Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar hamda Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (175-son)
19.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarni va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatini belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlardan toʻgʻri foydalanishni tashkil etish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlovchi shaxslar uchun qoʻllanma ishlab chiqsin;
nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlovchi shaxslarga xonadonbay biriktirilgan tibbiy brigadalar xodimlari qoʻllanmaga muvofiq tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlovchi shaxslar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri tayyorlash tartibi va ushbu oziq-ovqatlardan kelib chiqishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlarning oldini olish boʻyicha maxsus qisqa kurslarni tashkil etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-mart,
175-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 175-son qaroriga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar
ROʻYXATI
T/rTibbiy jihozlar nomiI. Harakatlanish vositalari1.Ortopedik buyumlar (tutkamarlar (korsetlar), umurtqa pogʻonasini tutib turuvchi bogʻlamlar, tiklovchi tiqinlar)2.Shiftga biriktirilgan koʻtarish tizimlari3.Polga (yerga) biriktirilgan koʻtarish tizimlariII. Oʻzini oʻzi parvarish qilish va gigiyena vositalari4.Hammom va hojatxona uchun tutqichlar5.Hammom va hojatxona uchun oʻrindiqlar6.Sirpanishga qarshi gilamchalar7.Naycha orqali oziqlantirish uchun niblerlar8.Tuvaklar9.Yotoq yaralariga qarshi himoya kremlari10.Kattalar va bolalar uchun tagliklar11.Absorbent choyshablarIII. Tibbiyot moslamalari va mahsulotlar12.Ingalyator va nebulayzerlar13.Birinchi tibbiy yordam bogʻlamlari toʻplami14.Tibbiyot dokasi, shu jumladan, paxta matoli va toʻqilgan15.Tibbiyot shimuvchi, gigiyenik, jarrohlik paxtasi16.Mato va nomato materialdan tayyorlangan tibbiyot bintlari17.Tibbiyot doka tiqinlari, paxta dokali bogʻlov vositalari, shu jumladan, dokaparchalar va qirqimlar18.Tibbiyot yopishqoq tasmalari (mahkamlovchi yoki davolovchi)19.Kontakt linzalarni tozalash hamda saqlashga moʻljallangan vositalar20.Shaxsiy dori purkagichlar21.Burun tozalovchi soʻrgʻichlar22.Quloq va burunni yuvish va namlash uchun moʻljallangan vositalar23.Ortopedik boʻyin tutgichi24.Choʻziluvchan bogʻlamlar (jgutlar)25.Ichi boʻsh rezina buyumlar (grelkalar, muz pufakchalari, yuvuvchi-tozalovchi moslama)26.Tibbiyot tomizgichlari27.Yotoq yaralariga qarshi matras va yostiqlar (statik va dinamik (kompressor bilan))IV. Boshqa inventarlar28.Gimnastika toʻplari29.Qoʻl mashqlari uchun tasmalar (espanderlar)30.Balandligi rostlanadigan motorli karavot
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 175-son qaroriga 2-ILOVA
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining
ROʻYXATI
Izoh.
* Oziq-ovqat mahsulotlari barcha bemor bolalarga ularning yoshi, asosiy kasallik turiga koʻra shifokor tomonidan kasallikning kelib chiqishi, yondosh kasallikning mavjudligi va bolaning ovqatlanish holatiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish individual belgilanadi.
** 0-1 yoshli va 1 yoshdan katta bolalar uchun.
