik xonalari bundan mustasno)2. Turar joy binolarining xonalari14.Barcha turdagi turar joy binolarining yashash xonalari
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Aholi punktlarining asosiy funksional zonalarida joylashtiriladigan yer osti inshootlari
Obyektlar nomiFunksional zonalarturar joyijtimoiy-amaliyishlab chiqarish rekreatsiyaA. Jamoat binolarining xonalari1. Tomosha, koʻngilochar, dam olish, jismoniy tarbiya va sport majmualariKonferensiya zallari+*++Koʻrgazma va konsert zallari+*++*Ixtisoslashgan parklar (hayvonot bogʻlari, botanika bogʻlari)+++Kinoteatrlar, teatrlar, sirklar+*++*Diniy tashkilotlar+++*Sport zallari, suzish basseynlari++++Konkida uchish uchun sunʼiy muzlamalar+++Arxivlar va depozitariylar+++Banklar, moliya va sugʻurta tashkilotlari++2. Savdo va umumiy ovqatlanish obyektlariSavdo markazlari+++Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi obyektlari++++Umumiy ovqatlanish obyektlari (shu jumladan kafe va restoranlar)++++3. Kommunal-maishiy xizmatlari obyektlariTaʼmirlash ustaxonasi, kimyoviy tozalash, kir yuvish++Hammomlar++Pochta, telegraf++Poligrafiya, nashriyot va axborot tashkilotlari++Tibbiy laboratoriyalar, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi tashkilotlari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari++Jamoat va xususiy avtomashinalarga servis xizmatlari+++Jamoat hojatxonalari++B. Transport infratuzilmasi inshootlariAvtotransport va piyodalar uchun tunnellar++++Relsli transportning yer osti qismlari — metropoliten++++Avtoturargohlar va garajlar++++Avtobus va temir yoʻl stansiyalari vokzallarining xonalari+Temir yoʻl transportining chiziqli obyektlarining xonalari++++V. Ombor xoʻjaligining xonalariOziq-ovqat va sanoat mollari omborlari+++Sabzavot saqlash joylari, muzlatgichlar+Suyuqlik va gazlar uchun rezervuarlar+Yoqilgʻi-moylash materiallari omborlari+Avtomobillarga yoqilgʻi quyish va gaz toʻldirish shoxobchalari, avtomobillarni yuvish+++Chiqindilarni yuklash-tushirish, zichlash va saralash stansiyalari+G. Sanoat (ishlab chiqarish) va energetika obyektlariQuvvati 200 Gcal/h dan yuqori boʻlgan elektr podstansiyalari, shuningdek issiqlik elektr markazlari, gidro-elektr stansiyalari, tuman transformator stansiyalari, issiqlik energiya stansiyalari+Yuqori bosimli (R = 5,5 MRa) gaz quvurlarda nazorat-tarqatish punktlari, yuqori bosimli (R = 1,2 MRa) gaz quvurlarda gaz taqsimlash stansiyalari, gaz taqsimlash punktlari va gaz sarfini hisoblash uzellari+Rezervuarlar va nasos stansiyalari, alohida artezian quduqlari uchun texnik qurilmalar, kichik oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari+++Issiqlik punktlari++++Markaziy va tuman isitish punktlari+++Qozonxonalar+++Avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari+++D. Muhandislik taʼminoti tarmoqlari va inshootlariQuvurlar++++Umumiy muhandislik tarmoqlari kollektorlari++++Sunʼiy yer osti suv oqimlari++++
Izoh: Ushbu jadvalda qoʻllanilgan belgilar:
“+” — yer osti inshootini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi;
+* — yer osti inshootini tegishli asoslar bilan joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Inshootlarning yer osti makonida joylashtirish boʻyicha xavfsizlik va texnik zonalar belgilanishi
1. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini loyihalash hamda mavjud binolar bilan bir-biriga nisbatan joylashuvi boʻyicha loyihaviy yechimlarni tanlashda SHNQ 2.04.02-19, SHNQ 2.04.03-24, SHNQ 2.04.07-22, SHNQ 2.04.08-22, SHNQ 2.05.03-22, SHNQ 2.05.04-21, SHNQ 2.05.05-24, SHNQ 2.07.01-23 da belgilangan cheklovlar hisobga olinishi lozim.
2. Quriladigan yer osti inshootlari uchun xavfsizlik va texnik zonalari belgilanishi kerak.
3. Xavfsizlik zonalari kengligi yer osti inshootining funksional maqsadi va chuqurligiga qarab loyiha hujjatlarida, ushbu zonaning kengligi esa yer osti inshootini tashqi konturining yer yuzasidagi proyeksiyasidan (metrda) belgilanishi kerak.
4. Xavfsizlik zonasi yer osti inshootining joylashish chuqurligiga qarab quyidagicha belgilanishi kerak:
ochiq chuqurlarda quriladigan inshootlar uchun — eng chuqur boʻlgan poydevor yoki qoziqli poydevor tubidan 10 m pastda;
yopiq usulda quriladigan inshootlar uchun — inshootning tashqi konturidan 5 m yuqorida yoki pastda.
5. Texnik zona chegaralari yer osti inshootlari hamda ularning hajmiy-rejaviy elementlarining yer yuzasiga gorizontal proyeksiyasidan quyidagicha belgilanishi kerak:
inshootning yer osti qismlari uchun — tashqi konturdan 40 m;
yer usti vestibyullari, kirish-chiqish joylari uchun — tashqi konturdan kamida 5 m;
ventilyatsiya kiosklari uchun — tashqi konturdan kamida 25 m.
6. Ventilyatsiya kanallarining yer usti havo olish joylari quyidagi masofalarda joylashtirilishi lozim:
yoqilgʻi quyish shoxobchalari chegaralaridan — 100 m;
turar joy va jamoat binolarining tashqi devorlaridan, metro vestibyullaridan, yer osti piyodalar oʻtish joylarining chiqish joylaridan, oʻrmon (bogʻ) chegarasidan, ishlab chiqarish hamda omborxona binolari va inshootlarining chegaralaridan — 15 m;
ochiq avtoturargohlarning chegaralaridan — 10 m.
7. 20 m dan ortiq chuqurlikda joylashgan yer osti inshootlari yoki konstruksiyaning yuqori nuqtasi va muhandislik tarmoqlari kanal (lotok)lari orasida qalinligi 6 m dan kam boʻlmagan barqaror gruntlar boʻlganda, muhandislik tarmoqlarining yer osti inshootlari yoki ushbu tarmoqlar inshootlariga nisbatan joylashuvi boʻyicha xavfsizlik va texnik zonalar belgilanmaydi.
8. Yonuvchan hamda yengil yonuvchan suyuqlik va gazlarni tashuvchi quvur oʻtkazgichlarni yer osti inshootlari va yerusti obyektlari ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Funksional zonalari hududlarida koʻp funksiyali yer osti makoni qismlarini joylashtirish shartlari
Izoh: Ushbu funksional zonalari uchun SHNQ 2.07.01-23 da belgilangan normativ parametrlar buzilmasa, yer osti makoni uchastkalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Funksional zonalari hududlarida yer osti makonining funksional tarkibi
* Turar joy funksiyasi boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi.
** Faol tashrif buyuriladigan jamoat obyektlari — chakana savdo, maishiy xizmat koʻrsatish, madaniy-koʻngilochar obyektlari.
Izoh. Ushbu funksional zonalar uchun SHNQ 2.07.01-23 da belgilangan normativ parametrlar buzilmasa, yer osti makoni qismlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Yer osti inshootlarini qurishda qoʻllaniladigan texnologiyalari
