Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik kengashining tarkibi toʻgʻrisida (496-V-son)
17.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga, 2022-yil 9-fevralda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasida Parlamentlararo Hamkorlik kengashini tuzish haqida”gi Bitimning 3-moddasiga hamda 2023-yil 26-oktabrda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik kengashi Nizomining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik kengashi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlari Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga kiritilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2022-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik kengashi tarkibi toʻgʻrisida”gi 2097-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 452-modda);
2023-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik kengashi yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3586-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 10, 882-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
496-V-son
