Koʻp bolali onalarning nafaqa miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisida (PF-1-son)
03.05.1990
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
Koʻp bolali oilalarning moddiy ahvolini, yosh avlodning oʻsish sharoitini yaxshilash muhim ahamiyatga ega ekanligi hisobga olinib, Oʻzbekiston SSJda koʻp bolali onalarga har oyda toʻlanadigan nafaqa miqdori 1990-yil 1-iyuldan boshlab ikki baravar koʻpaytirilsin
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 3-may,
PF-1-son
