Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida (203-son)
08.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga muvofiq majburiy raqamli markirovkalash orqali mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularning aylanmasini hisobga olish mexanizmini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Soliq qoʻmitasining mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ tajriba loyihasi ishtirokchilariga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha loyihani amalga oshirishga koʻmaklashsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini raqamli markirovkalash mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanganligi haqida xorijiy davlatlarni xabardor qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tajriba loyihasi natijalaridan kelib chiqqan holda, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-aprel,
203-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2021 — 2026-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/rMahsulotning nomiTIF TN kodiMajburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana*1.Sigaretlar2402 20 900 02021-yil 1-yanvar1.1Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar.2402 10 000 02402 20 100 02402 90 000 02403 11 000 02403 19 100 02403 19 900 02403 91 000 02403 99 100 02403 99 900 22403 99 900 82404 11 000 12404 11 000 92404 12 000 02404 19 000 12404 19 000 92404 91 000 22404 91 000 92022-yil 1-oktabr2.Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari)2204, 2205, 2206, 2207, 22082021-yil 1-yanvar3.Pivo mahsulotlari22032021-yil 1-aprel4.Maishiy texnika7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540, 94052022-yil 15-aprel5.Dori vositalari va tibbiy buyumlar3003, 30042022-yil 1-sentabr6.Suv va salqin ichimliklar2009, 2201, 22022024-yil 1-mart7.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari2814 20 000 0 dan2827 10 000 0 dan2834 29 800 0 dan3101 dan3102 dan2510 20 000 0dan2835 25 000 0 dan2835 26 000 0 dan3103 dan2827 39 850 0 dan2833 29 800 0 dan3104 dan2834 21 000 0 dan2835 24 000 0 dan3105 dan 2810 00 dan2827 dan2833 dan2840 dan2841 70 000 0 dan2903 39 110 038083808 52 000 03808 59 0003808 59 000 13808 59 000 23808 59 000 33808 59 000 43808 59 000 53808 59 000 83808 59 000 93808 61 0003808 61 000 13808 61 000 23808 61 000 33808 62 0003808 62 000 13808 62 000 23808 62 000 33808 69 0003808 69 000 13808 69 000 23808 69 000 33808 913808 91 100 03808 91 200 03808 91 300 03808 91 400 03808 91 900 03808 923808 92 100 03808 92 200 03808 92 300 03808 92 400 03808 92 500 03808 92 600 03808 92 900 03808 933808 93 110 03808 93 130 03808 93 150 03808 93 170 03808 93 210 03808 93 230 03808 93 270 03808 93 300 03808 93 900 03808 993808 99 100 03808 99 900 02026-yil 1-may
* Majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha talab 6 oydan kam boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshiriladigan tajriba loyihasi yakunlari asosida joriy etiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qarorida:
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 41-ilovaga muvofiq;”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar
ROʻYXATI
T/rMahsulotning nomiTajriba loyihasiMajburiy raqamli markirovkalashni joriy etish sanasi*TIF TN kodiboshlanish sanasiyakunlanish sanasi1.Dori vositalari2021-yil 1-iyun2022-yil 31-yanvar2022-yil 1-sentabr3003, 30042.Tibbiy buyumlar2024-yil 1-fevral2025-yil 31-yanvar2025-yil 1-fevral3005, 30063.Suv va salqin ichimliklar2021-yil 15-iyun2022-yil 28-fevral2024-yil 1-mart2009, 2201, 22024.Maishiy texnika2021-yil 1-iyul2021-yil 31-noyabr2022-yil 15-aprel7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 85405.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari2025-yil 1-may2025-yil 31-oktabr2026-yil 1-may2814 20 000 0 dan2827 10 000 0 dan2834 29 800 0 dan3101 dan3102 dan2510 20 000.0 dan2835 25 000 0 dan*2835 26 000 0 dan3103 dan2827 39 850 0 dan2833 29 800 0 dan3104 dan2834 21 000 0 dan2835 24 000 0 dan3105 dan2810 00 dan2827 dan2833 dan2840 dan2841 70 000 0 dan2903 39 110 038083808 52 000 03808 59 0003808 59 000 13808 59 000 23808 59 000 33808 59 000 43808 59 000 53808 59 000 83808 59 000 93808 61 0003808 61 000 13808 61 000 23808 61 000 33808 62 0003808 62 000 13808 62 000 23808 62 000 33808 69 0003808 69 000 13808 69 000 23808 69 000 33808 913808 91 100 03808 91 200 03808 91 300 03808 91 400 03808 91 900 03808 923808 92 100 03808 92 200 03808 92 300 03808 92 400 03808 92 500 03808 92 600 03808 92 900 03808 933808 93 110 03808 93 130 03808 93 150 03808 93 170 03808 93 210 03808 93 230 03808 93 270 03808 93 300 03808 93 900 03808 993808 99 100 03808 99 900 0
* TIF TN kodlarda keltirilgan mahsulotlar turlari boʻyicha majburiy markirovkalashni joriy etish muddatlari Soliq qoʻmitasi hamda “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqamli markirovkalashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan jihozlanadigan tadbirkorlik subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari
ROʻYXATI*
T/rMahsulot nomiTadbirkorlik subyekti nomiSTIR1.Dori vositalari va tibbiy buyumlar“Merrimed farm” MCHJ207 057 504“Djurabek laboratoriyes” MCHJ201 913 337“Remedi grupp” MCHJ206 985 269“Nobel farm sanoat” MCHJ203 340 511“Temur med farm” MCHJ301 298 7512.Suv va salqin ichimliklar“Coca-cola Ichimligi Uzbekistan” MCHJ QK200 798 458“Intemational beverages Tashkent” MCHJ301 975 029“Fruit juice” MCHJ303 255 186“Hydrolife Bottlers” MCHJ204 559 521“Family Group” MCHJ QK303 457 3613.Maishiy texnika“Artel engineering and management” MCHJ302 809 231“Foton” AJ201 051 785“TEXNOPARK” MCHJ306 493 973“SINO” OAJ200 714 964“Roison electronics” MCHJ204 017 0324.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari“Maksam-Chirchiq” AJ200 941 518“SWISSAGRO” MCHJ306 275 365“IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ206 019 226“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ204 651 678“SCHELKOVA AGROHIM-OʻZBEKISTON” qoʻshma korxonasi305 083 749
* Roʻyxatga tajriba loyihalari ishtirokchilari bilan oʻzaro muhokama natijalariga asosan Soliq qoʻmitasiga “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin”;
g) quyidagi mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 41-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi), shuningdek, markirovka kodlarini taqdim etish va markirovkalashni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligini hamda tajriba loyihasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Tajriba loyihasining maqsadlari:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash hamda kuzatib borish mexanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi va yetarliligini baholash uchun:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning haqiqiyligini tasdiqlash;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirishga (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmadan chiqarish sxemalaridan foydalanishni taqiqlash maqsadida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilarining oʻzaro aloqasini taʼminlash;
raqamli identifikatsiya qilish vositalari bilan belgilangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmasini hisobga olish tartibini standartlashtirish;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalashga oʻtishning maqsadga muvofiqligi va ketma-ketligini aniqlash.
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
markirovka kodi — tovarlarning har bir birligini identifikatsiyalash maqsadida tuzilgan identifikatsiya kodi va tasdiqlash kodi toʻplami;
qadoq — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni tashish, saqlash va ishlatish vaqtida xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan buyumlar, materiallar va qurilmalar;
mahsulotlarning isteʼmol qadogʻi — yakuniy isteʼmolchiga sotishga yoki mahsulotlarni birlamchi qadoqlashga moʻljallangan qadoq;
mahsulotlarning guruhlangan qadogʻi — polimer plyonka yoki qogʻozga oʻralgan yoki qogʻoz lentaga oʻralgan isteʼmol qadoqlarining maʼlum sonini birlashtiradigan qadoq. Guruhlangan qadoqlarni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
mahsulotlarning transport qadogʻi — joydan joyga koʻchirishda mahsulotni shikastlanishdan himoyalash uchun uning saqlanishi va transportda tashishda qoʻllaniladigan va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi, qadoqlangan isteʼmol yoki guruhlangan qadoqda, shuningdek, transport qadogʻida mahsulotlarni birlashtiruvchi qadoq;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxati — tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish) — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni erkin muomalaga chiqarish (import) uchun bojxona rejimiga yoki reimport bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
MMK MAT — “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimi;
operator — “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyati MMK MATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash, ularning kuzatuvini taʼminlash hamda zarur boʻlgan barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatish va sozlashni amalga oshiradi;
raqamli identifikatsiya vositalari — mahsulotga yoki uning qadoqlanishiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga tatbiq etish uchun moʻljallangan ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida taqdim etilgan mashinada oʻqiladigan shaklda markirovka kodi;
tajriba loyihasi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasi;
seriya — bir yoki bir qator ketma-ket texnologik jarayonlarda mahsulot bir xilligini kutish mumkin boʻlgan tarzda qayta ishlanadigan maʼlum miqdordagi xomashyo, qadoqlash materiallari va mahsulotlar;
identifikatsiya kodi — mahsulot kodini va mahsulot raqamini oʻz ichiga olgan ramziy ketma-ketlik;
mahsulot kodi — tovar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan GSl Oʻzbekiston assotsiatsiyasining axborot resursida tavsiflanganda, mahsulotga va/yoki tovar guruhiga berilgan logistik birliklarning buxgalteriya kodi;
TIF TN kodi — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi;
seriyalash — operator tomonidan markirovka kodlarini yaratish jarayoni;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi (BBS) — tovar aylanmasi ishtirokchisi va MMK MAT oʻrtasida axborot almashinuvi uchun moʻljallangan va tovar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovka kodlarini olish va identifikatsiya vositalari orqali tovarlarni markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatishda foydalaniladigan dasturiy taʼminot vositasi;
agregirlash — identifikatsiya qilish kodlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni saqlab qolish orqali isteʼmol qadoqlarini transport qadoqlariga, shuningdek, transport qadoqlarini keyingi bosqichdagi transport qadogʻiga kiritilgan va yaratiladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning aylanma zanjiri boʻylab harakatini transport qadogʻini ochishga ehtiyoj qoldirmasdan kuzatib borishni taʼminlash.
Agregirlash har qanday darajadagi kiritish imkoniyatiga ega:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol qadoqlarini birinchi darajali transport, qadogʻiga masalan, qutiga birlashtirish;
ikkinchi va undan keyingi darajalarni agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajadagi boshqa transport qadogʻiga, masalan, palet yoki konteynerga birlashtirish;
agregirlangan bojxona kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni bojxona deklaratsiyasidan oʻtkazishda qoʻllaniluvchi raqamli identifikatsiya qilish vositalari yordamida qoidalarga muvofiqlikda mahsulotlarni identifikatsiya qilish maqsadlari uchun agregirlash jarayonida mahsulotlarni birlashtiruvchi, oʻzi bilan har bir mahsulotning identifikatsiya qilish kodlarini, jumladan, qadoqning identifikatsiya qilish kodlari birlashtirilishini taqdim etuvchi mahsulotlarning alohida majmuasi uchun belgilarning noyob ketma-ketligi;
shaxsiy kabinet — tajriba loyiha ishtirokchisiga taqdim etilgan MMK MATning maxsus axborot xizmati;
katalog — raqamli markirovkalangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun ishlatiladigan MMK MATniig quyi tizimi;
ishtirokchilar roʻyxati — tajriba loyihasi ishtirokchilarining roʻyxati;
IV registri — identifikatsiya qilish vositalarining roʻyxati;
elektron hisobvaraq-faktura (keyingi oʻrinlarda — EHF) — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriluvchi, EHFlar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariluvchi va olinuvchi mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotilishini va xarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻgʻrilangan hisobvaraq-faktura);
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal xotiradagi maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek, fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
fiskal maʼlumotlar operatori — onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va saqlanishini amalga oshiruvchi Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi.
4. Tajriba loyihasining ishtirokchilari:
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi);
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
b) “Oʻzkimyosanoat” AJ;
v) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari, shu jumladan:
ishlab chiqaruvchilar;
import qiluvchilar;
ulgurji savdo korxonalari;
chakana savdo korxonalari;
isteʼmolchilar.
g) “CRPT TURON” MCHJ — MMK MAT operatori;
d) fiskal maʼlumotlar operatori;
e) elektron hisob-fakturalarning rouming operatori.
5. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda tajriba loyihasida qatnashadilar. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomalasi ishtirokchilari operatorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan namuna boʻyicha toʻldirilgan tajriba loyihada ishtirok etish uchun ariza taqdim etadilar.
6. Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxati ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
7. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning raqamli markirovkalanishi va kuzatib borilishi ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar
8. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisi quyidagi shartlarni taʼminlaydi:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo mavjudligi (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning xorijiy egalari uchun elektron raqamli imzo mavjudligi zarur emas);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha ishlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonchalarida va omborlarda MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuqtalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini berish yuzasidan soʻrovni yaratish, markirovka kodlarini olish, markirovka kodlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirish, elektron hisobvaraqlarni yaratish);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalashni taʼminlash uchun zarur boʻlgan markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminotning mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ularni yelimlash), shuningdek, ularning keyinchalik MMK MATga ulanishi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga berilgan elektron raqamli imzo (ishonchnomasiz imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxs) mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash va sotish boʻyicha faoliyat yuritiladigan omborlar va savdo binolarida MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuktalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, elektron hisob-fakturalar bilan ishlashda);
nazorat-kassa texnikasiga ulangan raqamli identifikatsiya qilish vositalarini skanerlash va tanib olish uskunalari mavjudligi (chakana savdo korxonalari uchun);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi.
3-bob. Maʼlumotni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chetlashtirish
9. Ishtirokchilar roʻyxatiga kiritish uchun tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ishtirokchisi MMK MAT rasmiy veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani shakllantiradi:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonlari va omborlar manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
bogʻlanish uchun telefon raqami;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy ulgurji va chakana savdosi korxonalari:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ombor va chakana binolarning manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
bogʻlanish uchun telefon raqami;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilari arizada qoʻshimcha boshqa maʼlumotlarni koʻrsatishga haqlidir.
10. Agar ariza ushbu Vaqtinchalik nizomning 9-bandiga mos keladigan boʻlsa, operator 2 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi uchun shaxsiy hisobraqamini ochadi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasidagi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaxsiy kabinet ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xabarnomada ishtirokchilar reyestrida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatga olish raqamlari koʻrsatiladi.
11. Tajriba loyihasi ishtirokchisi oʻzining shaxsiy kabinetida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK MATga yuborish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, ushbu shaxslarning elektron raqamli imzo sertifikatlari shakllarini yaratadi va ishtirokchilar reyestrida qayd etadi.
12. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi subyektini tajriba loyihasining ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos ushbu Vaqtinchalik nizomning 9-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlarning koʻrsatilishi, zarur maʼlumotlar taqdim etilmasligi va (yoki) operator tajriba loyihasi ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan maʼlumotlarni olishi deb hisoblanadi.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisi sudgacha (daʼvo tartibida) yoki sudda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
13. Ishtirokchilar reyestridagi maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasida qatnashuvchini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
14. Operator mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishtirokchisini oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etilgan arizasiga binoan bunday ariza berilganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida ishtirokchilar reyestridan chiqaradi.
15. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar savdosi faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan operatorga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
4-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
16. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulotlar katalogiga kiritish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida MMK MATda arizani shakllantiradi:
mahsulot kodi (GTIN);
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari boʻyicha kodi;
TIF TN kodi;
GTIN kodi (GSl kodi);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning roʻyxatga olish raqami;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning patentlanmagan xalqaro nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchining nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qadogʻining turi;
isteʼmol qadogʻidagi birlamchi (ichki) yoki ikkilamchi (tashqi) qadoqlar soni (isteʼmol qadogʻi uchun);
transport qadogʻidagi isteʼmol qadoqlari soni (transport qadogʻi);
qadoq fotosurati (oldingi va orqa koʻrinishlari).
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mahsulot katalogida roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga operator tomonidan tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
17. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 15-bandida belgilangan talablarga javob bersa, operator ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqidagi maʼlumotlarni tekshiradi (moderatsiya qiladi);
tajriba loyihasi ishtirokchisiga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqidagi maʼlumotlarni tekshirish (moderatsiya) natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mahsulot katalogiga kiritadi.
18. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar mahsulot katalogiga operator tomonidan mahsulotning kartochkasida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi elektron raqamli imzo bilan imzolangandan soʻng kiritadi.
19. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot katalogida oʻzgartirish va ushbu maʼlumotlarni mahsulot katalogidan chiqarish mahsulot katalogiga maʼlumot kiritish bilan bir xil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
20. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalar haqidagi maʼlumotlar operatorga Agentlik tomonidan real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
21. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu nizomning 15-bandida belgilangan talablarga javob bermasa, operator 1 ish kuni ichida Tajriba loyiha ishtirokchisiga arizani qaytaradi.
Ariza qaytarilgan taqdirda, umumiy tartibda qayta taqdim etilishi mumkin.
5-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, isteʼmolchilarga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni qadoqlashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash
22. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar GSl DataMatrix koʻrinishidagi ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida isteʼmol mahsulotida raqamli identifikatsiya qilish vositasini (markirovkalash kodini mashinada oʻqiladigan shaklda) shakllantirish va qoʻllash orqali markirovkalanadi.
23. Raqamli identifikatsiya qilish vositasi operator tomonidan yaratiladigan markirovkalash kodini va 4 ta guruh maʼlumotini oʻz ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruh isteʼmol mahsulotining identifikatsiya kodini, uchinchi va toʻrtinchi guruh esa tekshirish kodini shakllantiradi:
maʼlumotlarning birinchi guruhi — oldingi identifikatori (01) boʻlib, 14 ta raqamli belgidan iborat boʻlgan savdo birligining global identifikatsiya qilish raqami;
maʼlumotlarning ikkinchi guruhi — oldingi identifikatori (21) boʻlib, 13 ta raqamli belgi yoki harfli-raqamli ketma-ketlikdan (lotin alifbosida) iborat savdo birligining individual seriya raqami. Ushbu guruh maʼlumotlari uchun ASCII belgilar jadvalida 29 kodli belgi mavjud boʻlgan maxsus ajratuvchi belgi, tugatuvchi belgi sifatida qoʻllanilishi lozim;
maʼlumotlarning uchinchi guruhi — 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi (91);
maʼlumotlarning toʻrtinchi guruhi — 44 ta belgidan (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat tekshirish kodi va qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi (92).
Maʼlumotlar guruhlari birinchisidan toʻrtinchisigacha ketma-ket joylashtirilishi kerak.
24. Isteʼmol qadogʻi uchun markirovkalash kodini raqamli identifikatsiya qilish vositasiga tajriba loyihasi ishtirokchisi, oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan shakllantiriladi.
25. Raqamli identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ISO/MEK 16022:2006 xalqaro standartiga muvofiqligi “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiya qilish va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Data Matrix shtrix-kodining simbologiyasi” (ISO/IEC 16022:2006 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Data Matrix bar code symbology specification”);
xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix YESS 200 ga teng yoki undan yaxshiroq;
ASCII kodlashdan foydalanish;
isteʼmol mahsuloti va guruh qadogʻi uchun kamida 0,255 millimetrli, transport qadogʻi uchun — kamida 2 millimetrli modul qoʻllaniladi;
raqamli identifikatorning taxmin qilish ehtimoli juda kam boʻlishi, yaʼni barcha hollarda 10000 dan 1 dan kam boʻlishi kerak;
identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruxsat berilgan belgilar ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ abcdefghijklmnopqrstuvwxyz 0123456789 !"%&ʼ*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.
6-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini markirovkalash qoidalari
26. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilari mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mustaqil ravishda markirovkalaydi va raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq MMK MATga taqdim etadilar.
27. Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida operator tajriba loyihasi ishtirokchilariga — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilari va importyorlarga quyidagilarni taqdim etadi:
markirovkalash kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish uchun markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminoti, markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish, raqamli identifikatsiya vositalarini isteʼmol qadoqlarida yelimlash va yelimlangan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻrisida maʼlumotni MMK MATga yuborish;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi — MMK MAT bilan maʼlumot almashish uchun zarur boʻlgan dasturiy-apparat kompleksi, shu jumladan, buyurtma berish va markirovkalash kodlarini olish.
28. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagi tarzda raqamli markirovkalanadi:
raqamli identifikatsiya vositalari tipografik usulda tayyorlangan maxsus belgilangan maydonda omborga joʻnatishdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida yelimlanadi (oʻlchami kamida 10*10 millimetr);
raqamli identifikatsiya qilish vositalarining oʻlchami va joylashishi isteʼmol qadoqlarini ochishga hojat qoldirmasdan maʼlumotlarni yigʻish terminallari, maxsus (mobil) dasturlar, lazerli skanerlarni oʻz ichiga olgan raqamli identifikatsiya vositalarini bevosita vizual koʻrish va toʻgʻri oʻqish imkoniyati taʼminlanadi;
raqamli identifikatsiya qilish vositasi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning butun yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiya qilish vositasini isteʼmol qadoqlaridan ajratib olish imkonini bermaydigan usulda yelimlanadi;
raqamli identifikatsiya vositalari shaffof plyonkada yoki boshqa har qanday tashqi qadoq materialida bosilmasligi va boshqa maʼlumotlar bilan qoplanmasligi kerakligi taʼminlanadi;
raqamli identifikatsiya vositasi isteʼmol qadoqlariga, maʼlumotlarning yaxlitligi Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy texnik hujjatlari talablariga muvofiq buzilmaydigan qilib joylashtiriladi.
29. Raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash usulini tanlashda qadoqlash materiali va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan markirovkalash uskunalari borasida cheklovlar qoʻyilmaydi.
7-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlarini taqdim etish
30. Raqamli identifikatsiya qilish orqali mahsulotlarni markirovkalash maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi operatorga markirovkalash kodlarini olish uchun ariza yuboradi. Ushbu arizalar buyurtmalarni boshqarish stansiyasidan foydalangan holda, mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
31. Belgilash kodlarini olish uchun ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
mahsulot kodi tayinlangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar mahsulot katalogiga kiritilganligi;
talab qilingan markalash kodlari soni.
32. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan talablarga javob bersa, operator koʻrsatilgan arizani roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab 4 soatdan kechiktirmay:
kerakli miqdordagi markalash kodlarini seriyalashtiradi;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali tajriba loyihasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini taqdim etadi;
chiqarilgan belgi kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registri roʻyxatiga kiritadi.
33. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi markirovka kodlarini olgandan soʻng:
a) markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ularni isteʼmol qadoqlariga tatbiq etilishini taʼminlaydi;
b) buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga yuboradi (koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda yuboriladi):
mahsulotni markirovkalash sanasi va vaqti;
raqamli identifikatsiya qoʻllaniladigan vositalar roʻyxati.
34. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan raqamli identifikatsiya vositalari yelimlanishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olganidan soʻng, real vaqt rejimida tegishli markirovka kodlarining holatlari IV registrida aks ettirilishini hamda ushbu maʼlumotlar tajriba loyihasi ishtirokchilariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
8-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni agregirlash, tajriba loyihasi doirasida ular aylanmasini kuzatish
35. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni transport qadogʻiga agregirlash jarayonini, import qilingan taqdirda — agregirlangan bojxona kodini yaratish jarayonini amalga oshiradi.
MMK MATga transport qadogʻi yoki agregirlangan bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish MMK MAT maʼlumotlariga koʻra bunday transport qadogʻi yoki agregirlangan bojxona kodida mavjud boʻlgan agregirlangan isteʼmol va transport qadoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatishga teng hisoblanadi.
MMK MATda transport qadogʻi yoki agregatsiya bojxona kodi haqidagi maʼlumotlarni taqdim yetish MMK MATga koʻra bunday transport qadogʻi yoki agregatsiya bojxona kodida joylashgan isteʼmol va transport qadogʻi haqidagi maʼlumotlarni uzatishga teng deb hisoblanadi.
36. Agregirlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun mahsulot aylanmasining ishtirokchisi maʼlumotlarni MMK MATga elektron shaklda kiritadi:
a) isteʼmol paketlarini transport qadoqlariga yigʻish operatsiyasini bajarish natijasi:
yigʻish operatsiyasini bajaruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
birlashtirilgan isteʼmol paketlari soni;
toʻplangan isteʼmol paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
b) transport qadoqlarini keyingi darajadagi transport qadoqlariga agregirlash jarayonini bajarish natijasi:
yigʻish operatsiyasini bajaruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
yigʻilgan transport paketlari soni;
yigʻilgan transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
v) yigʻish bojxona kodini shakllantirish operatsiyasining natijasi:
yigʻish tartibini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
isteʼmolchilar va transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari.
37. Transport qadogʻining identifikatsiya kodi bir oʻlchamli shtrix kod koʻrinishida Davlatlararo GOST ISO 15394-2013 “Qadoq, Yuklab joʻnatish, transportda tashish va qabul qilish uchun yorliqlarda shtrix kodning chiziqli belgilari va ikki oʻlchamli belgilar. Umumiy talablar” standartiga muvofiq taqdim etiladi (ISO 15394:2009 “Packaging — Bar code and two-dimensional symbols for shipping, transport and receiving labels”).
38. Operatsiyalarni amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchilari transport vositasi ichida mahsulotlarni olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida MMK MATga quyidagi maʼlumotlar elektron shaklda yuboradi:
olib chiqish, topshirish operatsiyasini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
oʻzgartiriladigan isteʼmolchilar yoki transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari roʻyxati;
transformatsiya operatsiyalari turi (oʻtkazish, olib qoʻyish).
39. Isteʼmol mahsulotlarini boshqa transport paketiga oʻtkazishda oʻtkazilayotgan mahsulotlarning tegishli identifikatsiya kodlari roʻyxati, shuningdek, ushbu transport oʻtkazilgan transport paketining identifikatsiya kodi koʻrsatiladi.
40. Operator real vaqt rejimida mahsulotlarni yigʻish, olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumot olganidan soʻng ularning IV registrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
41. Tajriba loyihasida ishtirok etadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning muomalaga kiritilishi va aylanishi monitoringi operator tomonidan MMK MAT orqali amalga oshiriladi.
42. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari oʻrtasida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni oʻtkazish (qabul qilish) paytida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining kuzatilishi:
Mahsulot aylanmasining ishtirokchisi sotilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni identifikatsiya vositalarini tekshiradi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan EHF shakllantirib, mahsulotlar joʻnatilgan kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida xabarnoma yuboradi;
mahsulotni sotib oluvchi (qabul qiluvchi) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi mahsulot toʻliq qabul qilingan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, EHF shaklida 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, ushbu mahsulotni qabul qilgan kundan boshlab, jumladan, uchinchi shaxslarga topshirgan kundan kech boʻlmagan muddatda imzolaydi;
EHFning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarning sotilishi toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (elektron hisob-kitob shaklida) yuboradi;
mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma EHF shaklida olinganda, operator real vaqt rejimida MMK MATda mahsulot aylanmasining bitta ishtirokchisi tomonidan mahsulotlarni boshqa ishtirokchiga topshirish holatini aks ettiradi.
9-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomalaga kiritish, ularni muomaladan chiqarish va jarayonni nazorat qilish
43. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagicha muomalaga chiqariladi:
a) ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni sotish toʻgʻrisida EHF shaklida xabarnomani ishlab chiqadi, mahsulotlar joʻnatilgan (topshirilgan) kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida elektron raqamli imzo bilan imzolaydi;
b) mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan sotib oladigan (qabul qiladigan) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi oʻz elektron raqamli imzosi bilan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi xabarnomani imzolaydi;
v) EHFning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (EHF shaklida) yuboradi;
g) mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi bildirishnoma (EHF shaklida) taqdim etilgandan soʻng operator real vaqt rejimida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagicha muomalaga chiqariladi:
a) tajriba loyihasining ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar import qiluvchisi import qilinadigan mahsulotlarni erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimi ostida joylashtiradi;
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi erkin muomalaga (importga) chiqarish yoki reimport qilish maqsadida yuk bojxona deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay, MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron shaklda olib kirish (import) toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi:
erkin aylanmaga (importga) chiqarish maqsadida bojxona organi tomonidan qabul qilingan yuk bojxona deklaratsiyasining maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning identifikatsiya kodlari yoki yigʻma bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) olib kirish (import) toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan soʻng operator real vaqt rejimida MMK MATda raqamli identifikatsiya vositasi aylanmaga kiritilganligini aks ettiradi.
45. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish maqsadida:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni chakana sotishda:
mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi, oʻrnatilgan va roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar (nazorat-kassa texnikalarni skanerlash vositalari yoki alohida oʻrnatilgan skanerlash uskunalari) yordamida raqamli identifikatsiya vositalarini skaner qiladi va oʻqiydi;
fiskal maʼlumotlar operatori real vaqt rejimida MMK MATga har bir sotilgan mahsulot birligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatadi (elektron fiskal hujjat shaklida);
mahsulotlarning chakana savdosi toʻgʻrisida xabarnoma (elektron fiskal hujjat shaklida) olinganidan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya vositasi muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi;
b) boshqa sabablarga koʻra (zarar, oʻgʻirlik, yaroqlilik muddati va h.k.) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqarishda:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqaradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi muomiladan chiqarilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari qadoqlaridagi raqamli identifikatsiya vositalarini tekshiradi va taniydi;
har bir hisobdan chiqarilgan mahsulot birligi, shu jumladan, aylanmadan olib qoʻyilgan identifikatsiya kodlari, aylanmadan chiqarish sabablari, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat rekvizitlarini oʻz ichiga olgan har bir mahsulot birligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumot MMK MATga oʻtkaziladi;
boshqa sabablarga koʻra mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgandan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya vositasining muomaladan chiqarilishini MMK MATda aks ettiradi.
46. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar monitoringi isteʼmolchilar tomonidan maxsus (mobil) dastur orqali isteʼmol mahsulotiga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositasini skanerlash orqali amalga oshiriladi.
Maxsus (mobil) dastur ishlab chiqiladi va operator tomonidan tarqatiladi.
47. Operator isteʼmolchiga mahsulot katalogiga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qadogʻi, uning hozirgi holati, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida maʼlumot berilishini taʼminlaydi.
48. Isteʼmolchi sotib olingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisida operatordan olingan haqiqiy maʼlumotlar bilan notoʻgʻri maʼlumotlarni aniqlasa, isteʼmolchi “Asl belgisi” va “Soliq” mobil dasturlari orqali MMK MATga xabarnoma yuboradi.
MMK MAT ushbu xabarnomani qabul qilib, qayd etilgan holatlar yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun rasmiy maʼlumotlarni belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga yuboradi.
10-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining axborot almashinuvini taʼminlash
49. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida operator quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tajriba loyihasi ishtirokchilarining reyestrini yuritish;
mahsulotlar katalogini yuritish;
IV registrini yuritish;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK MAT maʼlumotlarini taqdim etish (tijorat va boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni tarqatishda cheklovlar hisobga olingan holda);
isteʼmolchilarga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar va ularning MMK MATdagi holati toʻgʻrisida maʼlumot berish.
50. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining operator bilan oʻzaro aloqasi elektron hujjatlarni, shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan imzolangan hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
51. Elektron hujjatlar MMK MAT orqali aloqa kanallari yordamida hamda shaxsiy kabinet orqali ham almashiniladi.
52. Elektron hujjatlarga kiritilgan maʼlumotlarning, shu jumladan, shaxsiy kabinetda yaratilgan maʼlumotlarning muvofiqligi avtomatik ravishda MMK MAT yordamida tekshiriladi.
53. Agar MMK MATga notoʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisiga hamda belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga xabarnoma yuboradi.
54. Agar MMK MATga toʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisiga maʼlumotlarning MMK MATga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
55. MMK MATga uzatiladigan elektron hujjatlarning formatlari operator tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Internet jahon axborot tarmogʻidagi operator rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
20___y. “____” ___________“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha ARIZA1. Ariza beruvchi_________________________________________________________________________________________(yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli)2. Ariza beruvchi joylashgan joyi (pochta manzili): ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, faks va boshqalar)3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazib berishingizni soʻrayman:Roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli maʼlumotlar:Tashkilotning elektron pochtasi: ____________________________Tashkilotning telefon raqami: ____________________________Tashkilot rahbarining lavozimi _______ (imzo) _______ _______________________________________________________________________________________ (rahbarning F.I.O.)
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar
ROʻYXATI
TIF TN kodlariNomlanishMineral oʻgʻitlar*2814 20 000 0 dan*2827 10 000 0 dan*2834 29 800 0 dan3102 danAzotli oʻgʻitlar*2510 20 000 0 dan*2835 25 000 0 dan*2835 26 000 0 dan3103 danFosforli oʻgʻitlar*2827 39 850 0 dan*2833 29 800 0 dan3104 danKaliyli oʻgʻitlar*2834 21 000 0dan*2835 24 000 0 dan3105 danTarkibida ikki yoki uchta ozuqa moddalarini oʻz ichiga oladigan mineral yoki kimyoviy oʻgʻitlar:azot, fosfor va kaliy;boshqa oʻgʻitlar;brutto ogʻirligi 10 kg dan oshmagan tabletka yoki analog shaklidagi yoki qadoqlangan mazkur guruh tovarlari.*2810 00 dan*2827 dan*2833 dan*2840 dan*2841 70 000 0danMikrooʻgʻitlar2903 39 110 0brommetan (metilbromid)3808Chakana savdo uchun shakl yoki qadoqlarga, tayyor preparat yoki mahsulotlar sifatida qadoqlangan insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar, dezinfeksiya vositalari va ularga analog vositalar (masalan, oltingugurt bilan ishlangan lentalar, tayoqlar va shamlar, chivin qogʻozi);ushbu tovar guruhining 1 subpozitsiyasiga koʻrsatilgan tovarlar;3808 52 000 0DDT (ISO) (klofenotan (INN)), netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;3808 59 000boshqalar;3808 59 000 1tarkibida 4,6-dinitro-o-krezol (DNOK (ISO)) yoki uning tuzlari, yoki tributil birikmalari yoki bu moddalar aralashmalari boʻlgan;boshqalar;3808 59 000 2aldikarb (ISO) yoki penta va oktabromobifenil oddiy efirlari yoki perftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, yoki perftoroktansulfonamidlar, yoxud perftoroktansulfonil-floridlarni oʻz ichiga olgan insektitsidlar;3808 59 000 3alaxor (ISO) yoki azinofosmetil (ISO) yoki endosulfan (ISO) oʻz ichiga olgan insektitsidlar;3808 59 000 4tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan fungitsidlar;3808 59 000 5tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar va perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan gerbitsidlar;3808 59 000 8tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonilftorid boʻlgan rodentitsidlar;3808 59 000 9boshqalar;ushbu tovar guruhining 2 subpozitsiyasida koʻrsatilgan tovarlar;3808 61 000netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;3808 61 000 1tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;3808 61 000 2tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;3808 61 000 3tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;3808 62 000netto vazni 300 g dan koʻp boʻlgan, lekin 7,5 kg dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda:3808 62 000 1tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;3808 62 000 2tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;3808 62 000 3tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;3808 69 000boshqalar;3808 69 000 1tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;3808 69 000 2tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;3808 69 000 3tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO);boshqalar;3808 91insektitsidlar:3808 91 100 0piretroidlar asosida3808 91 200 0xlorlangan uglevodorodlar asosida3808 91 300 0karbamatlar asosida3808 91 400 0forfororganik birikmalar asosida3808 91 900 0boshqalar3808 92fungitsidlar:anorganik:3808 92 100 0mis birikmalari asosida boʻlgan preparatlar3808 92 200 0boshqalarboshqalar:3808 92 300 0ditiokarbamatlar asosida3808 92 400 0benzimidazollar asosida3808 92 500 0diazollar yoki triazollar asosida3808 92 600 0diazinlar yoki morfolinlar asosida3808 92 900 0boshqalar3808 93gerbitsidlar, unuvchalikni toʻxtatuvchi va oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi vositalar:gerbitsidlar:3808 93 110 0fenoksifitogormonlar asosida3808 93 130 0triazinlar asosida3808 93 150 0amidlar asosida3808 93 170 0karbamatlar asosida3808 93 210 0dinitroanilin hosilalari asosida3808 93 230 0karbamid, uratsil yoki sulfonilkarbamid hosilalari asosida3808 93 270 0boshqalar3808 93 300 0unuvchalikni toʻxtatuvchi vositalar3808 93 900 0oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi vositalar3808 99boshqalar:3808 99 100 0rodentitsidlar3808 99 900 0boshqalar
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatish
SXEMASI
SubyektlarTadbirlarIjro muddati1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazishTajriba loyihasi ishtirokchisiZarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi — MMK MAT) shakllantiradi.Real vaqt rejimidaOperatorAgar ariza Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatdaOperatorVaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda2-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini qayd qilishTajriba loyihasi ishtirokchisiZarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni qayd etish boʻyicha arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK MAT veb-saytida shakllantiradi.Real vaqt rejimidaOperatorArizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatiga kiritadi;tajriba loyihasi ishtirokchisini mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.Real vaqt rejimida3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etishTajriba loyihasi ishtirokchisiMahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash maqsadida kodlarni olish uchun operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.Real vaqt rejimidaOperatorAgar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlsa:kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registriga kiritadi.Real vaqt rejimidaTajriba loyihasi ishtirokchisiOperatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimidaMarkirovkalash kodlarini identifikatsiya vositasiga oʻzgartiradi.Identifikatsiyalash vositasi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qadoqlarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng4-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va aylanmasi monitoringini yuritishTajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar agregatsiyasini amalga oshiradi.Real vaqt rejimidaMMK MAT orqali avtomatik rejimda operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.Real vaqt rejimidaTajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki mahsulotlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida mahsulot yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni EHF maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalariga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatdaTajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.Real vaqt rejimidaErkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga mahsulotlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:bojxona organi kodi;mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;TIF TN kodlari;transport qadoqlarining markirovka kodi va mahsulot nomi;mahsulotning kelib chiqish mamlakati kodi.Real vaqt rejimidaOperatorMaʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.Real vaqt rejimida5-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini muomaladan chiqarishTajriba loyihasi ishtirokchisiUlgurji tashkilot mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni nazorat-kassa texnikasi mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini nazorat-kassa texnikasi bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.Real vaqt rejimidaTajriba loyihasi ishtirokchisiMahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.Real vaqt rejimidaFiskal maʼlumotlar operatoriNazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Nazorat-kassa texnikasi ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech boʻlmagan muddatdaOperatorFiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registrida aks ettiradi.Real vaqt rejimida
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI (“Yoʻl xaritasi”)
T/rChora-tadbirning nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiMasʼul ijrochilar1.Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shu jumladan asosiy vazifa hamda funksiyalarini kelishish va tasdiqlash.2025-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi(keyingi oʻrinlarda — Karantin agentligi),Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari2.Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilari MMK MAT bilan oʻzaro aloqador boʻlsa, foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalarini, tekshirish qoidalarini, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar turlarini va formalarini hamda shu bilan birga, foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil mayKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ3.Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.2025-yil mayKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ4.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni sotish mexanizmlarini oʻrganish.Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.2025-yil may“CRPT TURON” MCHJKarantin agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiImport qiluvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.2025-yil may5.Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv-treninglar tashkil etish.2025-yil may“CRPT TURON” MCHJ,Soliq qoʻmitasi6.Tajriba loyihasini ishga tushirish.Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.2025-yil maySoliq qoʻmitasi,Karantin agentligi,“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari7.Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).2025-yil iyun“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari8.Identifikatsiya vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni identifikatsiya vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.2025-yil iyun“CRPT TURON” MCHJ,Karantin agentligi,tajriba loyihasi ishtirokchilari9.Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK MATni sozlash va ishga tushirish.2025-yil iyunKarantin agentligi,“CRPT TURON” MCHJ10.Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya vositalarini oʻrnatish.Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK MATga ulanishini taʼminlash.2025-yil iyunKarantin agentligi,“CRPT TURON” MCHJ,Soliq qoʻmitasi,tajriba loyihasi ishtirokchilari11.Raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish.Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni MMK MATda roʻyxatdan oʻtkazish.2025-yil iyun“CRPT TURON” MCHJ,Karantin agentligi,tajriba loyihasi ishtirokchilari12.Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil iyun“CRPT TURON” MCHJSoliq qoʻmitasi,tajriba loyihasi ishtirokchilari13.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdo ishtirokchilari bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil iyulKarantin agentligi,“CRPT TURON” MCHJ,Soliq qoʻmitasi,tajriba loyihasi ishtirokchilari14.Import qilingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.Respublika hududiga import qilinayotgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning yorliqlash jarayoni va usullarini oʻrganish.2025-yil mayKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,Bojxona qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari15.Import qilinadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish.Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni MMK MATda roʻyxatdan oʻtkazish.2025-yil may“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari16.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.Tajriba loyihasi ishtirokchilari — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil iyun“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari17.Import qilingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.Tajriba loyihasi ishtirokchilari — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchilar va ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil iyul“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari18.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil iyul“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari19.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.2025-yil avgust“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari20.Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.2025-yil avgustKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari21.Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.2025-yil sentabrKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ,tajriba loyihasi ishtirokchilari22.Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga yuborish.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot hamda majburiy raqamli markirovkalash tizimini kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.2025-yil sentabrKarantin agentligi,Soliq qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar23.Axborot tizimlarining integratsiyasini amalga oshirish.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkasi va savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni “CRPT TURON” MCHJning “Asl belgisi” MAT va Karantin agentligining “e-Fitouz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.2025-yil oktabrSoliq qoʻmitasi,“CRPT TURON” MCHJ,Karantin agentligi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qarorida:
a) 1-ilovada (Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
GERBOʻzbekiston RespublikasiQishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagiOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiMineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchunRUXSATNOMA_______-sonsanaRuxsatnoma berilgan jismoniy va yuridik shaxsning nomiSTIR raqamiRuxsatnomaning amal qilish muddati1.TIF TN kodi *1.2....2.Mahsulot savdo nomi1.2....3.Faol modda va nisbati1.2....4.Ishlab chiqarilgan sanasi1.2....5.Yaroqlilik muddatimahsulotni respublikaga kirib kelish vaqtida olti oydan kam boʻlmasligi shart!6.Fizik xossasi1.2....7.Roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami sanasi1.2....8.Miqdori1.2....9.Qadoqning hajmi1.2....10.Mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat1.2....11.Ishlab chiqaruvchi korxona nomi, manzili, aloqa raqamlari12.Olib kiriladigan TIF bojxona posti nomi13.Olib kiriladigan mahsulotlar raqamli markirovkalangan boʻlishi talab etiladi*HujjatlarninghaqiqiyliginitasdiqlovchiQR-kod
izoh: 13-band 2026-yil 1-maydan amal qiladi;
* olib kiriladigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi. ”;
b) 2-ilovada (Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda):
17-bandning birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “QR-kod qoʻyilmaganda” soʻzlari “raqamli markirovkalanmaganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Raqamli markirovka (matrik shtrixli kod) bilan boshqarish
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinda — raqamli markirovka) bilan boshqariladi.
22. Olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalar raqamli markirovkalangan boʻlishi talab etiladi. Bunda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi.
23. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarda oʻtkazilgan koʻrikda raqamli markirovkalanmaganligi (yoki toʻliq qoʻyilmaganligi) aniqlanganda, xabar beruvchiga raqamli markirovkalash boʻyicha oʻttiz kun muddat beriladi.
24. Xabar beruvchi “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoridan raqamli markirovka kodini olib, mahsulotning har bir qadogʻiga qoʻyilishini taʼminlaydi. Mazkur Nizomning 23-bandi bilan belgilangan oʻttiz kun muddat ichida ushbu amaliyot bajarilmagani olib kirishning toʻliq rad etilishiga sabab boʻladi”;
39-banddagi “QR-kod ishlab chiqarish yoki yuklash va har bir vositaning qadogʻiga QR-kod qoʻyish” soʻzlari “raqamli markirovka kodini ishlab chiqarish yoki yuklash va har bir qadogʻiga raqamli markirovka kodini qoʻyish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi sxemaning izoh qismidagi “QR-kod” soʻzi “raqamli markirovka kodi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar olib kirilishi uchun oldindan xabar berish shaklining 6-pozitsiyasi va izoh qismi chiqarib tashlansin;
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“0000000-sonKOʻRIK DALOLATNOMASI_________________ oʻsimliklar karantini davlat inspektori ___________________ tomonidan,_ (hududiy boʻlinma nomi) ____________________________________________ (F.I.O.)20___ yil “____” ____________da xabar beruvchi vakili _______________________________________________________________________________________________ (F.I.O.)ishtirokida ______________________________________________________________________________ (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomi)STIR/JSHSHIR: ________________da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan koʻrikdan oʻtkazildi.Koʻrik davomida quyidagilar aniqlandi (tegishlisi belgilanadi!):□ 1. Muvofiqligini baholashdan oʻtkazishga loyiq.□ 2. Muvofiqligini baholashdan oʻtkazishga noloyiq (quyidagi sabablar koʻrsatilgan holda!):□ roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarining qadogʻi va yorligʻidagi matnga mos emas;□ mahsulotga raqamli markirovka kodi qoʻyilmagan (yoki toʻliq qoʻyilmagan)*;□ yaroqlilik muddati olti oydan kam;□ laboratoriya ekspertizasi xulosasi davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholangan.* 2026-yil 1-maydan amal qiladi. Mahsulotning raqamli markirovka kodi qoʻyilmaganligi (yoki toʻliq qoʻyilmaganligi) aniqlanganda, xabar beruvchiga raqamli markirovka kodini qoʻyish boʻyicha oʻttiz kun muddat beriladi. Talabgor tomonidan belgilangan muddat ichida ijrosi taʼminlanmasa, avtomatik ravishda dalolatnoma rasmiylashtirib, bojxona rasmiylashtiruvini erkin muomalaga chiqarish rad etiladi.HujjatlarninghaqiqiyliginitasdiqlovchiQR-kod”.
