“128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-1055-son) · Sana: 10.04.2025 · Amalda
Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, velosiped yoʻlkalaridan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286, 1287 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi”;
2) quyidagi mazmundagi 1287-modda bilan toʻldirilsin:
