“2682-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1050-son) · Sana: 25.03.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilovaning 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 4-ilova II boʻlimining 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
