“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 23-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-55-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (569-V-son)
25.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 15-fevral kuni kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 23-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-55-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-fevral,
569-V-son
