“Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3119-4-son)
25.03.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-mart,
4-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-mart,
236-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
8/1-2025-Q-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 15-fevral
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 7-fevral
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O. UMAROV
2025-yil 7-fevral
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2025-yil 5-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-martdagi 4-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 8/1-2025-Q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 3-martdagi 236-son qaroriga ILOVA
“Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
1) qaror nomi va 1, 3-bandlardagi “, kasb-hunar maktabi, kollej” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Namunaviy shtatlar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga, Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseylariga, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlariga, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Namunaviy shtatlar akademik litsey va texnikumlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan joriy qilinadi;”;
beshinchi xatboshidagi “, kasb-hunar maktabi, kollej” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Namunaviy shtatlarda:
1) ilova nomidan “, kasb-hunar maktabi, kollej” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) I-bobdan 41-pozitsiya chiqarib tashlansin;
3) II va III-boblar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) IV-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
5) Izoh qismida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* akademik litseylar va texnikumlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladigan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, ushbu lavozim joriy qilinganda, uning lavozim vazifalari tarkibiga yillik 530 soatgacha (0,5 shtat birligida 265 soatgacha) chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kiritiladi.”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“** akademik litseylar va texnikumlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladigan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib ushbu lavozim joriy qilinganda, uning lavozim vazifalari tarkibiga yillik 400 soatgacha (0,5 shtat birligida 200 soatgacha) jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kiritiladi.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“****Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarning tuzilmasida Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etiladi. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar roʻyxatiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
*****Faoliyati tugatilayotgan taʼlim tashkilotlari uchun (taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini tamomlagunga qadar) shtatlar jadvalini tuzishda mazkur Namunaviy shtatlarning II-bobi tatbiq etiladi.”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidan “, kasb-hunar maktabi, kollej” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ushbu Namunaviy shtatlar akademik litsey va texnikumlarning boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlariga tatbiq qilinadi.”.
6) ilovada:
ilova nomi va belgisi, 38-banddan “, kasb-hunar maktabi, kollej” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan akademik litsey va texnikumlar (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur Meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.”;
1-bobning nomi, 2-bandning birinchi xatboshisi, 32-band, 34-bandning birinchi xatboshisi va 35-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Shtat jadvalini tuzishda taʼlim tashkilotlari xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy va dual taʼlim shakllarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqib, sirtqi taʼlim oʻquvchilari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qoʻllagan holda, akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi va shtatlar jadvali oʻquvchilar soni oʻzgarishi bilan yilning 1-sentabr holatiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Akademik litsey va texnikumlarda oʻquvchilar kontingenti 1 051 nafardan ziyod boʻlganda xodimlar soni tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim tashkilotlari uchun), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.”;
5-band, 16-band va 22-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6-banddagi “muassasaning” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Taʼlim tashkilotining mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi (taʼlim tashkilotining ijaraga bergan maydoni bundan mustasno).”;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Taʼlim tashkilotini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir kirish darvozasi postiga 4,5 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda, taʼlim tashkiloti hududidan tashqarida joylashgan binolarning ham har bir darvoza posti uchun alohida 4,5 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.”;
9-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Muassasa” degan soʻz “Taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “muassasalarda” degan soʻz “tashkilotlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
13-band, 14-band, 17-band, 18-band, 30-band va 33-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
20-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasalarida”, “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarida”, “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-banddagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
25-banddagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26-banddagi “taʼlim muassasalarini”, “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotlarini”, “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27-banddagi “Taʼlim muassasasida”, “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar tegishli ravishda “Taʼlim tashkilotida”, “taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-banddagi “kollej va texnikumlarda xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “texnikumlarda xorijiy davlatlarning taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-banddagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31-banddagi “akademik litsey va kasb-hunar maktablarida” degan soʻzlar “akademik litseyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Quyidagi mazmundagi 361 — 366-bandlar bilan toʻldirilsin:
“361. Madaniyat, musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarida amaliy-ijodiy ishlar (konsert dasturlari, badiiy tadbirlar, sahna asarlari, spektakl va boshqalar)ni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun — 1,0 birlik badiiy rahbar lavozimi kiritiladi.
362. Madaniyat, musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarida ovoz yozish studiyasi yoki estrada yoʻnalishlari mavjud boʻlganda, 1,0 birlik ovoz operatori lavozimi kiritiladi.
363. Taʼlim tashkilotlarida ijrochilik yoʻnalishlari mavjud boʻlib, alohida liboslar uchun xona ajratilgan boʻlsa, 1,0 birlik liboschi (kiyim saqlovchi, kostumer) lavozimi kiritiladi.
364. Madaniyat, musiqa va sanʼat taʼlim tashkilotlari balansida mavjud musiqa cholgʻularini taʼmirlovchi usta lavozimi:
har 16 ta klavishli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
har 30 ta torli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
har 30 ta damli cholgʻular uchun — 1,0 birlik;
har 16 ta elektron musiqa cholgʻulari uchun — 1,0 birlik;
har 30 ta xalq cholgʻulari uchun — 1,0 birlik;
har 50 ta urma zarbli cholgʻular uchun — 1,0 birlik kiritiladi.
365. Taʼlim tashkiloti balansida mavjud 16 ta soz holatdagi klavishli musiqa cholgʻulari (royal, fortepiano (pianino) va boshqalar) uchun — 1,0 birlik hisobidan musiqa cholgʻularini sozlovchi lavozimi kiritiladi.
366. Madaniyat, musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarida yoritish uskunalari bilan jihozlangan xonalar mavjud boʻlsa, 1,0 birlik yoritish uskunalari ustasi (laborant) lavozimi kiritiladi”.
37-banddagi “muassasalarining”, “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarining”, “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Taʼlim tashkiloti shtat jadvalining Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mazkur Meʼyorlarga muvofiq tuzilishi yuzasidan javobgarlik shaxsan taʼlim tashkiloti direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.”.
