Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-136-son)
08.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperatsiya tizimini joriy etish jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2025-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) 2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
(b) 2025-yil yakuniga qadar 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;
(v) istiqbolli bozorlarga 2025-yilda 442 million AQSH dollari, 2026-yilda 575 million AQSH dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taʼminlash;
(g) 2025-yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish boʻyicha 40,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
2. Quyidagilar:
(a) Respublika hududlarida meva, sabzavot, poliz ekinlari, uzum va dukkakli mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda — meva-sabzavot mahsulotlari) qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishda ularning qayta ishlash va saqlash darajasini oshirishning 2025 — 2027-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
(b) Respublika hududlarida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
(v) 2025-yilda ishga tushiriladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(g) 2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga hududlarda oʻrnatiladigan 300 ta kichik hajmli koʻchma muzlatkichlarning prognoz taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
II. Imtiyozlar
3. Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida:
(a) 2028-yil 1-yanvarga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi va oʻzlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi:
(i) har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
(ii) zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda;
(b) 2027-yil 1-aprelga qadar dukkakli mahsulotlarni ekish, yigʻib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qoʻllanadi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq umumiy yer maydoni 5 gektardan kam boʻlmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan oʻzlariga qarashli qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning dala chetlarida ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq jami yer maydonining bir foiziga, lekin 20 sotixdan koʻp boʻlmagan oʻlchamda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan muzlatkichli omborxonalar, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash obyektlarini qurishga ruxsat etiladi. Bunda:
(a) obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari yerdan foydalanuvchilarning buyurtmasi hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xulosasi asosida “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlimlari tomonidan ishlab chiqiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi hamda qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun murojaat qilish huquqini beradi;
(b) obyektlardan foydalanmaslik yoki maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer soligʻi stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida qoʻllanadi.
III. Moliyaviy resurslar
5. Belgilansinki:
(a) 2025-2026-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan yigʻib, saralab, zamonaviy qadoqlab shartnoma asosida realizatsiya qilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga qadoq xarajatlarining 25 foizi, biroq har bir qadoq uchun uch ming soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Davlat budjeti parametrlarida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
(i) qishloq xoʻjaligi kooperativlarining meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻuvchi va tayyorlovchi aʼzolari mahsulotlarni sifatli tayyorlash va eksportga chiqarish boʻyicha “Edukarantin.uz” axborot tizimi orqali oʻqib, sertifikatga ega boʻlishi lozim;
(ii) sertifikatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari va ular aʼzolarining “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha reyting tizimi yuritiladi;
(b) organik maydon tashkil qilib, sertifikatlangan organik mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Organic”, “Global G.A.P.”, “Halal”, “Kosher”, “FSSC”, “ISO 9001”, “ISO 22000” va “ISO 14000” xalqaro sertifikatlarini olish xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Yevropa davlatlaridagi yirik savdo tarmoqlarida Oʻzbekiston mahsulotlari uchun alohida savdo yarmarkalarini tashkil qilish hamda savdo rastalarini ijaraga olish xarajatlarini moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 foiz oldindan toʻlov taʼminlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmoniga muvofiq:
(a) xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 220 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2024-yil 1-martga qadar tijorat banklariga yoʻnaltirilishi;
(b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada oziq-ovqat yoʻnalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib uni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
IV. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga doir tashkiliy masalalar
8. Belgilansinki, hududlarning eksport koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish maqsadida oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarga ichki fitosanitariya sertifikatlarini berishda mahsulot yetishtirilgan hudud majburiy qayd etib boriladi.
9. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi 2025-yil yakuniga qadar 5-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga (pestitsid, mikotoksin, ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiq miqdorlariga) oid amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirsin.
10. Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini samarali tashkil etish, sifatli transport-logistika (avtomobil, temir yoʻl va avia tashuv) xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “E-logistika” platformasida eksportyor va tashuvchi korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash imkoniyatini taʼminlasin. Bunda onlayn platformada quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
(a) yuk tashuvchi (ekspeditor) va eksportyorlar haqida maʼlumotlarni koʻrish hamda ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn aloqa oʻrnatish;
(b) yuklarni tashqi bozorlarga yetkazib berishning samarali yoʻnalishlarini aniqlash va optimal zanjirlarini shakllantirish;
(v) yuk avtotransport vositalarini maʼlum bir muddatga bron qilish hamda ularni real vaqt rejimida kuzatib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(a) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev):
(i) 2025-yil yakuniga qadar 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olishga;
(ii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari bilan birgalikda 2025-yilda mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlatlardagi savdo tarmoqlarida Oʻzbekiston mahsulotlari uchun alohida savdo yarmarkalarini tashkil qilishga;
(iii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish tartibini tasdiqlash uchun Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (J. Xodjayev) kiritishga;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
(i) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq respublika hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishda qayta ishlash va saqlash darajasini oshirishning 2025 — 2027-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlarini taʼminlashga;
(ii) xorijda tashkil qilinadigan savdo yarmarkalarini yetarli mahsulotlar bilan taʼminlashga;
(iii) bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovadagi ayrim turdagi eksportbop mahsulotlar bozorini diversifikatsiyalashning maqsadli koʻrsatkichlari asosida tumanlar kesimida eksport qilishning aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashga;
(v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlariga moʻljallangan qadoqlarni ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirishga;
(g) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):
(i) ikki hafta muddatda mazkur qarorning 3-bandi “b” kichik bandiga muvofiq bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qoʻllaniladigan dukkakli mahsulotlarni ekish, yigʻib olish va saralash uskunalarining TIF TN kodlarini tasdiqlashga;
(ii) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlatlarda savdo yarmarkalarini tashkil qilish bilan bogʻliq, shu jumladan, aviachipta, mahsulot namunalarini yarmarkaga yetkazish (transport-logistika), savdo yarmarka stendlarini qurish va bezash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga;
(d) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga (pestitsid, mikotoksin, ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiq miqdorlariga) oid xalqaro standartlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tadbirkorlik subyektlari orasida keng targʻib qilishga.
12. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.K. Ergashev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-aprel,
PQ-136-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 1-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 1a-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 1b-ILOVA
2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hajmlarini oshirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika hududlarida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari*
* Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimining asoslantirilgan murojaatlariga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
** Yangi uzilgan yoki qayta ishlangan holatda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 3-ILOVA
2025-yilda ishga tushiriladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
Izoh. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Karantin agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda zarurat tugʻilganda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 4-ILOVA
2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga hududlarda oʻrnatiladigan 300 ta kichik hajmli koʻchma muzlatkichlarning prognoz
taqsimoti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 5-ILOVA
Alimentarius Kodeksi va xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqiladigan oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanoatlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlarIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Hududlarda mavjud va ishlatilmayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, quritish, qayta ishlash va qadoqlashga moʻljallangan uskunalar hamda muzlatkichli omborxonalarni xatlovdan oʻtkazib, ularni samarali ishlatishni yoʻlga qoʻyish va modernizatsiya qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Ikki oy muddatdaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Markaziy bank,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Karantin agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2.1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga asosan meva-sabzavot mahsulotlari uchun zamonaviy qadoqlash mahsulotlariga hamda ularni ishlab chiqarishga qoʻyiladigan texnik talablarni tasdiqlash.2. Oʻrnatilgan talablarga javob beradigan zamonaviy qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning elektron reyestri yuritilishini hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Karantin agentligiga taqdim etib borilishini yoʻlga qoʻyish.Bir oy muddatdaOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi3.Qurilishga hamda foydalanishga ruxsatnoma olishga oid maʼmuriy reglamentlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan oʻzlariga qarashli qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning dala chetlarida obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Uch oy muddatdaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi4.Meva-sabzavot mahsulotlarini mahallalarda yigʻib, eksportchi korxonalarga tayyorlash va sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni Karantin agentligining “Edukarantin.uz” axborot tizimi orqali meva-sabzavotlarni eksportga sifatli tayyorlash boʻyicha oʻqitish va sertifikatlash tizimini joriy qilish.Bunda sertifikatga ega boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatini Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida yuritish.Ikki oy muddatdaKarantin agentligi5.Eksport qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning import qiluvchi davlatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida eksport zanjirida ishtirok etuvchi barcha subyektlarni (mahsulot yetishtiruvchi, yigʻuvchi, tayyorlovchi, qadoqlash sexlari, qayta ishlash korxonalari va eksportchi korxonalarni) Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidan ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish hamda ichki fitosanitariya sertifikati va boshqa tegishli hujjatlar orqali monitoringini yuritish.DoimiyKarantin agentligi,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi6.1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi markaziy apparatida tashkil etilgan Markaziy eksport shtabi faoliyatini 2025 — 2028-yillarda davom ettirish.2. Markaziy eksport shtabiga biriktirilgan xorijiy tillarni oʻzlashtirgan faol yoshlarning ish haqi, respublika hududiga va xorijiy xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish.2025 — 2028-yillarOziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi7.Organik mahsulotlar yetishtirish va ularni sertifikatlash tartiblariga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Uch oy muddatdaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar8.Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga “Ecocert”, “TUV NORD”, “IFOAM Organics Europe”, “EU Organic Certification”, “Bio Suisse”, “Soil Association”, “Demeter”, “Control Union Certifications” xalqaro sertifikatlash, test qilish va maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalarning vakolatli audit ofislari ochilishiga koʻmaklashish choralarini koʻrish.DoimiyKarantin agentligi,Tashqi ishlar vazirligi9.1. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida rasmiylashtirilgan fitosanitariya sertifikatida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan hududlar (viloyat, tuman, shahar) haqidagi maʼlumotlarni aks ettirishni joriy qilish.2025-yil 1-mayBojxona qoʻmitasi,Karantin agentligi2. Bojxona yuk deklaratsiyasida shakllangan fitosanitariya sertifikatidagi hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida eksport koʻrsatkichlari statistikasini yuritishni yoʻlga qoʻyish.Doimiy10.“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida har bir hudud oʻzining savdo pavilyonlarini tashkil etib, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari koʻrgazma-savdosini yoʻlga qoʻyish.DoimiyQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari11.1. Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash.2. Isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasini yetkazib berish uchun belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, isteʼmolchini elektr energiyasi uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻngʻiroq yoki SMS xabar yordamida) xabardor qilish.Doimiy“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ12.Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi namunali 5 ta mahalliy korxonalarning qadoq dizayni va brendini yaratish choralarini koʻrish.2025-yil 1-iyulSavdo-sanoat palatasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ13.Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarining ixtisoslashgan mahallalarida olxoʻri, uzum, qovun va oʻrik mahsulotlarini quritishga moʻljallangan 4 ta namuna sifatida tajriba-sinov loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish choralarini koʻrish.2025-yil 15-dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari14.1. Karantin agentligi inspektorlarining organik talablarni aniqlash boʻyicha Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan malakasini oshirish.2025-yil davomidaKarantin agentligi2. Respublikada organik usulda meva-sabzavot yetishtirayotgan hududlarning elektron xaritalarini ishlab chiqish.2025-yil dekabr15.Xalqaro tajribani oʻrgangan holda mahalliy ishlab chiqarilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlariga maxsus sifat belgisini berish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Uch oy muddatdaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,Karantin agentligi16.Meva-sabzavotning har bir turi boʻyicha va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish, kalibrlash hamda qadoqlashga tegishli boʻlgan xalqaro va Yevropa standartlarini qabul qilish.2025-yilOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi17.Hududlarda organik mahsulotlar ekiladigan maydonlarni 2025 — 2030-yillarda 10 ming gektarga yetkazish choralarini koʻrish.2025 — 2030-yillardaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari18.1. Organik mahsulotlar yetishtirish uchun suv omborlari atrofidagi 2 ming gektar yer maydonini tadbirkorlik subyektlariga ajratish.Uch oy muddatdaSuv xoʻjaligi vazirligi2. Suv omborlari atrofidagi yer maydonlariga talab etiladigan urugʻ va sertifikatlarni olishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish.DoimiyKarantin agentligi,Agrosanoatni rivojlantirish agentligi19.Aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlarida jami 1 ming gektarga organik mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.2025-2026-yillardaKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari20.1. Meva-sabzavotlarni eksport qilishda mahsulotlar tarkibidagi geni modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash boʻyicha laboratoriya faoliyatini tashkil etish, shuningdek, “healthy” sertifikatini berishni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil 1-iyunSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,Oʻzagroinspeksiya,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi2. Meva-sabzavotlarni eksport qilishda mahsulotlar tarkibidagi geni modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash boʻyicha laboratoriya faoliyatini tashkil etish, shuningdek, “healthy” sertifikatini berishni yoʻlga qoʻyish.2025-yil 1-sentabr21.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosi doirasida Karantin agentligi tizimida moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettirish. Bunda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda xorijiy grant mablagʻlari hisobidan quyidagilarni xarid qilish va foydalanishga qabul qilish:Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining zararsizlantirish boʻlimlari uchun kimyoviy vositalar hamda zarur uskunalarni tashish maqsadida maxsus avtotransport vositalari;mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishini tekshirish va oʻrganish maqsadida kimyoviy gaz qoldiqlarini aniqlash detektorlari;tarmoq va server qurilmalari, zamonaviy kompyuter, printer texnikalari hamda planshetlar, choʻntak mikroskoplari;interfaol va innovatsion panellar, monitorlar, videokonferensaloqa jihozlari, videokamera, videokuzatuv moslamalari;oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari uchun bodi-kameralar, zamonaviy skuterlar;laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlari;monitoring uchun koʻp marta ishlatiladigan zamonaviy feromon tutqichlar.2025 — 2028-yillardaKarantin agentligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-344-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarorida:
a) 5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “yer uchastkalari chegaralari kesimida xatlovdan oʻtkazib,” soʻzlaridan keyin “Qishloq xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari izoh qismining oltinchi xatboshisidagi “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,” soʻzlaridan keyin “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (shu jumladan, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
