SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-12-son)
11.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-martda hisobga olindi, hisob raqami 340]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 7-yanvardagi 8-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.01.09-19 “Choʻkish xavfi yuqori boʻlgan zaminlar va yer osti ishlovdagi hududlarda joylashadigan bino va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
01/2-12-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 3-fevral
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2025-yil 13-yanvar
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi v.b B. BOBOQULOV
2025-yil 13-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 11-fevraldagi 01/2-12-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) qazilma ishlari olib borilgan hamda choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari gidrotexnika inshootlari, avtomobil yoʻllari, shuningdek aerodrom qoplamalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlarning poydevorlari”;
SHNQ 2.02.03-21 “Qoziqli poydevorlar”;
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarini chiqarib yuborish”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.06.15-24 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash”;
GOST 5180-15 Gruntlar. Laboratoriya sharoitida fizik xususiyatlarni aniqlash usullari (rasmiy manba: Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya fizicheskix xarakteristik);
GOST 27751-14 Qurilish konstruksiyalari va asoslarining ishonchliligi (rasmiy manba: Nadejnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy);
GOST 22733-16 Gruntlar. Maksimal zichlikni laboratoriya usulida aniqlash usuli (rasmiy manba Grunti. Metod laboratornogo opredeleniya maksimalnoy plotnosti);
GOST 30416-12 Gruntlar. Laboratoriya sinovlari. Umumiy qoidalar (rasmiy manba: Grunti. Laboratornie ispitaniya. Obshiye polojeniya);
GOST 20276.2-20 Gruntlar. Radial pressio bilan sinash usuli (rasmiy manba: Grunti. Metod ispitaniya radialnim pressiometrom);
GOST 20276.4-20 Gruntlar. Grunt butunlarini kesish usuli (rasmiy manba: Grunti. Metod sreza selikov grunta);
GOST 19912-12 Gruntlar. Statik va dinamik zondlash bilan dala sinovlarini oʻtkazish usullari (rasmiy manba: Grunti. Metodi polevix ispitaniy staticheskim i dinamicheskim zondirovaniyem);
GOST 23161-12 Gruntlar. Choʻkuvchanlik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida aniqlash usuli (rasmiy manba: Grunti. Metod laboratornogo opredeleniya xarakteristik prosadochnosti);
GOST 24846-12 Gruntlar. Bino va inshootlar asoslari deformatsiyalarini oʻlchash usullari (rasmiy manba: Grunti. Metodi izmereniya deformatsiy osnovaniy zdaniy i soorujeniy);
GOST 30672-12 Gruntlar. Dala sinovlari. Umumiy qoidalar (rasmiy manba: GOST 30672-2012 Grunti. Polevie ispitaniya. Obshiye polojeniya);
GOST 5686-20 Gruntlar. Qoziqlar bilan dala sinovlarini oʻtkazish usullari (rasmiy manba: Grunti. Metodi polevix ispitaniy svaymi);
GOST 12248-10 Gruntlar. Mustahkamlik va deformatsiyalanish xususiyatlarini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari (rasmiy manba: Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya xarakteristik prochnosti i deformiruyemosti);
GOST R 70462.1-22 Axborot texnologiyalari (IT). Sunʼiy intellekt. Neyron tarmoqlarning mustahkamligini baholash (rasmiy manba: Informatsionnie texnologii (IT). Intellekt iskusstvenniy. Otsenka robastnosti neyronnix setey).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
qazilma ishlari olib borilgan hudud — burgʻilash orqali qazish ishlari olib borilgan, minerallar, gaz va neft mahsulotlarini olish maqsadida tekshirilgan yoki qayta ishlov berilgan yer maydoni;
choʻkuvchan gruntli hudud — yer yuzi va yer ostidagi oʻziga xos xususiyatga ega grunt turi, yuklamalar taʼsirida yoki namlikning oʻzgarishi natijasida grunt qatlamining choʻkishi;
I tur choʻkuvchan gruntli hududlar — namlikning oʻzgarishi yoki gruntga tushayotgan yuklamalar taʼsiridan grunt qatlamining oʻta choʻkishi;
II tur choʻkuvchan grunt — namlikning oʻzgarishi natijasida (I turga nisbatan) grunt qatlamining kam choʻkishi;
III tur choʻkuvchan grunt — namlikning oʻzgarishi yoki gruntga tushayotgan yuklamalar taʼsiridan grunt qatlamining kam deformatsiyalanishi;
IV tur choʻkuvchan grunt — qayta ishlov berish talab etilmaydigan qurilish uchun xavfsiz grunt qatlami;
mulda — zamin qatlamining choʻkkan yoki pastga botgan qismi;
siljish muldasi — zaminning joriy yoʻnalishda harakatlanishi yoki siljishi.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda quyidagilarga rioya qilish lozim:
yer sirti deformatsiyalarning bino va inshootlarga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun rejalashtirish tadbirlariga;
bino va inshootlarni himoya qilish uchun konstruktiv choralarga;
bino va inshootlarni tekislash usullari, notekis choʻkishini kamaytirish va ogʻishini bartaraf etish tadbirlariga;
zaminning notekis deformatsiyalanishini kamaytirish muhandislik choralariga;
togʻ konlari hududida oʻpirilishlar hosil boʻlishini oldini olish tadbirlariga;
geologik qidiruv ishlari jarayonida aniqlangan eski togʻ-kon boʻshliqlarini maxsus materiallar bilan toʻldirishga (tamponaj qilish);
ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, liftlar va muhandislik-texnologik uskunalarning normal ishlashini taʼminlashga;
bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalarida yuzaga keladigan deformatsiyalar va yoriqlarni oʻz vaqtida taʼmirlashga.
4. Foydalanish davrida bino va inshootlarni himoya qilish choralari ushbu SHNQning 1-ilovasi talablariga asosan amalga oshirilishi lozim.
5. Bino va inshootlarning namunaviy loyihalaridan boshqa hududlarda (grunt sharoitlari boʻyicha) ham foydalanish uchun birxillashtirish (unifikatsiyalash) kerak.
6. Qazish ishlari olib borilgan hamda choʻkuvchan gruntli hududlarda texnik jihatdan murakkab, noyob bino va inshootlarni qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda quyidagilarni inobatga olish lozim:
qurilish maydonining muhandislik-geologik xususiyatlarini ushbu SHNQning 6-ilovasiga asosan (gruntning choʻkishi sababli yuz beradigan deformatsiyalar, gruntni namlash uchun mavjud manbalar, qoplovchi gruntlarning tavsiflari), qurilish maydonini rejalashtirish va tayyorlashni;
bino yoki inshootlarning normal ishlashini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni (gruntning choʻkuvchanlik xossalarini bartaraf qilish);
gruntning choʻkuvchan qatlamini qoziqlar bilan kesib oʻtishda SHNQ 2.02.03-21 talablariga muvofiqligini;
konstruksiyalarga zamin gruntlarining tekis, notekis va vertikal choʻkishi, gorizontal siljishlarining taʼsirini;
qurilishning mahalliy sharoitlarini;
oʻxshash grunt sharoitlarida zamin deformatsiyasini kuzatish natijalarini;
yangi qurilish maydonining atrofida boshqa qurilish obyektlarining mavjudligi va texnik holatini.
8. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda gruntning oʻz ogʻirligidan Ssl, g ≥ 20 cm choʻkishi sodir boʻlganda, loyiha hujjatlari tarkibiga quyidagilarni kiritish lozim:
lishi tugallangan (taʼmirlangan) bino yoki inshootlarni foydalanishga topshirish boʻyicha qoʻshimcha talablarni;
yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarni tizimli koʻz bilan (vizual) kuzatib borishni;
ichki va tashqi suv tarmoqlari, suv va turli eritmalar uchun moʻljallangan idishlarning holatini SHNQ 2.04.02-19 va SHNQ 2.04.03-24 talablari boʻyicha nazorat qilishni;
nam texnologik jarayonlar olib boriladigan xonalarda, suv tarmoqlarining kirish-chiqish joylarida grunt namligini davriy kuzatishni;
avariya holatida suvning sizib chiqishini tezkor bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni.
9. II tur choʻkuvchan gruntli hududlar uchun rejalashtirilgan namunaviy loyihalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
Ssl, g, cm — gruntlarning choʻkishi, oʻz ogʻirligi taʼsirida yuzaga keladigan choʻkish;
∆s/L, cm /m — choʻkish va oʻtirishning farqi, gruntlarning nisbiy choʻkish farqi;
Ɛ𝑢, mm/m — gorizontal siljish;
i, mm/m — zamin qiyaligi;
k mm/m — deformatsiya notekisligi;
Ryc, m — zaminning shartli egrilik radiusi.
10. I tur choʻkuvchan gruntli hududlarda, oddiy sharoitlarda qurish uchun moʻljallangan bino va inshootlarning namunaviy loyihalarida ularning poydevor konstruksiyalaring deformatsiyaga hisob-kitob amalga oshirilmagan boʻlsa, ushbu loyihadan quyidagilarni hisobga olgan xolda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
aE — grunt siqilishi, chegaraviy siqilish darajasi;
∆su — notekis deformatsiya, chegaraviy qiymatlar;
Esl — deformatsiya moduli, gruntning oʻrtacha moduli;
aEsl — siqiluvchanlik, choʻkuvchanlik darajasiga muvofiq chegaraviy qiymat;
∆su,sl — poydevor deformatsiyasi, notekis deformatsiyaning chegarasi;
Su — choʻkish normasi chegaraviy qiymatdan oshmasligi kerak.
Mazkur parametrlar SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
11. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda II va III darajali (yuqori, normal va past qiymatlar) bino va inshootlarni GOST 27751-14 va SHNQ 2.02.01-19 ga muvofiq loyihalash kerak.
12. Loyiha hujjatlari boʻyicha quyidagilar tekshirilishi lozim:
muhandislik-geologik tadqiqotlar va tavsiyalarning asosliligi;
konstruktiv sxemalar va grunt tayyorlash usullari, tanlangan yechimlarning toʻgʻriligi;
hisoblash modellari va dasturlari.
13. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda bino va inshootlarning loyiha hujjatlariga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilinishi kerak:
konstruktiv sxemalar va himoya choralari;
grunt xossalari va deformatsiya miqdorlari toʻgʻrisidagi talablar;
instrumental kuzatishlar va geotexnika tekshiruvi boʻyicha talablar;
grunt choʻkishini kuzatish uchun reperlarni joylashtirish rejasi;
deformatsiyalar xavfi haqida ogohlantirish vositalari.
14. Choʻkuvchan gruntli hududlarda loyihalanayotgan bino va inshootlarning loyiha hujjatlariga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinishi kerak:
konstruktiv tizimlar va poydevor deformatsiyalarini kamaytirish choralari;
qurilish va dastlabki foydalanish yillarida geotexnika tekshiruvining rejasi;
liftlar, kran yoʻllari va transport yoʻllarini tekislashga oid tavsiyalar;
hudud tuzilmasi va yaqin atrofdagi obyektlar haqidagi;
muhandislik tarmoqlarini avariya holatida uzib qoʻyish sxemasi.
15. Qurilish jarayonida SHNQ 2.02.01-19 va GOST R 53778-11 talablariga muvofiq geotexnika tekshiruvlari oʻtkazilishi kerak.
4-bob. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda loyihalash ishlari
1-§. Bino va inshootlarni loyihalashda dastlabki maʼlumotlar
16. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda bino va inshootlarning konstruksiyalarini hisoblashda grunt deformatsiyalari oldindan baholanishi, shuningdek quyidagi dastlabki maʼlumotlarga asosan poydevorning grunt bilan oʻzaro taʼsirini hisobga olish kerak:
yer osti qazilmalarining parametrlari, chuqurligi, shakli va oʻlchamlari;
bino va inshootlarning konstruksiyasi, yer osti qismlari, poydevor va materiallarning xususiyatlari;
kon ishlari usuli, texnologiyasi va qoʻllaniladigan uskunalar;
hudud relyefi, togʻ jinslarining holati va sinov natijalari;
togʻ jinslarining xususiyatlari, joylashuvi va taʼsiri;
qazish ishlari ketma-ketligi, gruntning choʻkishiga taʼsir etuvchi omillar.
17. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlar qurilishi uchun moʻljallangan namunaviy loyihalarda konstruksiyalar va poydevorlar deformatsiyalarining hisobini soddalashtirish, ularning mustahkamligini taʼminlash hamda mahalliy grunt sharoitlariga moslashtirish lozim.
Qazilma ishlari tashqi taʼsir sifatida baholanishi, gruntning siljishi, siljish muldasi doirasida aniqlanishi kerak.
1-rasm. Qazilma ishlari jarayonida yer yuzasining siljishi va deformatsiyalanishi
a — qatlamlarining qiya yotqizilgan holatida ularga perpendikulyar vertikal kesim;
b — qatlamlarining tik yotqizilgan holatida ularga perpendikulyar vertikal kesim;
v — qatlamlarning yotqizilishi yoʻnalishi boʻyicha vertikal kesim;
1 — choʻkishning qiyalik chiziqlari; 2 — yotqizish burchagining epyuralari;
3 — egiluvchanlik epyuralari; 4 — nisbiy gorizontal deformatsiyalar epyuralari;
5 — gorizontal siljishlar epyuralari; 6 — qatlam; 7 — tozalash ishlari natijasida yuzaga kelgan kovak lahim; 8 — qazib olish ishlarigacha yer yuzasining holati;
α — qatlamning yotish burchagi; βₒ, γₒ, δₒ — chegaraviy siljish burchaklari;
Ѱ1, Ѱ2, Ѱ3 — toʻliq siljish burchaklari; θ — maksimal choʻkish burchagi;
ɳmₐₓ — yer yuzasining maksimal choʻkishi
18. Grunt massivining zoʻriqish-deformatsiya holatini aniqlash uchun modellashtirilgan dasturiy vositalardan va GOST R 70462.1-22 ga asosan empirik usullardan (kuzatish, qiyoslash, oʻlchash, laboratoriya sinovi) foydalanish lozim.
Bunda, yer osti tuzilmalari va grunt holatlarini dastlabki tahlil qilish uchun ikki oʻlchovli (2D) modellashtirish dasturlaridan foydalaniladi.
Agar tahlil aniq yechim bermasa, yer osti va poydevor materiallarining zoʻriqishi va deformatsiya holatini tahlil qilish uchun uch oʻlchovli (3D) modellashtirish dasturiy vositalarini qoʻllash lozim.
19. Tik yotuvchi qatlamlarni qazib olishda yer yuzasida buzilishlar kuzatilsa, oʻyiqlarning (Δh) cm kattaligi va joylashuvi aniqlanishi, shuningdek deformatsiyaning oʻsish tezligi (𝝂, mm/m.oy) hisobga olinishi kerak.
20. Siljish nuqtalari, yoʻnalishlar boʻyicha siljishlar va deformatsiyalarning maksimal yoki ehtimoliy qiymatlarini dastlabki maʼlumot sifatida qabul qilish lozim.
21. Tunnellar, kollektorlar va quvurlarni qurishda deformatsiya qiymatlari hisobga olinishi kerak.
22. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda deformatsiya qiymatlari quyidagi 1-jadvalga muvofiq guruhlanishi lozim:
Izoh: 𝜺 20 va l
Bunday guruhlashdan loyihalash va qurilish ishlarini rejalashtirishda, shuningdek inshootlarning deformatsiyaga chidamliligini baholashda foydalanish lozim.
23. Qazilma ishlari natijasida yer yuzasida oʻyiqlar va nishabliklar paydo boʻlgan hududlar quyidagi 2-jadvalga muvofiq guruhlanishi kerak.
Izoh. Ushbu jadvaldan bino va inshootlarni qurish jarayonida xavfsizlik choralarini aniqlash, muhandislik-qurilish yechimlarini tanlash hamda foydalanish davrida xavfsizlikni tashkil etishda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
24. Bino va inshootlarni hisoblashda yuk omili sifatida qabul qilinadigan yer yuzasi deformatsiyalarining hisobiy va ehtimoliy qiymatlarini quyidagi 3-jadvalga asosan ortiqcha yuklanish koeffitsiyentiga koʻpaytirish orqali aniqlash lozim.
Izoh. Agar bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq turdagi maksimal deformatsiyalar taʼsir qiladigan boʻlsa, koeffitsiyent 𝜼
25. Bino va inshootlarni yer yuzasi deformatsiyalari taʼsiriga hisoblashda qabul qilingan ish sharoiti koeffitsiyentlarini quyidagi 4-jadvalga asosan hisoblash lozim.
Izohlar:
1. Bino yoki inshootning kesimi uning eng keng joyi (shirinasi) 𝒍 asos qilib olinishi kerak.
2. Bino yoki inshoot aylana shaklida loyihalanadigan boʻlsa, tashqi diametri 𝒍 asos qilib olinishi lozim.
3. 𝒍 𝒊 = 1,5 qilib qabul qilinishi kerak.
4. 60 m va undan ortiq uzunlikka ega koʻprikli kran yoʻllari uchun koeffitsiyent 𝒎𝒊 = 0,5 qilib belgilanishi lozim.
26. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyasida hosil boʻladigan bosimning yoʻnalishi va joylashishi maksimal oʻyiqlarni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
2-§. Foydali qazilmalar mavjud boʻlgan hududlarda qurilishni rejalashtirish
27. Foydali qazilmalar mavjud boʻlgan hududlarda qurilishni rejalashtirishda sanoat zaxiralari mavjud hududlarni tanlash va loyihaning maqsadga muvofiqligi, iqtisodiy samaradorligini baholash, qazilma ishlari taʼsiridan himoya qilish hamda taʼmirlash xarajatlari, uskunalarning uzluksiz ishlashi va togʻ-kon ishlari rejasi hisobga olinishi lozim.
28. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini loyihalashdan avval oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlar SHNQ 1.02.07-19 ga muvofiq boʻlishi kerak.
29. Qurilish loyihalarda geologik cheklovlar sxemasi hududlar boʻyicha qurilishga yaroqli, cheklangan holda yaroqli, qurilishga yaroqsiz hamda vaqtincha yaroqsiz (kichik inshootlar uchun) ushbu SHNQning 6-ilovasiga asosan toifalarga ajratilgan boʻlishi kerak.
30. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda bino va inshootlar ushbu SHNQning 5-jadvaliga asosan joylashtirilishi kerak.
31. Qurilish uchun yaroqsiz boʻlgan hududlardan koʻkalamzorlashtirish maydonlari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
32. Bir turga mansub bino va inshootlarning loyihalari togʻ-geologik sharoitlarda qurishga moslashtirilgan xonalarni oʻz ichiga olishi lozim.
33. Namunaviy konstruktiv sxemalarga ega bino va inshootlarni loyihalashda hisob ishlarini ushbu SHNQning 2, 3 va 4-ilovalariga asosan amalga oshirish lozim.
34. Qazish ishlari olib borilgan hududlarda quriladigan karkassiz binolarning boʻylama oʻqlari yer yuzasida pogʻonalar hosil boʻlmaganda grunt qatlamlarining yoʻnalishi boʻylab joylashtirilishi kerak.
35. Pogʻonalar paydo boʻlishi kutilayotgan boʻlsa, binolarni ular orasiga joylashtirish yoki bino boʻylama oʻqlarini grunt qatlamlarining choʻzilishiga perpendikular yoʻnaltirish lozim.
Geologik buzilishlar mavjud boʻlgan hududlarda binolarni grunt qatlamlarining pastga siljish yoʻnalishi boʻyicha joylashtirish lozim.
3-§. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda bino va inshootlarni loyihalash uchun qoʻshimcha talablar
36. Bino va inshootlarni loyihalashda muhandislik qidiruv materiallari tarkibiga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi lozim:
geomorfologik, gidrogeologik va gidrologik sharoitlarning oʻzgarishini baholash, gruntning choʻkishi va siljishi ehtimolini aniqlash, yer osti suvlari sathining mavsumiy va yillik oʻzgarishlari, suv bosish xavfi;
gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishi natijasida gruntning fizik-mexanik xususiyatlaridagi ehtimoliy oʻzgarishlar;
vertikal va qiya yer osti ishlari mavjud hududlar haqidagi maʼlumotlar, eski kon ishlarining toshlar bilan toʻldirilganlik darajasi va chegaralari (agar kon rejasi mavjud boʻlmasa), boʻshliqlarning joylashuvi va oʻlchamlari, ularni qoplagan togʻ jinslari haqidagi;
bosimning oshib tushishi jarayonida gruntning noanʼanaviy deformatsiya xususiyatlarini aniqlash, bosim oʻzgarishi davomida gruntlarning deformatsiya holatini qayd etish boʻyicha sinov maʼlumotlari.
37. Qazilma ishlari amalga oshirilgan hududlarda bino va inshootlarning loyihasi togʻ-geologik va geotexnik tekshirishlar asosida ishlab chiqilishi kerak.
38. Toshli yoki tektonik yoriqlar boʻlgan, shuningdek eski kon lahimlarining mavjudligi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarda toʻliq muhandislik-qidiruv ishlarini olib borilishi, bunda quyidagi maʼlumotlar aniqlanishi kerak:
yer osti boʻshliqlarining aniq joylashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tektonik yorilmalar chiqish nuqtalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tosh qatlamlarining siljish burchagi boʻyicha maʼlumotlar;
tosh jinslarining siljish amplitudasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
39. Gruntning oʻpirilishi, choʻkishi yoki siljish xavfi yuqori boʻlgan hududlarda bino va inshootlarni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tektonik yorilmalar aniqlangan va yer yuzasi deformatsiyalari haqida toʻliq maʼlumotlar mavjud boʻlsa qurilish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
40. Yer yuzasiga metan va boshqa zararli gazlar chiqishi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Yer osti suvlarining koʻtarilishi va texnogen suv bosishi xavfi mavjud hududlarda himoya tadbirlarini qoʻllash hamda SHNQ 2.06.15-24 ga asosan qurilish ishlarini amalga oshirish lozim.
42. Bino va inshootlarning vazifasi va ishlash sharoitiga koʻra bikr, egiluvchan, aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv sxemalar asosida loyihalanishi lozim.
Seysmik faol hududlarda quriladigan bino va inshootlar SHNQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
43. Bino va inshootlarni bikr konstruktiv sxema boʻyicha loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
deformatsiya choklari bilan binolarni alohida qismlarga ajratish;
koʻtaruvchi konstruksiyalarni mustahkam bogʻlash;
temir-beton belbogʻlarini devorlarga oʻrnatish;
SHNQning 2.03.01-24 talablari asosida poydevorlarni yaxlit plita, kesishgan balka yoki balka-devorlar shaklida qurish zarur.
44. Bino va inshootlarni moslashuvchan konstruktiv sxema boʻyicha loyihalashda yer ostida gorizontal sirpanish choklarini qurish va konstruksiyalarning koʻtarib (tutib) turuvchi va toʻsiq elementlari oʻrtasida sharnirli hamda yumshoq moslashuvchan bogʻlanishlarni kiritish, shuningdek yonma-yon konstruksiyalar oʻrtasidagi tirqishlarni kengaytirish lozim.
45. Bino va inshootlarni aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv sxema boʻyicha loyihalashtirishda ularning yer osti va yer usti qismlarida turli konstruktiv sxemalarni qoʻllash uchun bikr va moslashuvchan sxemalarini birlashtirish lozim.
46. Konstruktiv jihatdan murakkab binolarni deformatsiya choklari orqali seksiyalarga boʻlinishi, bunda har bir seksiyada bino va inshootlarning balandligi bir xil boʻlishi kerak.
Deformatsiya choklari bino konstruksiyalarning erkin egilishi yoki burilishini taʼminlashi kerak.
Deformatsiya choklari binolarning tomi va poydevorini oʻz ichiga olgan holda seksiyalarga toʻliq ajratishi kerak.
Seksiya uzunligi yer yuzasining deformatsiya qiymatlari, gruntning xususiyatlari, konstruktiv sxemalari GOST 5180-15 ga muvofiq hisoblanishi lozim.
47. Deformatsiya choklari doirasida yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar ostida yaxlit poydevorlar qurilishi lozim.
48. Lift shaxtalari yer yuzasidagi deformatsiyalar taʼsirida yuzaga keladigan ogʻish va nishabliklarni hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
49. Binolarga tutash muhandislik inshootlari deformatsiya choklari orqali boʻlimlarga ajratilishi lozim.
50. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq bino va inshootlarni himoya qilish choralarini koʻrish lozim.
51. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda qurish uchun loyihalashtirilgan bino va inshootlarning konstruksiyalari GOST 27751-2014 talablariga muvofiq deformatsiyalarni hisobga olgan holda birinchi va ikkinchi guruhlar hamda chegaraviy holatlar boʻyicha baholanishi, bunda yer ishlari natijasida yuzaga keladigan vertikal va gorizontal siljishlar, shuningdek bino va inshootdan tushadigan yuklamalar taʼsiridagi oʻzgarishlarni hisobga olish lozim.
52. Bino va inshootlarning konstruksiyalarini doimiy, uzoq, ehtimoliy va qisqa muddatli yuklamalar hamda qazilma ishlarining noqulay taʼsirlariga hisoblash lozim.
53. Bino va inshootlarning konstruksiyalarini hisoblashda yer yuzasi deformatsiyasi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan quyidagi taʼsirlar birikmasini inobatga olish lozim:
nisbiy gorizontal choʻzilish (+𝜺 ), botiqlik egriligi (+𝝆), nishablik (𝒊);
gorizontal siqilish (-𝜺), botiqlik egriligi(-𝝆), nishablik (𝒊);
yer yuzasidagi oʻyiqlar (balandligi h) va gorizontal deformatsiyalar, nishablik (𝒊);
siljish muldasi doirasida (𝒔) buralish va (𝜸) sirpanish deformatsiyalari.
54. Yer yuzasidagi ayrim deformatsiyalardan kelib chiqadigan zoʻriqishlar boshqa yuklamalar taʼsirida hosil boʻladigan zoʻriqishlarga nisbatan kam boʻlsa, ularni hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
55. Notekis zamin deformatsiyalari natijasida bino va inshootlar konstruksiyalarida paydo boʻladigan kuchlanishlar, deformatsiyalar va yoriqlarning kengligini aniqlash uchun, hisobiy zamin deformatsiyalari mazkur SHNQning 7-ilovasidagi 18-formulasi asosida hisoblanishi lozim.
56. Yer yuzasi deformatsiyalari bir vaqtning oʻzida sodir boʻlib, bir xil yoʻnalishdagi kuchlanishlarni hosil qilsa (kuchlanishlar qoʻshilsa) va choʻkuvchanlik eng yuqori qiymatga yetganda ikkita kuchlanish quyidagi 1-formula, uchta kuchlanish esa 2-formula boʻyicha hisoblanishi zarur:
Bu yerda:
x1, x2, x3 — yer yuzasi deformatsiyalaridan kelib chiqqan kuchlar.
57. Konstruksiyalarni zamin va inshootning birgalikda ishlash sharoitidan kelib chiqib qazilma ishlari taʼsirini hisoblash lozim.
58. Zamin modelini chiziqli-elastik tizim asosida tanlash kerak.
Deformatsiyalarni hisoblash natijasida olingan normal (𝑝) va urinma (𝜏) kuchlanishlar quyidagi shartlarga muvofiq kelsa, chiziqli-egiluvchan tizimdan foydalanish lozim:
0.5 𝒑n ≤ 𝒑 ≤ 1.5 R yoki 𝒑 n;
𝒑 >1.5 R hududda F≤0.2 Fp;
τ ≤ 0.5 τmax yoki τ >0.5 τmax hududda F≤0.2Fτ (3)
Bu yerda:
𝒑𝒏 — inshootdan zaminga tushadigan boshlangʻich bosim;
𝑅 — zaminning hisobiy qarshiligi;
𝝉𝒎𝒂𝒙 — urinma zoʻriqishning chegaraviy qiymati;
𝐹 — poydevor va zamin oʻrtasidagi aloqa yuzasidagi zoʻriqishlar;
𝑭𝒑, 𝑭𝝉 — normal va urinma zoʻriqishlar namoyon boʻladigan zaminning poydevor bilan aloqa yuzasi.
59. Zaminning gorizontal deformatsiyalari taʼsirida yuzaga keladigan quyidagi kuchlar binoning konstruktiv xususiyatlari, qazilma ishlari va yuklamalar taʼsirini hisobga olish bilan aniqlash lozim:
bino poydevori ostidagi siljishlar yoki ishqalanish kuchlari;
bino poydevori yon tomonlaridagi siljish kuchlari;
suriluvchi gruntning bino poydevori oldiga bosimi.
60. Sirpanish choki boʻyicha ishqalanish koeffitsiyenti quyidagi 6-jadvalda keltirilgan qiymatlarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Izohlar: Sirpanish chokining yuzasi tekislanishi lozim.
Chokning 1 m uzunligiga vertikal ogʻishlar 5 mm dan oshmasligi kerak.
Chokning 1 m uzunligiga vertikal ogʻishlar 5 mm dan oshmasligi kerak.
61. Bino va inshootlarni loyihalashda ulardan foydalanish davomida ushbu SHNQning 5-ilovasi talablari boʻyicha domkratlar yordamida tekislash imkoniyatini hisobga olish lozim.
Bino konstruksiyalarini zaminning notekis deformatsiyalari taʼsirida va tekislash bosqichida hisoblash kerak.
62. Seksiyalar orasidagi deformatsiya chokining kengligi quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
poydevor ostida, ad
karniz darajasida, au
Bu yerda:
Lo — yonma-yon boʻlinmalar yoki karkas binolarning markaziy oʻqlari orasidagi masofa,;
N — poydevordan karniz yoki tom qoplamasigacha boʻlgan balandlik;
0 — zamin deformatsiyalari taʼsirida binoning ogʻishi.
Bino ogʻishini hisoblash:
yer yuzasining bir tekis deformatsiyalari uchun,
jamlangan deformatsiyalari uchun,
𝑹 — yer yuzasining botiqligining egrilik radiusi;
𝑳 — boʻlma uzunligi.
2-rasm. Seksiyalar orasidagi deformatsiya chokining oʻlchamlarini aniqlash
63. Seksiyalar orasidagi deformatsiya chokining oʻlchamlari kamida 20 cm boʻlishi lozim.
5-bob. Choʻkuvchan gruntli hududlarda loyihalangan bino va inshootlarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Asosiy talablar
64. Choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlarini (Ԑ𝑠𝑙 nisbiy choʻkuvchanlik, 𝜌𝑠𝑙 boshlangʻich choʻkish bosimi, 𝑤𝑠𝑙 namligi), choʻkuvchan gruntlardan iborat maydonni hamda gruntning asosiy parametrlarini inobatga olish kerak.
65. GOST 23161-12 ga asosan choʻkuvchan gruntlar quyidagi qoʻshimcha parametrlar boʻyicha aniqlanishi lozim:
nisbiy choʻkuvchanlik (ℇ sl) (grunt qatlamining belgilangan bosim ostida, namlanishdan oldin va keyin qalinlik oʻzgarishining tabiiy boshlangʻich qalinlikka nisbati);
minimal bosim (Pmin) (belgilangan chuqurlikda gruntning oʻz ogʻirligi natijasidagi vertikal zichlashuvi, yer sathini rejalashtirishdagi kesish (kotlovan) yoki gruntlarni toʻplashni hisobga olish);
maksimal bosim (Pmax) (chuqurlikdagi umumiy vertikal zichlashuvga qurilish yuklamalari (fundamentlar, pollar, jihozlar) taʼsirini qoʻshib aniqlash);
boshlangʻich choʻkish bosimi (Psl,) (grunt toʻliq suv bilan toʻyingandan keyin choʻkishni boshlaydigan minimal bosim);
boshlangʻich choʻkish namligi (Wsl) (choʻkish jarayoni boshlanadigan eng kichik namlik qiymati).
66. I tur choʻkuvchan gruntlar zamin siqilishining oʻzgarish darajasi 𝜶𝑬,𝒔𝒍, choʻkuvchan gruntlar deformatsiyasi modulining oʻrtacha qiymati 𝑬̅𝒔𝒍 yoki zaminning oʻrtacha choʻkishi 𝒔̅, maksimal choʻkish 𝒔𝒎𝒂𝒙, shuningdek zamin deformatsiyasining nisbiy farqi 𝜟𝒔/𝑳 = 𝜟(𝒔 + 𝒔𝒔𝒍,𝒑)/𝑳 hamda zaminning siqilishdagi bikirlik 𝑪 koeffitsiyenti bilan tavsiflanishi lozim.
67. II turdagi choʻkuvchan gruntlarda quriladigan bino va inshootlarni loyihalashda ushbu SHNQning 3-4 rasmlariga muvofiq zamin deformatsiyasining quyidagi turlarini hisobga olish lozim:
gruntning oʻz ogʻirligi Ssl,g va tashqi yuklar Ssl,p taʼsiridagi choʻkishi Ssl;
choʻkish voronkasining egri chiziqli qismlarida Usl gorizontal siljish ℇu;
choʻzilish yoki siqilishdan kelib chiqadigan gorizontal deformatsiyalar;
yer yuzasining nishabligi va egriligi isl;
Nsl grunt massivining zoʻriqishi holati va namligining oʻzgarishi;
Nu,l choʻkuvchan boʻlmagan gruntlarning choʻkuvchan qatlami ostida qoʻshimcha siqilish;
Su,l qiyaliklarni deformatsiyalanishi oqibatida yuzaga keladigan choʻkish.
3-rasm. Poydevor asosining choʻkish sxemasi
𝒅 — poydevorning joylashish chuqurligi; 𝑯𝒔𝒍 — choʻkuvchan qatlam; 𝒉𝒔𝒍,𝒑 — poydevordan yuk tushishi tufayli 𝒔𝒔𝒍,𝒑 choʻkishning yuqori maydoni; 𝒉𝒔𝒍,𝒈 — gruntning oʻz ogʻirligi natijasida 𝒔𝒔𝒍,𝒈 choʻkishning quyi maydoni; 𝒉𝒔𝒍,𝒈 — qoʻshimcha yuk tushishini hisobga olish; 𝒉𝒏 — neytral maydoni, 𝒉ʼ𝒏 — qoʻshimcha yuk tushishini hisobga olish; 𝑯𝒖,𝒍 — toʻshama gruntning qoʻshimcha 𝒔𝒖,𝒍 siqilish maydoni; 1 — tabiiy namlik gruntning oʻz vaznidan 𝝈𝒛𝒈 vertikal zoʻriqishlar; 2 — jamlangan (yigʻindi) 𝝈𝒛𝒈 vertikal zoʻriqishlar tashqi yuk tushishi va gruntning oʻz vazni; 3 — boshlangʻich choʻkish bosimi chuqurligi 𝒑𝒔𝒍 bilan oʻzgarishi; 4 — qoʻshimcha vertikal zoʻriqishlar 𝝈𝒛,𝒖𝒍 namlik, choʻkuvchan grunt zichligining oshishi hisobi; 5 — 𝝈ʼ𝒛,𝒖𝒍 zamin gruntlariga qoʻshimcha yuk tushishi: rejalashtirilgan koʻtarma vaznidan, bino va inshootlarning bir tekisda taqsimlangan yuklamasidan, 1-qavat pollaridan; 𝒓 — grunt choʻkishi, 𝒔𝒔𝒍,𝒈 egri chiziqli maydonining hisobiy uzunligi
68. II tur choʻkuvchan gruntlarda bino va inshootlarning konstruksiyalarini hisoblashda, zaminning hisobiy tavsifi va egrilik radiusini Ryc inobatga olish lozim.
4-rasm. Gruntning oʻz ogʻirligidan kelib chiqadigan deformatsiyalar
A) namlangan maydonning koʻndalang kesimi; B) grunt sirti choʻkishining egri chizigʻi; v) sirt nishabliklari (4) va egriliklari (5) egri chiziqlari; g) grunt sirtining gorizontal siljish egri chiziqlari; I — zichlik yoʻqolgan maydon; II — zichlanish maydoni; III — neytral maydon; 1 — yer sirtining holati; 2 — namlash maydoni; 3 — suv yoyilishining quyi chegarasi; b — suv tarqalish maydoni kengligi; B⍵ — namlash maydoni kengligi; β — suv yoyilish maydoni burchagi; Nsl — choʻkish qatlami; r — gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkishi; b⍵ — choʻkuvchan maydonning gorizontal kengligi; Ssl — gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkuvchanligi; i — yer yuzasining qiyaligi; Usl — yer sirtining gorizontal siljish
d) β⍵ gruntning namlik darajasi kengligi; L gruntning namlik darajasi kengligidan tabiiy namlikkacha oʻzgarib turishi; β⍵ >Nsl choʻkuvchan gruntning yuqoridan namlanishi;
2-§. Choʻkuvchan gruntli hududlarda muhandislik-geologik qidiruv ishlari
69. Bino va inshootlarni loyihalashda hududning quyidagi muhandislik-geologik xususiyatlarini aniqlash lozim:
geomorfologik xususiyatlari (choʻkuvchan gruntli hududlar va ularning relyef shakllari (choʻkmalar, suffozion jarayonlar), deformatsiya jarayonlari va ularning rivojlanish holati);
gruntlarning tavsifi (choʻkuvchanlik xususiyatlari va qalinligi, choʻkuvchanlik turlari va ularning oʻzgarishi, lyossimon va karbonatli gruntlarning tuzilishi, tarqalishi va deformatsiya xususiyatlari);
gidrogeologik sharoitlari (namlanish manbalari va ularning gruntlarga taʼsiri, yer osti suvlari sathi va uning oʻzgarishi);
gruntlarning mexanik xususiyatlari (tabiiy va suv bilan toʻyingan holatdagi mexanik xossalar, filtratsiya qobiliyati va granulometrik tarkibi, choʻkuvchanlikning chuqurlik va maydon boʻyicha oʻzgarishi).
70. GOST 30416-12 ga muvofiq laboratoriya sharoitida choʻkuvchan gruntlarning quyidagi fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash lozim:
choʻkish xususiyatlari (gruntning oʻz ogʻirligi, tashqi bosim taʼsirida nisbiy choʻkishi, bino va inshoot yuklamalari hamda tekislashda toʻkma gruntlar taʼsiridagi choʻkish, choʻkishning boshlangʻich bosimi, boshlangʻich namligi, nisbiy choʻkishning bosimga bogʻliqligi);
deformatsiya va mustahkamlik tavsiflari (tabiiy va toʻliq suvga toʻyingan holatdagi deformatsiya moduli, solishtirma ilashish va ichki ishqalanish burchagi);
gruntlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (maydoni va chuqurlik boʻyicha choʻkuvchanlikning oʻzgarishi, suvda eriydigan tuzlar miqdori, gruntlarning umumiy fizik xossalari).
71. GOST 12248-10 ga muvofiq qurilish uchun muhandislik-geologik qidiruv ishlari davomida quyidagilarni aniqlash lozim:
grunt qatlamlari, ularning qalinligi, chuqurligi, mustahkamligi va deformatsiya xususiyatlarini;
yer osti suvlarining sathi, mavsumiy oʻzgarishlar, suv oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini;
qurilish uchun yaroqlilik, gruntning holatiga koʻra yaroqli, cheklangan yaroqli, yaroqsiz, vaqtincha yaroqsiz deb baholanishini;
geologik jarayonlarni, siqilish, kengayish, choʻkish va siljish jarayonlarini aniqlash hamda ularning qurilishga taʼsirini.
72. Loyiha oldi hujjatlari uchun gruntning choʻkuvchanlik xususiyatlari, ogʻirligi va qoʻshimcha bosim ostida nisbiy choʻkuvchanligi, shuningdek choʻkuvchanlikning boshlangʻich bosimini laboratoriya tadqiqotlari orqali aniqlanishi lozim.
73. Loyiha va ishchi hujjatlar uchun muhandislik-geologik qidiruv ishlarida zamin, poydevor, loyiha yechimlari va choʻkuvchanlikka qarshi chora-tadbirlar belgilanishi kerak.
74. Muhandislik-geologik qidiruv ishlarida togʻ jinslarining geomorfologik kesimlari (boʻylama va koʻndalang) tovoq shaklidagi choʻkmalari va ularning oraligʻi suffoziya voronkalari asosida joylashtirilishi zarur.
75. Choʻkuvchan gruntning qalinligi 25 m dan oshganda yoki suvli gorizont ochilganda, monolit namunalarini grunt olgichlar (gruntonos) bilan olib shurf (gruntning geologik tuzilishini oʻrganish) va dudkalar (grunt namunalarini olish uchun ishlatiladigan quduqsimon teshik) ning chuqurligini burgʻilash orqali oxirigacha yetkazish lozim.
76. Grunt monolitlarini (sinovlar davomida namlik, zichlik, mustahkamlik, choʻkish kabi parametrlarini oʻlchash uchun) va namunalarini har bir muhandislik-geologik elementda kamida 1-2 m oraliq bilan olinishi lozim.
Grunt monolitlari tovoq shaklidagi choʻkmalar va ularning orasida joylashgan togʻ jinslaridan olinishi lozim.
77. Grunt monolitlarini tovoq shaklidagi choʻkmalar va ular orasidagi togʻ jinslaridan olish lozim.
78. Laboratoriya tadqiqotlarida burgʻiquduqlar va shurflardan olingan monolitlar asosida gruntlarning nisbiy choʻkuvchanlik koʻrsatkichlari aniqlanishi lozim.
79. Burgʻiquduqlar va shurflardan olingan natijalar oʻzaro solishtirilishi hamda ularning mosligi tekshirilishi kerak.
80. Yangi oʻzlashtirilayotgan va II turdagi choʻkuvchan gruntli hududlarda joylashgan yirik inshootlar uchun kotlovanlarda tajriba-namlash sinovlari quyidagilarga koʻra oʻtkazilishi kerak:
gruntning choʻkuvchanlik turlariga;
choʻkuvchan qatlam qalinligiga;
gruntning oʻz ogʻirligi taʼsirida choʻka boshlaydigan chuqurlikka;
choʻkishning boshlangʻich bosimi va miqdoriga;
namlanish jarayonida vaqt oʻtishi bilan namlik miqdori va darajasiga;
choʻkuvchan qatlamni toʻliq namlash uchun kerakli vaqt va suv hajmiga;
poydevor asosini namlash orqali tayyorlash uchun zarur vaqtga.
81. Gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari katta oʻzgarishlarga uchraydigan hududlarda tajriba-namlash sinovlari oʻtkazilganda, sinovlar kichik yuzali kotlovanlarda tezkor namlash usuli bilan amalga oshirilishi lozim. Olingan natijalarni boshqa hududlarda amalga oshiriladigan katta yuzali kotlovanlarning namlash natijalari bilan solishtirish kerak.
82. Kotlovanlarda tajriba-namlash sinov usullari orqali namlangan choʻkuvchan gruntning bosimga chidamliligini va u bilan bogʻliq deformatsiyalanish xususiyatlarini pressiometrlar bilan oʻlchash, shuningdek gruntni aylanma harakatlar bilan kesish orqali uning shikastlanish xossalarini aniqlash uchun GOST 20276.2-20 ga muvofiq sinovdan oʻtkazish lozim.
83. Tayanch qoziqlarini choʻkuvchan boʻlmagan grunt toʻshamalariga birlashtirib (taqab) loyihalanganda, togʻ jinslarining choʻkmaydigan va qoyatoshlari boʻlmagan gruntlarni 10 m chuqurlikkacha kesib kovlash lozim.
Tayanch qoziqlar binodan choʻkuvchan grunt qatlamining uch barobar qalinligida joylashtirilishi, bunda tayanch qoziqlar kamida uchta boʻlishi kerak.
84. II turdagi choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda GOST 30672-12 ga muvofiq qurilishdan oldin kotlovanlarni namlash lozim.
85. I va II turdagi choʻkuvchan gruntlarni mustahkamlashda gruntlarning filtratsiya xususiyatlarini, zichlanishga moyilligini, kimyoviy tarkibini va mustahkamlangan gruntlarning xususiyatlarini aniqlash uchun qoʻshimcha tajriba sinovlarini oʻtkazish zarur.
86. II tur choʻkuvchan gruntli hududda bino va inshootlarni ushbu SHNQning 6-ilovasiga asosan II — IV darajali geologik sharoitlarda loyihalash uchun, grunt ogʻirligi va inshootning ogʻirligidan tushadigan yuklamalar yigʻindisi boshlangʻich choʻkish bosimidan koʻp boʻlsa 1 m, undan kam boʻlganda esa har 2 m hudud doirasida grunt qatlamidan monolitlar olish lozim.
87. IV darajali geologik sharoitlarda bino va inshootlarni loyihalashda, laboratoriya sharoitida choʻkuvchan gruntning tabiiy namligini, toʻliq suvga toʻyinganlik holatida deformatsiya modulini, nisbiy choʻkuvchanligini va boshlangʻich choʻkish bosimining qiymatlarini aniqlash uchun dala sharoitida GOST 30416-2012 ga muvofiq, yuzasi 5000 sm² boʻlgan shtamplar yordamida sinov-tajriba ishlarini amalga oshirish lozim.
88. Gruntlarning choʻkuvchanligini kamaytirish, zichligini oshirish va deformatsiya xavfini pasaytirish uchun fizik-kimyoviy mustahkamlash usullarini qoʻllash zarur.
3-§. Qurilish maydonlarni rejalashtirish va qurish
89. GOST 27751-14 ga asosan bino va inshootlarning choʻkishi va ogʻishining oldini olish uchun qoziqli poydevorlar yoki boshqa mustahkamlash usullaridan foydalanish lozim.
90. Qurilish uchun moʻljallangan maydonlarni choʻkuvchan qatlamlar chuqurligi minimal boʻlgan, gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkishi ehtimoli past boʻlgan, shuningdek zichlangan, kam siqiluvchi gruntlar bilan qoplangan hududlarda joylashtirish lozim.
91. Choʻkuvchan gruntlardagi zamin va inshootlarning birgalikdagi deformatsiyalanishi Su,s inshootni loyihalashda gruntning tarkibi, choʻkuvchanligini hisobga olish hamda Su,f bino konstruksiyalarning mustahkamligini taʼminlash talablarining chegaraviy qiymatlardan oshmasligi lozim.
92. Hudud relyefi nishabli (qiya) boʻlganda hududni terrasalar koʻrinishida rejalashtirish va suv oqimini maxsus kanallar orqali yoʻnaltirish kerak.
93. Hoʻlli texnologik jarayonlarga ega boʻlgan binolar va inshootlarni qurishda ularni pastlik hududlarda, choʻkuvchan qatlam qalinligi va choʻkuvchanlik qiymatlari kichik boʻlgan hududlarda, shuningdek choʻkuvchan qatlamni qoplaydigan drenajlanuvchi qatlam (suv oʻtkazuvchi maxsus grunt yoki material qatlami) mavjud boʻlgan maydonlarda joylashtirish lozim.
94. Bino va inshootlar joylashgan hudud atrofidan ushbu SHNQning 8-ilovasiga asosan 0,2 m kenglikkacha gruntlarning choʻkuvchanlik xossalari toʻliq bartaraf etilgan va choʻkuvchan gruntlarning butun qalinligi qoziqlangan va zichlangan massivlar yoki chuqur yotqizilgan poydevorlar bilan toʻliq kesib olingan boʻlsa, II tur grunt sharoitida inshootlar uchun doimiy hoʻllanish manbalarigacha boʻlgan masofalarni cheklamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
95. Bino va inshootlarni suvdan himoyalashda quyidagi choralar koʻrilishi lozim:
qurilish maydonini rejalashtirish;
gruntning choʻkuvchanlik xususiyatlarini bartaraf etish;
bino va inshootlar asosiga kam suv oʻtkazuvchan qatlam qurish;
kotlovan va transheyalarni toʻldirish;
bino va inshootlar atrofida kengaytirilgan otmostkalarni qurish;
suv oʻtkazgichlardan suvni oqib ketishni oldini olish, taʼmirlash;
avariya holatlarida suvni bino va muhandislik tarmoqlaridan tashqariga chiqarib yuborish.
96. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda zamin deformatsiyasini kamaytirish uchun quyidagi choralarni koʻrish lozim:
choʻkish xavfini bartaraf etish yoki gruntni II dan I turga oʻtkazish;
mustahkamlangan grunt, qoziqlar va poydevorlardan foydalanish;
gruntning choʻkishi natijasida yuzaga keladigan yuklamalarni hisobga olish;
grunt choʻkishi natijasida yuzaga keladigan notekis deformatsiyalarni hisoblash.
6-bob. Choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash
97. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda GOST 27751-14 ga muvofiq III (pasaygan) yoki II javobgarlik darajasiga tegishli boʻlgan holatlarda, shuningdek gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkish ehtimoli Sul Ssl,g
98. Bino va inshootlarni mustahkam konstruktiv sxema asosida loyihalashda quyidagi choralar koʻrilishi kerak:
deformatsiyalar, siljishlar va yoriqlarning oldini olish;
binolarni deformatsiya choklari bilan alohida seksiyalarga ajratish;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni ishonchli biriktirish;
orayopma va tom yopmalar, fermalarning ustki yuzasini temir-beton bikr diskli belbogʻlar bilan taʼminlash;
poydevorlarni monolit plitalar, lentali toʻsinlar va toʻsinli-devor konstruksiyalari asosida qurish lozim.
Bino va inshootlarni II tur grunt sharoitida yuqorida koʻrsatilgan tadbirlar asosida choʻkuvchanlik xususiyati toʻliq bartaraf etilgan va gruntning choʻkish qiymati Sul , shuningdek choʻkuvchan grunt qatlamlari toʻliq kesib oʻtilgan va gruntning choʻkish qiymati Sul dan oshmaganda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
99. Bino va inshootlarni moslashuvchan konstruktiv sxema boʻyicha loyihalashda quyidagi choralar koʻrilishi kerak:
yer yuzasining notekis deformatsiyalariga moslashtirish;
sharnirli va moslashuvchan bogʻlanmalarni joriy etish;
tayanch konstruksiyalarning bikrligini pasaytirish;
egiluvchan oʻrnatmalar va qomlama (kompensatsiya) mexanizmlaridan foydalanish;
konstruksiyalar orasidagi yoriqlarni kengaytirish lozim.
100. Bikr sxema boʻyicha loyihalangan bino va inshootlar notekis choʻkish deformatsiyalariga bardoshli boʻlishini taʼminlash kerak.
101. Murakkab loyihalashda bino va inshootlar deformatsiya choklar bilan seksiyalarga ajratilishi, seksiyalarning balandligi bir xil boʻlishi, choʻkish deformatsiyalarining uzunligi, shuningdek gruntning xususiyatlari foydalanish talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Deformatsiya choklari binolarning erkin egilishi va burilishini taʼminlashi, ularni tom va poydevorlardan toʻliq ajratib turishi, deformatsiya chokining kengligi esa binoning balandligi, uzunligi va grunt sharoitidan kelib chiqqan holda hisoblanishi kerak.
102. I tur choʻkuvchan gruntli hududlarda, lift shaxtalarining choʻkishi natijasida hosil boʻladigan egilishlar va gorizontal siljishlarni hisobga olgan holda, ularning oʻlchamlarini deformatsiya chokidan 0,5 m masofada loyihalash kerak.
103. Binolarga tutashgan muhandislik inshootlari deformatsiya choklari orqali binolardan ajratilishi lozim.
104. I tur choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan binolarning poydevorlari, yertoʻla devorlari va yer osti qismlarida muhandislik kommunikatsiyalari uchun oʻtish joylari quyidagi talablarga muvofiq va ushbu SHNQning 8-ilovasiga asosan boʻlishi kerak:
tuynuk yoki oʻtish joyi yuqori qismi va trubaning ochilish qismi orasidagi masofa kamida Ssl,g 0,25 m yoki binoning oʻrtacha choʻkishining cheklangan qiymatiga Su teng yoki undan katta;
trubaning pastki qismi va poydevorning tayanch qismi orasidagi masofa kamida 0,2 m.
105. Kompleks chora-tadbirlar asosida II tur choʻkuvchan gruntlarda loyihalangan bir qavatli karkasli (koʻpriksimon, portal va kranli) binolarda quyidagi choralar koʻrilishi kerak:
kran osti yoʻllarini tekshirib tuzatish (rixtovka qilish);
metall ustunlarni vertikal Ssl,g yoʻnalishda ±0,5 Su darajaga koʻtarish;
kran osti relsi yuzasining gorizontal yoʻnalishda us 0,25 m ga ehtimoliy siljishi.
106. I tur choʻkuvchan gruntlarda texnologik uskunalar ostidagi poydevorlar vertikal va gorizontal holatni toʻgʻrilash imkoniyati va zaruriyatini, zamin gruntlarining mumkin boʻlgan deformatsiyalarini hisobga olib loyihalanishi kerak.
107. Choʻkuvchan gruntlarda loyihalanadigan bino va inshootlarning konstruksiyalari GOST 27751-14 talablariga asosan ikki guruhda (koʻtarish qobiliyati va deformatsiyalar) boʻyicha hisoblanishi lozim.
108. Bino va inshootlar konstruksiyalariga tushadigan favqulodda yuklarni hisoblashda doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklarni, grunt choʻkishining taʼsirini va yuklamalarning konstruksiya asosiga bir xil taqsimlanishini inobatga olish lozim.
Agar poydevorlar choʻkuvchan qatlamni toʻliq kesib oʻtsa (qoziqlar, zichlangan yoki armaturalangan poydevorlar) ularda hosil boʻladigan qoʻshimcha yuklarni ham hisobga olish kerak.
Avariya holatlarida konstruksiyalarning buzilishi, grunt suvlari sathining koʻtarilishi va grunt qatlamining namlanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
109. I tur choʻkuvchan gruntli hududning hsl,p yuqori deformatsiyalanuvchi maydonida choʻkuvchanlik toʻliq yoki qisman bartaraf etilmagan boʻlsa, vertikal siljishlarni hisoblashda poydevorga tushadigan tashqi yuklamalarni, gruntning oʻz ogʻirligi taʼsiridan choʻkishini va grunt qatlamlarining xususiyatlarining oʻzgarishini inobatga olinishi, bunda grunt namlanishi natijasida notekis choʻkishlar yuzaga kelishi mumkin boʻlganda choʻkishni oldini olish choralarini koʻrish lozim.
5-rasm. Tashqi yuklamalar taʼsirida poydevorning choʻkishi va siljishi
a — bino va inshootlar markazining ostidagi poydevorni namlash;
b — bino va inshootlarning yon tomonidagi poydevorni namlash; 1 — namlash manbai; 2 — suv tarqalish sohasi; a — notekis choʻkish hududining kengligi;
β — suv tarqalish burchagi; N⍵ — namlash manbaining joylashish chuqurligi;
hsl,p — tashqi yuk taʼsiridan poydevorning choʻkish hududi; Nsl — choʻkuvchi qatlam
110. Oʻzgaruvchan qattiqlikdagi ao zaminning uzunligini poydevorlarning joylashish chuqurligi va namlash manbaining joylashish chuqurligi, gruntning choʻkish zonasining hsl,p hajmi hamda suvning yon tomonlarga yoyilish burchagining β kattaligi aniqlanishi lozim.
Mahalliy namlashda asosning bikirligini oʻzgarish sxemasini minimal 𝐶1 dan maksimal 𝐶 gacha matematik model boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek, bikrlik koeffitsiyentlarining 𝐶1 va 𝐶 qiymatlari ushbu SHNQning 7-ilovasiga muvofiq aniqlanishi lozim.
6-rasm. I tur choʻkuvchan gruntli hududlarda zamin bikrligining oʻzgarishi
a — bino yoki inshoot oʻrtasi, poydevor osti gruntini namlash
b — bino va inshoot yon tomoni (torets), devor osti gruntini namlash
111. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalashda, choʻkish voronkasining (𝐿≥2𝑟 boʻlsa, markazda siqilish, chetlarda choʻzilish kuzatiladi, agar 𝐿𝑟+𝑏𝑜 boʻlsa, bino ostida siqilish, yon tomonlarda choʻzilish yuzaga keladi) eng noqulay joylashuvini hisobga olinishi kerak.
Agar gorizontal siljishlar yoki nishabliklardan kelib chiqadigan kuchlanishlar asosiy yuklamalardan kichik boʻlsa, ularni hisobga olmaslik lozim.
112. Gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkishi S𝑠𝑙,𝑔>0.3 cm boʻlsa, konstruksiyalardagi kuchlanishlarni aniqlashda vertikal (S𝑠𝑙,𝑔 va ∆ S𝑠𝑙⁄𝐿) va gorizontal siljishlarning birgalikdagi taʼsiri hisobga olinishi kerak.
7-rasm. Yer yuzasining vertikal va gorizontal siljishi
1 — choʻkish maydoni; 2 — gruntning oʻz ogʻirligidan gorizontal siljish egri chizigʻi
a — namlanish maydoni bino markazining (egilgan joyi) ostida joylashganda
b — bino yon tomon (torets) devorlarining joylashishi
113. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarida gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkishi natijasida yuzaga keladigan gorizontal deformatsiyalar taʼsirini hisoblashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
yer osti qismining konstruktiv xususiyatlarini;
poydevor chuqurligini;
grunt bilan tutashish maydonini;
gruntning fizik-mexanik xossalari va ularning oʻzgarishini;
poydevorlarga taʼsir etuvchi yuklarni.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Foydalanish davrida qazilma ishlari olib borilgan hududlarda bino va inshootlarni himoya qilish choralari
1. Qazilma ishlari natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan choʻkishlar, yer harakatlari yoki boshqa xavf-xatarlarga qarshi bino va inshootlarning barqarorligini saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
togʻ-muhandislik choralari (bino va inshootlarning zaminlari hamda poydevorlaridagi deformatsiyalarni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar);
geotexnik tadbirlar (deformatsiyalarni kamaytirish yoki bartaraf etishga yoʻnaltirilgan texnik ishlarni amalga oshirish);
konstruktiv yechimlar (zaminning deformatsiyaga sezuvchanligini pasaytirish, konstruksiya deformatsiyalarini kamaytirish yoki bartaraf etish uchun loyihalash).
2. Bino va inshootlarni himoya qilishda quyidagi togʻ-kon choralarini koʻrish lozim:
qazib olingan boʻshliqni toʻldirish va grunt qatlamlarini uzilish bilan qazib olish;
foydali qazilmalarni toʻliq qazib olmaslik;
togʻ jinslarini kuchaytirish va mustahkamlash;
tartibga solinuvchi bosim bilan kon qazish;
kon lahimlarini kamaytirish va kon qazilmalari bilan bino oʻrtasidagi masofani oshirish;
qotuvchi eritmalarini qoplama ortidagi boʻshliqqa yuborish;
press-beton qoplamalarini qoʻllash;
diametri va tosh qoplami orasidagi farqni kamaytirish.
3. Bino va inshootlarning mustahkamligini taʼminlash va ularni togʻ-kon ishlari taʼsiridan himoya qilishga quyidagi geotexnik choralarni amalga oshirish zarur:
zamin gruntlarining yomonlashishidan himoya qilish;
gruntlarni yaxshilash va deformatsiyalarni kamaytirish;
bino poydevorlarini mustahkamlash;
himoya devorlarini qurish;
poydevor osti gruntlarini burgʻilash va mustahkamlovchi eritmalar yuborish;
gorizontal deformatsiyani kamaytirish uchun toʻldiruvchi transheyalarni kovlash.
4. Bino va inshootlardan foydalanish davrida ularning mustahkamligini oshirish, deformatsiyalarga chidamliligini taʼminlash hamda togʻ-kon ishlari taʼsiridan muhofaza qilishda quyidagi choralarni amalga oshirish zarur:
deformatsiya choklari orqali alohida qismlarga ajratish;
metall uzatma tyajlar yoki temir-beton kamarlar bilan mustahkamlash;
bogʻlovchi elementlar oʻrnatish;
bino va inshootlarni domkratlar yordamida koʻtarish va tiklash hamda notekis choʻkishni bartaraf etish.
5. GOST 12248-10 ga asosan himoya choralarini tanlashda qurilish obyektining maqsadi va foydalanish darajasi, konstruktiv xususiyatlari va mustahkamlik talablari, zamin deformatsiyalarini oldindan prognoz qilish natijalari hamda himoya choralarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnologik taʼsirlarni hisobga olish lozim.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda karkasli binolarni loyihalash hamda ularni himoya qilish choralari
1. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda karkasli binolarni loyihalashtirishda, binolarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash uchun moslashuvchan va aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv sxemalarni qoʻllash lozim.
2. Koʻp qavatli karkasli binolar aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv tizimlar asosida loyihalashtirilishi lozim.
Konstruktiv tizimlarni tanlashda yiriklashtirilgan ustunlar toʻriga ega karkaslarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
1-rasm. Koʻp qavatli binolarning karkasli ramalari
a) aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv tizim; b) bogʻlanma tizimlar
3. Karkasli binolarning konstruktiv yechimlarini quyidagilarga asosan tanlash lozim:
yer yuzasi deformatsiyalarining hisobiy qiymati;
qurilish maydonining muhandislik-geologik shart-sharoitlari;
obyektga qoʻyilgan foydalanish talablari.
4. Koʻp qavatli binolarning karkaslarini rigel ustunga rigelning yuqori belbogʻida armatura chiqishlarini payvandlash usulida biriktirish lozim.
2-rasm. Koʻp qavatli bino karkaslaridagi rigellarning ustun bilan birikishi
a — ustun va tokchali chetki qator rigeli, b — ustun va toʻgʻri burchakli oʻrta qator rigeli, v — sharnirli, 1 — ustun, 2 — rigel, 3 — xomutlar, 4 — rigel va ustunlarning juft chiqishi, 5 — tutashmani yaxlitlash konturi, 6 — rigelning oʻrnatish detallari, 7 — ustunning oʻrnatish detali, 8 — yopma plitasini rigel bilan birlashtirish uchun oʻrnatish detali, 9 — ustunlararo tayanch plita, 10 — poʻlat qoplamalar, 11 — yopma plitalar, 12 — rigelning oʻrnatish detali, 13 — birlashtiruvchi plastina
5. Tanlangan hisoblash sxemasi quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
deformatsiya va mustahkamlik (yuklarni toʻgʻri taqsimlash va konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlash);
tektonik va dinamik taʼsirlarga moslik (yer harakatlari va boshqa dinamik taʼsirlarga mos kelishi);
yuklarni toʻgʻri taqsimlash (binoga tushadigan yuklarni toʻgʻri tarqatish);
konstruktiv va foydalanish muvofiqligi (binoning barqarorligi va ishonchliligini taʼminlash).
3-rasm. Bir qavatli karkasli binolarning koʻndalang ramalari
a) ustunlarning poydevorlar bilan bikr bogʻlangan sharnirli-bogʻlangan tizimlari;
b) chetki ustunlarning poydevorlar bilan sharnirli-qoʻzgʻalmas bogʻlangan tizimlar;
v)rigellarning ustunlar bilan sharnirli-harakatlanuvchi bogʻlangan tizimlar;
g) tayanchlarning bir qismi uchun sharnirli tizimlar;
d-e) sharnirli-harakatlanuvchi va uch sharnirli ramani qoʻllash holati
4-rasm. Bir qavatli karkasli binolarning boʻylama ramalari
(kransiz va koʻpriksimon kranli)
6. Karkas binolarning hisoblash sxemalarini tanlash va poydevor bogʻlovchi-tirgaklarini oʻrnatishni boʻylama ramalar poydevor bogʻlovchi-tirgaklarini oʻrnatish bilan sharnirli-bogʻlamli tizimlar koʻrinishida loyihalashtirilishi lozim.
Koʻp qavatli karkas binolar quyidagi tizimlar shaklida loyihalashtirilishi lozim:
sharnirli-bogʻlamli;
ramali-bogʻlamli;
qattiq ramali tizimlar.
Karkas binolarni ramali-bogʻlamli tizim shaklida loyihalashda, bikr ramalarni bino (yoki uning bir qismi)ning kichikroq oʻlchamga ega yoʻnalishida va yer yuzasining eng kam deformatsiyaga uchraydigan tomonida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
7. Bir qavatli karkasli sanoat binolarni loyihalashda ustunlar orasidagi masofa 6 m va 12 boʻlishi lozim.
Bino va inshootlar mustahkamligini taʼminlash uchun IV, III va IV guruh boʻyicha ushbu ilovaning 1-jadvaliga asosan bino chetki qatorlarda ustunlar orasidagi masofa 6 m, markaziy qatorlarda esa 12 m boʻlishi lozim.
8. Bir qavatli karkasli binolarni loyihalashda poydevor zaminlarining harakatlarini baholash uchun ustun poydevorlar orasidagi choʻkishlar farqi SHNQ 2.02.01-19 da belgilangan cheklangan qiymatdan oshmagan holda qabul qilinishi lozim.
Gorizontal siljishlar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan cheklangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Izoh. Ustunning birinchi qavat ustunlarining balandligi 𝒉 qiymat sifatida qabul qilinadi.
9. Choʻkuvchan hududlarda ikkinchi darajadagi bogʻlanma-tirgovichlarni qoʻllash zarur.
Gruntning siljishi natijasida zoʻriqishlarni kamaytirish uchun poydevor bilan beton qatlami oʻrtasida sirpanish choki oʻrnatish kerak.
Agar ushbu choralar ustunlarning koʻtarish qobiliyatini yaxshilamasa, konstruksiyani oʻzgartirish yoki poydevor uchun temir-beton plitalarni qurish lozim.
10. Alohida turgan poydevorlarga tayanuvchi ustunlarning koʻtarib turish qobiliyati yer sirti deformatsiyalardan kuchlanishlarni qabul qilishga yetarli boʻlmaganda, ustunlarni yanada kuchaytirish yoki boʻlmalar uzunligini kamaytirish talab etilmasa, bir yoki ikki darajalarda poydevorlar orasida bogʻlanma-tirgovichlarni qurish kerak.
Ikkinchi darajadagi bogʻlanma tirgovichlarni I, Ik — IIIk guruhlarga tegishli choʻkuvchan hududlarda qoʻllash kerak.
Bogʻlama-tirgovichlarda gruntning siljishi taʼsiridan kelib chiqadigan zoʻriqishlarni kamaytirish uchun poydevor asosining beton tayyorlov qatlami bilan tutashgan (kontakt) yuzasi boʻylab sirpanish chokini oʻrnatish lozim.
Karkas va fazoviy bloklarning birgalikda ishlashini taʼminlash uchun orayopmalar gorizontal yuzada yetarli bikrlikka ega boʻlishi zarur.
11. Karkasli bino boʻlmasining chegaraviy uzunligi va kengligi yer sirti deformatsiyalari hisobiy qiymatlariga bogʻliq holda aniqlanishi lozim.
Boʻlmalar orasidagi deformatsiya choklarini juft romlar yoki oraliq konstruksiyalarning sharnirli-harakatchan tayanishi koʻrinishida loyihalashtirish va ularni elastik toʻldiruvchi (poroizol, porolon, makro-gʻovakli rezina) bilan berkitib, kompensatorlar bilan yopish lozim.
12. Bir qavatli karkasli binolarning tomyopmalari uchun GOST 19912-12 boʻyicha statik aniqlanadigan konstruksiyalarni qoʻllash lozim.
13. Gidroizolyatsiyani kuchaytirish maqsadida kompensatorlar oʻrnatilgan joylar va tom yopma plitalari orasidagi choklar 1 m kenglikdagi qoʻshimcha ruberoidli tasmalar bilan yelimlanishi lozim.
14. Bino yonma-yon ustunlari choʻkish farqi ∆ℎ quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
∆n — devor panellari orasidagi tirqish qiymati;
𝑙 — ustunlar oʻqlari orasidagi masofa;
Nn — devor panelining balandligi.
15. Oʻzini koʻtarib turuvchi tosh devorlar balkalarga tayangan holda va karkas elementlariga mahkamlab, ustunlar oldida kesib oʻtish lozim.
Ichki devorlar bino karkasi oʻqlari boʻyicha egiluvchan ankerlar bilan ustunlarga mahkamlanishi kerak.
Tashqi devorlar, plitalar va rigellarga tutashuv joylarida, shuningdek texnologik va sanitar-gigiyenik quvurlar bilan kesishuv joylarida 50 mm dan kam boʻlmagan tirqishlar qoldirilishi lozim.
16. Grunt ustida deformatsiyalarini kamaytirish uchun qattiq pollarni 6 m² dan katta boʻlmagan boʻlimlarga (kartalarga) ajratish kerak.
Seksiyalar orasidagi choklar kengligi mazkur SHNQning 62-bandi 5-formulasi boʻyicha aniqlanishi kerak.
Bunda, yonma-yon kartalar markazlari orasidagi masofa 𝐿₀ hisobga olinishi lozim.
Choklar elastik toʻldiruvchi moddalar (bitum soʻrtma (mastika) bilan berkitilishi kerak.
Bogʻlama-tirgovichlar sifatida beton armaturalangan poldan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
17. Zina boʻlmalari devorlarini bino (boʻlma)ning makondagi barqarorligini taʼminlovchi bikrlik bloklari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Orayopmalardagi uskuna va kommunikatsiyaga moʻljallangan yoriqlar oʻlchamlarini ularning gorizontal sirtda mumkin boʻlgan oʻzaro siljishlarini hisobga olib oʻrnatish lozim.
Ishlov berish jarayonida uskunani rixtovka qilish kerak.
18. Kranlarning normal ish faoliyatini taʼminlash uchun kranosti konstruksiyalarini rixtovka qilish va ilgaklarni tartibga solish zarur.
19. Koʻprikli kranlarga ega binolarda kesma kranosti balkalarni qoʻllash lozim.
Binoni boʻlmalarga ajralgan joyida kran osti balkalarning konsolli tayanishini yoki deformatsiya qobiliyatini deformatsiya chokining kutilayotgan qiymatiga bogʻliq holda aniqlash lozim boʻlgan maxsus balka-kompensatorlarni qurish kerak.
20. Kranlarning bino elementlariga yaqinlashish gabaritlarini kran yoʻllarining mumkin boʻlgan tekislashni hisobga olib belgilash lozim.
Ustunning kran usti qismi balandligini oshirishga yoki pasaytirilgan tayanch qismli metall kranosti balkalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda karkassiz binolarni loyihalashtirish va hisoblash talablari
1. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda karkassiz binolarning alohida koʻtaruvchi konstruksiyalari shikastlanganda bino qismlarining qulab tushishini oldini oluvchi bikr yoki aralash (kombinatsiyalangan) konstruktiv sxemalar asosida quyidagicha loyihalash kerak:
boʻylama koʻtarib turuvchi devorlar va koʻndalang bikrlik diafragmalari bilan (zinapoya boʻlmalarining, lift shaxtalari devorlari) koʻndalang va boʻylama koʻtarib turuvchi devorlar bilan;
karkassiz turar joy obyektlari va jamoat binolarining yer usti qismlarini, bikr konstruktiv sxema boʻyicha.
2. Binoning koʻtaruvchi devorlarini boʻylama va koʻndalang oʻqlariga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish, shuningdek bikrligi binoning uzunligi va kengligi boʻyicha bir tekisda taqsimlanishi lozim.
Koʻndalang devorlar binoning butun kengligiga, ikki yoqlama qilib (skvoznoy), loyihalashtirish zarur.
Loyihalash talablariga koʻra koʻndalang devorlarning joylashishi oʻzgarganda boʻylama va koʻndalang devorlar birgalikda mustahkam ishlashi hamda ichki boʻylama devorlar bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
Bunda, koʻndalang devorlar (oʻqlarda) 0,6 m dan ortiq boʻlmagan qiymatda siljishiga yoʻl qoʻyiladi.
Boʻylama devorlarning siljish qiymati 1,8 m dan oshmasligi, bunda boʻylama devorlarning burilish joyi, koʻndalang koʻtarib turuvchi devorlar bilan bogʻlanishi zarur.
3. Karkassiz binolarda, ichki xonalari mavjud boʻlgan bino konstruksiyalarini yagona fazoviy tizimining elementlari sifatida, ularni quyidagi talablarni inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim:
barcha tashqi va ichki devorlar boʻylab poydevorlar hamda sokolli yopiq belbogʻlarni;
yirik blokli, gʻishtli binolarda barcha tashqi va ichki devorlari boʻylab peremichka yoki orayopmalar darajasida joylashtiriladigan qavatlararo temir-beton belbogʻlar, panelli binolarda esa, tashqi va ichki panel devor konstruksiyalari bilan birlashgan qavatlararo belbogʻlarni;
poydevor konstruksiyalarini vertikal bogʻlanishiga ega poydevor usti konstruksiyalari bilan biriktirib;
orayopma panellarini oʻzaro va koʻtaruvchi devorlar bilan biriktirish, shuningdek panellar orasidagi choklarni M100 markali sement qorishmasini quyish bilan berkitib;
panelli binolarda poydevor va sokol belbogʻlarini, sokol konstruksiyasi bilan birlashtirib.
4. Bino va inshootlar loyihalari yer usti qismining umumiy hajm-rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Namunaviy binolar yer usti qismida umumiy yechimlar, yer osti qismida esa qurilish sharoitlariga koʻra moslashuvchan yechimlar asosida loyihalanishi kerak.
5. Karkassiz binolardagi deformatsiya choklari juft koʻndalang devorlar koʻrinishida boʻlishi lozim.
Devor qalinligi tashqi havoning hisobiy haroratiga bogʻliq holda binolarga qoʻyiladigan issiqlik-texnik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Yirik panelli binolarda elementlar orasidagi tutashishlar quyidagi usullar boʻyicha amalga oshirilishi lozim:
shponkalar koʻrinishidagi armaturali chiqishlarni payvandlash va ularni betonlab monolitlash;
ishchi armaturaga kavsharlangan biriktiruvchi poʻlat detallarini payvandlash;
monolitlangan, ilgakli chiqishlarni tirgaklar (skobka) orqali biriktirish;
devorlar orasidagi tutashuvlarida biriktiruvchi elementlarining kesimini hisoblash;
panellarning gorizontal tutashuv choklarini M100 markali sement qorishmasi bilan berkitish;
poʻlat biriktiruvchi elementlarining tutashuvchi detallarini korroziyadan himoyalash.
7. Tosh materiallaridan qurilgan bino devorlarning burchaklari va kesishmalarining diametri 4 — 6 mm, katakchalari 7x7 cm oʻlchamli toʻrlar bilan armaturalanishi, bunda toʻrlar gorizontal choklarda element balandligi boʻyicha 1 m oraliqda yotqizilishi va devor oʻqlaridan har bir tomonga 1,2 — 1,5 m masofada berkitish lozim.
Panelli binolarning orayopma va tomyopma panellari, koʻtarib turuvchi devorlariga tayanish chuqurligi 12 cm dan kam boʻlmasligi zarur.
8. Kanallar, shtrabalar, tokchalarning zaiflashgan konstruksiyalarni hisoblash yoki konstruktiv talablarga muvofiq qoʻshimcha armaturalash bilan mustahkamlash kerak.
9. Karkassiz binolarning poydevor-yertoʻla qismining konstruksiyalarini zavodda ishlab chiqarilgan, yigʻma materiallar, yigʻma monolit konstruksiyalar bilan loyihalashtirish lozim.
Bikrlikni oshirish uchun binoning yer osti qismida qoʻshimcha devorlar qurish kerak.
10. Lojiyalar uchun konstruktiv yechimlarda, agar devor qismlari uzunlamasi 1,5 m gacha siljitilsa quyidagilar taʼminlanishi kerak:
temir-beton, devor va poydevor belbogʻlari, ularni devor tekisligida va lodjiya konturida joylashtirilishi;
yopma tuzilmalari devor belbogʻlari sifatida qoʻllanishi, (uzilish joylarida mustahkamlanishi va asosiy belbogʻ bilan ishonchli bogʻlanishi kerak);
lodjiyaning bir devori binodagi koʻndalang devorning davomi sifatida bajarilishi;
balkonlar va erkerlar konsol shaklidagi yopma konstruksiyalarda qurilishi.
Bino choʻkishlarni hisobga olgan holda loyihalangan boʻlsa, lojiyalar yopmaga tayantirib qurilishi lozim.
Lodjiya, balkon va erkerlarni qurishda konstruksiyaning barqarorligi, mustahkam bogʻlamalar va deformatsiyalarga moslashuvchanlik taʼminlanishi kerak.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Muhandislik inshootlari va quvurlarni loyihalash va hisoblash talablari
1. Minora shaklidagi inshootni bikr konstruktiv sxemalar asosida loyihalash lozim.
Minora shaklidagi inshootlarning hisoblangan ogʻishlari ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketganda, poydevor asosining oʻlchamlarini kengaytirish, inshoot ogʻirlik markazini pastga tushirish hamda vant qurilmalarini qoʻllash, foydalanish jarayonida inshootni taʼmirlash choralarini koʻrish zarur.
2. Transportyor galereyalarini bino va inshootlarni mustahkamligini taʼminlash boʻyicha I, Ik va II, IIk guruhlari uchun egiluvchan sxemalar bilan loyihalash kerak.
3. Tayanch ustunlardagi transportyor galereyalarini deformatsiya choki bilan ajratilgan konstruksiyalardan foydalanib loyihalash lozim.
Tayanch galereyalarini gorizontal yuzada uning boʻylama oʻqiga tik yoʻnaltirish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
Transportyor galereyasini binoga harakatlanuvchi tayanch bilan loyihalash va deformatsiya choklarini qoplovchi lentalar bilan yopish lozim.
4. Bino va inshootlarni mustahkamligini taʼminlash boʻyicha I — III guruhlari choʻkish maydonlarida transportyor galereyalarining tayanchlarini yer yuzasidagi chuqurliklar (pogʻonalar) taʼsiriga chidamli poydevorlar bilan loyihalash kerak.
5. Uzoq masofali yer osti inshootlari (tunnellar, kanallar) boʻylama yoʻnalishda — egiluvchan sxemalar boʻyicha deformatsiya choklari yordamida alohida qattiq boʻlimlarga ajratilgan, koʻndalang yoʻnalishda esa egiluvchan va bikr konstruktiv sxemalar asosida loyihalanishi lozim.
6. Avariya suvlarini oqizish uchun moʻljallangan choʻziq yer osti inshootlarining boʻylama qiyaliklarini yer yuzasining ehtimoliy qiyaliklarini inobatga olgan holda belgilash kerak.
7. Uzun masofaga choʻzilgan yer osti inshootlarida oʻtkazilgan muhandislik tarmoqlarini toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun egiluvchan tayanch va qoplama (kompensatsiya) qurilmalarini oʻrnatish lozim.
1-rasm. Yer osti tonnel qazilmasi ustida zaminning deformatsiyalanishi sxemasi
𝑆0 — yer osti ishlarining taʼsirida (yer osti boʻshligʻi markazining ustida) zamin sirtining maksimal choʻkish qiymati; 𝐵 — mulda kengligi, sirtning “choʻkishi” nolga yoki loyihaviy talablarga muvofiq oʻrnatilgan minimal qiymatlarga teng boʻlgan, sirt nuqtalari orasidagi masofa; 𝐻 — joylanish chuqurligi; 𝐷0 — yer osti qazilmasining xususiyatli oʻlchami; 𝜇 — chegaraviy siljish burchagi (qazilayotgan kon konturini siljish muldasining chetki nuqtalari bilan birlashtiruvchi chiziqlarning nishablik burchagi); 𝛿 — texnologik ortiqcha qazish miqdori (qazilgan lahimning haqiqiy diametri bilan tonnel qoplamasining tashqi diametri orasidagi farq)
Zamin yuzasi kesimining shaklini “namunali” egri chiziq (Gauss egri chizigʻi) bilan ifodalashni qabul qilish kerak.
𝑆𝑀(𝑥) = 𝑆0𝑒𝑥𝑝(−𝑥2⁄𝑎2)
8. “Namunali” egri chiziqning parametrlari va koʻrinishi kon lahimini qazish jarayonining texnologik xususiyatlari (dastlabki maʼlumotlar boʻyicha) kuzatuv natijalari asosida aniqlanishi lozim.
9. Qazilma ishlari olib borilgan hududlarda quriladigan sigʻimli chuqur inshootlarni SHNQ 2.04.01-22, SHNQ 2.04.03-24 talablarini hisobga olgan holda egiluvchan, kombinatsiyalangan yoki bikr konstruktiv sxemalar boʻyicha loyihalashtirish lozim.
10. Yopiq sigʻimli chuqurlashtirilgan inshootlarni loyihalashda moslashuvchan va kombinatsiyalangan konstruktiv sxemalardan foydalanish lozim.
Egiluvchan konstruktiv sxema yigʻma konstruktiv devorlarning choklarida, shuningdek asosning notekis deformatsiyalariga moslashtirilgan qoplama, tub va toʻsiqlar bilan birikmalarida egiluvchan suv oʻtkazmaydigan choklar bilan bajarilishi kerak.
11. Ochiq sigʻimli chuqurlashtirilgan inshootlarni loyihalashtirishda bikr va kombinatsiyalangan konstruktiv sxemalardan foydalanish kerak.
Statsionar uskunalarga ega boʻlgan ochiq sigʻimli chuqurlashtirilgan inshootlarni qatʼiy sxemalar asosida loyihalash lozim.
Statsionar uskunalarsiz ochiq chuqur inshootlarni quyidagicha loyihalash kerak:
rejada toʻgʻri toʻrtburchak boʻlganda — qatʼiy konstruktiv sxema boʻyicha;
dumaloq shaklda yer osti suvlari mavjud boʻlganda qattiq konstruktiv sxema boʻyicha, yer osti suvlari mavjud boʻlmaganda esa tubi devorlardan deformatsiya chok bilan ajratilgan kombinatsiyalangan sxema boʻyicha.
12. Sizot suvlari sathi yuqori boʻlgan maydonlarda qurish uchun sigʻimli chuqurlashtirilgan inshootlarni loyihalashda egiluvchan choklar konstruksiyalari ikki tomonlama gidrostatik bosimni qabul qilishni taʼminlashi kerak.
13. Loyihalarda qazilma ishlari taʼsirida poʻlat quvurlarning germetikligi buzilishining oldini olish uchun quyidagi konstruktiv va texnologik choralar amalga oshirilishi zarur:
qazilgan quvurlar uchun barcha berkitish armaturalari (joʻmraklar, zadvijkalar, ventillar, klapanlar) loyihaviy bosimdan qatʼi nazar faqat poʻlatdan tayyorlanishi;
quvurlar deformatsiyalanish sharoitlarida ham ulanish joylarining germetikligini taʼminlashi kerak.
Kompensatorlar va egiluvchan qoʻshimchalar uzunlamasiga va burchak boʻyicha siljishlarni kafolatli zaxira bilan qabul qilishi, tekis deformatsiya zonalarida va siljish hududlarida lokal siljishlarni taʼminlashi lozim.
Ularning mustahkamlik muddati qurilayotgan quvur liniyasi xizmat muddatiga teng boʻlishi yoki taʼmirlanish imkoniyatiga ega boʻlishi va quvurni ishdan chiqarmagan holda germetikligini tiklash imkoni boʻlishi zarur.
14. Loyihalarda ichki bosim, harorat kuchlanishlari va qazish kuchlanishlarining birgalikdagi taʼsirini kamaytirish boʻyicha himoya choralari koʻrilishi zarur.
Xavfli kuchlanishlar hududida quvurlarni qisman yoki toʻliq ochib qazishda tuproq taʼsirini kamaytirish, tuproqning muzlash chuqurligidan pastda kam siqiluvchan toʻldiruvchilarni qoʻllash lozim.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Bino va inshootlarni foydalanish davrida tekislash ishlarini hisobga olgan holda loyihalash
1. Bino va inshootlardan foydalanish davrida ularning konstruktiv va texnologik elementlarini tekislash ishlarini faqat tabiiy sharoitlarda, yetarli darajada laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilgan usullar bilan amalga oshirilishi lozim.
2. Karkassiz bino va inshootlarning poydevor qismida domkratlar yordamida tekislash ularni joylashtirish uchun kovaklar boʻlishi kerak.
Bino va inshootlarni koʻtarishda uning qismlariga zarar yetmasligi uchun tayanch va koʻtaruvchi konstruksiyalari orasida gorizontal ajratuvchi choklar qoldirilishi zarur.
Bino va inshootlarning poydevor qismida tekislovchi qurilmalarni oʻrnatish, ishga tushirish, ularga xavfsiz xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoit boʻlishi lozim.
Qurilmalarni oʻrnatish joyi pol sathidan shift konstruksiyasigacha boʻlgan balandligi 1,9 m dan kam boʻlmasligi kerak.
3. Liftlar SHNQ 2.08.01-24 talablariga asosan loyihalashtirish lozim.
4. Bino va inshootlarni tekislash jarayonida suv taʼminoti (issiq, sovuq) va oqova suvlarni chiqarib yuborish quvurlari tizimlarining normal foydalanishni taʼminlash uchun quyidagi choralarni hisobga olib loyihalash lozim:
quvurlarni tekislovchi qurilmani oʻrnatish uchun moʻljallangan oʻyiqlardan tashqarida yotqizish;
bino va inshootning tayanch va koʻtaruvchi qismlari orasidagi gorizontal ajratuvchi chokdan yuqorida joylashgan konstruksiyalariga vertikal quvurlarni va tarqatuvchi quvur tizimlarini mahkamlash;
quvurlarni oʻtkazish uchun teshiklarni devor va poydevorlar orasida qurish, quvur va konstruksiya orasida boʻshliq hosil qilish;
quvurlarni gorizontal va vertikal harakatlanishini taʼminlovchi qoplama (kompensator) larni oʻrnatish;
suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining vertikal qismlariga yopqich ventillarni oʻrnatish.
5. Tekislanadigan karkasli bino va inshootlarni loyihalashda ustunlar, poydevorlar va toʻsinlarni bogʻlash tugunlarini konstruktiv yechimini ishlab chiqish, tekislash qurilmalari va tayanch elementlarini oʻrnatish (tekislash texnologiyasi boʻyicha) lozim.
Kran osti toʻsinlarini ustunlarga mahkamlanishi, ularning vertikal va gorizontal tekisliklarda toʻgʻrilanishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Bogʻlovchi va toʻsuvchi konstruksiyalarning ustunlarga mahkamlanishi va devor panellari orasidagi boʻshliq oʻlchami, bino konstruksiyalarning tekislash jarayonida bir-biriga nisbatan vertikal yoʻnalishda harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Bino va inshootlarning orayopma plitalarini mahkamlanuvchi qismlari vertikal yuzalarida egiluvchan hamda disk yuzalarida bikr qoplama boʻlishi kerak.
6. Domkratlar bilan tekislanadigan inshootlar va uskunalarning plitali va massiv poydevorlarini quyidagicha loyihalashtirish kerak:
quyi (tayanch) va yuqori sokol qismlari orasida (dempfer materiallardan) ajratuvchi chok boʻlishi;
domkratlarni joylashtirish uchun kovaklarni qoldirish;
sokol va tayanch qismlarini bir-biri bilan bogʻlovchi mustahkam elementlarning boʻlishi.
7. Gruntni qisman olish (burgʻilash) usuli bilan tekislanadigan inshootlarning yuqori fazoviy bikr konstruksiyalari quyidagicha loyihalanishi lozim:
bino va inshootning konstruksiyasi vertikal va gorizontal yuklamalarga bardoshli qilib;
poydevorlar yuqori kuchlanishga chidamli beton markalari va mustahkamlangan temir-beton tuzilmalar bilan;
geotexnikaviy tahlil asosida gruntni olish joylari va chuqurligi aniq belgilab;
burgʻilash bosqichma-bosqich va nazoratli ravishda amalga oshirilishi;
poydevor ostidagi gruntlar sementatsiya yoki silikatizatsiya usullari bilan mustahkamlanib;
burgʻilash jarayonida gruntning choʻkishi va konstruksiyalarga zarar yetkazish xavfini kamaytirish choralari koʻrgan holda.
8. Burgʻilash orqali tekislash talab qilinadigan binolarning zamin gruntlari muayyan deformatsiyaga chidamli boʻlishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:
bino va inshootning zamin grunti kamida 25 MPa deformatsiya moduliga ega boʻlishiga;
bino va inshootning grunt yostiqlari SHNQ 2.02.01-19 ga asosan loyihalanishiga;
inshootning barqarorligi choʻkish va tekislash jarayoni kuzatib borilishiga.
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Qurilish shartlari boʻyicha hududlarni toifalash va muhandislik-geologik sharoitlarni tahlil qilish
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Choʻkuvchan gruntli hududlarda zamin deformatsiyasi va bikrlik koeffitsiyentlarini hisoblash I tur choʻkuvchan gruntli hududlarda
1. Grunt zaminining choʻkishi katta maydonlarda yuqoridan intensiv namlantirish yoki yer osti suvlari sathining koʻtarilishi natijasida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
(1)
bu yerda:
hi — 𝑖-chi grunt qatlamining qalinligi (sm);
ksl.i — ushbu ilovaning 2-bandiga muvofiq aniqlanadigan koeffitsiyent;
n — hsl,p va hsl,g choʻkuvchanlik maydonlariga boʻlingan grunt qatlamlari soni.
Hsl choʻkuvchi qalinlik hamda hsl,p va hsl,a choʻkuvchan maydonlar 2 m dan oshmaydigan qalinlikda ajratilishi kerak;
2. Ushbu ilovaning 1-formulasi boʻyicha ksl.i koeffitsiyenti, poydevor kengligi 𝑏 ≥ 12 m boʻlganda choʻkuvchan maydoni chegarasida 1 ga teng deb qabul qilinadi, 𝑏 ≤ 3 m boʻlganda quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi lozim:
(2)
bu yerda:
𝑝 — poydevor tagi boʻyicha oʻrtacha bosim, kPa;
P0 — 100 kPa ga teng bosim, 3m≤ 𝑏 ≤ 12m ksl.i boʻlganda, interpolyatsiya bilan aniqlanadi.
Oʻz ogʻirligidan grunt choʻkishini aniqlashda ksl.i = 1 deb qabul qilish lozim.
3. Deformatsiyalanadigan hsl,p qatlamining faqat yuqori qismida gruntlarning choʻkish xususiyatlarini trambovkalar bilan zichlash, loy yoki qumoq gruntlardan kam suv oʻtkazadigan ekran hosil qilish, grunt yostiqchalari oʻrnatish orqali bartaraf etilishi zarur.
Agar pastdagi gruntlar toʻliq suvga
bu yerda:
w — tabiiy yotqizilgan grunt namligi;
wsat — gruntning suv bilan toʻliq oʻyinganligiga mos keluvchi namlik;
wsl — boshlangʻich choʻkuvchanlik namligi;
5. Hudud uzunligi a0, m, poydevor yuklamasi taʼsirida choʻkish deformatsiyasi maydoni hsl,p yuqori qismida gruntning choʻkishi Ssl,p noldan toʻliq qiymatgacha oʻzgarishi kuzatiladi va quyidagi formula orqali aniqlanishi zarur:
(4)
bu yerda:
hsat — namlash manbai tubidan deformatsiya zonasining hsl,p pastki chegarasigacha boʻlgan suv bilan toʻyingan grunt qalinligi (m).
lesssimon qumli grunt va lesslar uchun 35°;
lesssimon qumoq gruntlar uchun 50°;
ogʻir shibbalagichlar bilan zichlash yoki grunt yostiqlarini tekislashda 1,5 va 1,3 oshiruvchi koeffitsiyentlar bilan qabul qilinadi.
6. Chiziqli deformatsiyalanuvchi yarim fazo koʻrinishida qabul qilingan asosning bikrlik koeffitsiyentlari quyidagi hollarda aniqlanadi:
a) tabiiy tuzilgan gruntlarda, tabiiy namlikda:
(5)
hsl,p deformatsiyalanuvchi maydon chegarasida namlantirish manbai ostida suv bilan toʻliq toʻyinganlikda:
(6)
b) butun hsl,p deformatsiyalanuvchi maydon chegarasida zichlangan (shibbalangan) choʻkuvchan gruntlarda, ularning tabiiy namligida:
(7)
zichlangan (shibbalangan) va ularga toʻshalgan gruntlarning suv bilan toʻliq toʻyinganligida:
(8)
v) faqat zichlangan choʻkuvchan gruntlarda
(9)
shibbalangan, choʻkuvchan va ularga toʻshalgan gruntlarning suv bilan toʻliq toʻyinganligida:
(10)
(11)
bu yerda:
𝐶 va 𝐶𝐼 — tabiiy namlikda va toʻliq suv bilan toʻyinganlikda, tabiiy tuzilishli gruntlardagi zaminlarning bikrlik koeffitsiyentlari, kPa /m;
p — poydevor tagi boʻyicha oʻrtacha bosim, kPa;
Ssl,p — poydevor botishi m, (1) formulasi boʻyicha hisoblanadigan tabiiy tuzilishli gruntda;
Sx va Ssl,p,x — mos ravishda poydevor botishi va choʻkishi, m, a hududida namlash manbai chetidan x masofada joylashgan nuqtada.
II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda
7. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda qurilish olib borilganda, gruntni mahalliy mustahkamlash usullaridan foydalanish (zichlash, gil ekrani yaratish, sementatsiya), poydevor turi va uning chuqurligini gruntning choʻkish xususiyatlariga mos ravishda tanlash, deformatsiyalarning oldini olish uchun maxsus fundament konstruksiyalaridan (taqsimlovchi plitalar, mustahkamlashchi arqonlar) foydalanish lozim.
Choʻkuvchan gruntlarda bino va inshootlarning zamin va konstruksiyalarini quyidagilarni inobatga olib hisoblash lozim:
gruntning namlanishi natijasida yuzaga keladigan choʻkishlar bino va inshootlar mustahkamligiga taʼsir qilmasligi uchun hisoblash.
Gruntning choʻkish qiymatlarini oʻz ogʻirligi tufayli gruntning Ssl,g maksimal choʻkishi ushbu ilovaning (1)-formulasi boʻyicha hisoblanganda ksl,i koeffitsiyenti ksl,i =1 deb qabul qilinishi lozim.
Nisbiy choʻkuvchanlik bino va inshoot ostida suv oʻtkazmaydigan qatlam (ekran) oʻrnatib ushbu ilovaning (3)-formulasi boʻyicha aniqlanishi lozim.
Kichik maydonlarda prognoz qilingan namlanishda Ssl,g gruntning oʻz ogʻirligi taʼsiridagi choʻkish quyidagi formula orqali hisoblanishi lozim:
(12)
(13)
bu yerda:
r — oʻz ogʻirligidan grunt choʻkishi egri chiziq maydonining quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan hisobiy uzunligi, m,
(14)
bu yerda:
a) bikr konstruktiv sxemali;
(15)
b) moslashuvchan konstruksiyali;
(16)
bu yerda:
mq — bino va inshootning oʻz zamini bilan birgalikda ishlashini hisobga oluvchi va quyidagiga teng deb qabul qilinadigan ish sharoitlari koeffitsiyenti:
𝐿 — bino va inshoot yoki uning alohida bloklari kengligi, m;
𝑟 — ushbu ilovaning (14) formulasi boʻyicha.
𝑙 — 1 va 2 poydevorlar orasidagi masofa, m;
mq — birga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent.
10. Qurilish uchun togʻ-kon va muhandislik-geologik sharoitlarida qazish ishlarining taʼsirini aniqlashda 𝜼(𝒙), ξ(𝒙) olingan maʼlumotlar bino va inshootning bir qismi 𝒍 uchun hisoblangan qiymatlar qabul qilinsa 𝒊, 𝝆, 𝜺 koʻrsatkich qiymatlari quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
quyidagi qiymatlar hisoblanishi kerak:
bu yerda:
x1, x2,(x1 2 ) — koʻrib chiqilayotgan nuqtalardan binoning markaziy oʻqigacha boʻlgan masofalar;
𝒏, 𝒎 — ortiqcha kuchlanish va ishlash sharoitlarining koeffitsiyentlari boʻlib, ular ushbu SHNQning 25-bandi, 3 va 4-jadvallari asosida aniqlanadi;
11. Bikr konstruktiv sxemali bino va inshootlarning ogʻishlarini isl nisbiy qiymati (15) formula boʻyicha, absolyut koʻrsatkichlar cm, esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(18)
bu yerda:
Hc — bino yoki inshootning poydevor tagidan ularning eng yuqori nuqtasigacha boʻlgan balandligi, cm.
12. Moslashuvchan konstruksiyali bino va inshootlarning alohida poydevorlari ogʻishini nisbiy qiymati (15) formula boʻyicha aniqlanishi lozim.
bunda, Ssl,g1 — Ssl,g2 — poydevorning ikkita qarama-qarshi joylashgan nuqtalari (torets)ning orasidagi poydevorning kengligi yoki uzunligiga teng masofalari bilan choʻkishi.
Ogʻishlarning absolyut qiymatlari (18) formula boʻyicha aniqlanishi, bunda Hc poydevor tagidan ustun yoki devorning koʻrilayotgan nuqtasigacha boʻlgan balandlik sifatida qabul qilinishi lozim.
13. Bino va inshootlar konstruksiyalarining dastlabki hisoblarida ishlatiladigan, gruntni yuqoridan, chiziqli manbadan (Bw=1÷2m boʻlganda)namlantirish holatidagi choʻkish voronkasining shartli egrilik radiusi Ryc quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(19)
bu yerda:
r va Ssl,g — ushbu ilovaning (13) formulasi boʻyicha;
mn — Ssl,g ga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent, m.
14. Choʻkishining egri chiziqli qism (maydon)larida r boʻyicha gruntni namlantirish natijasida oʻz ogʻirligidan choʻkishda x masofada grunt yuzasidagi gorizontal siljishlar qiymati usl, cm, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
bu yerda:
u — nisbiy gorizontal deformatsiyalarning quyidagiga teng deb qabul qilinadigan qiymati:
(21)
15. Bikr konstruktiv sxemali bino va inshootlarning boʻlimlari orasidagi deformatsiya choki kengligini kompleks chora-tadbirlar asosida loyihalashtirishda quyidagi formulalar yordamida aniqlash lozim:
poydevor osti darajasida, 𝑟 ≥ 𝐿 da
poydevor darajasida, (𝐿/2 < 𝑟 < 𝐿) da
karniz darajasida,
r0 — grunt choʻkish maydonining r0 - r0 = 0,5 r teng deb qabul qilinadigan hisobiy yarim uzunligi, m; x — ushbu ilovaning (13) formulasi boʻyicha.
bu yerda,
𝐿 — bino boʻlmasi uzunligi;
𝑟 — (14) formula boʻyicha aniqlanadigan, oʻz ogʻirligidan grunt choʻkishi egri chiziqli hududning hisobiy uzunligi;
𝐻 — binoning poydevor tagidan devor ustigacha balandligi;
Ssl,g — gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkish qiymati;
Yu — binoning zamin bilan birgalikdagi ishlashini hisobga oluvchi ish sharoitlari koeffitsiyenti,
𝑟 Yu = (r/L)2 va 𝑟≥ 𝐿 boʻlganda Yu =1 deb qabul qilinadi.
Deformatsiya chokining kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi kerak:
N≤10 m da ad = 10 cm;
N≥ 30 m da ad = 30 cm;
30>N>10 da chok oʻlchami (ad ) interpolyatsiya usuli bilan aniqlash lozim.
16. Choʻkuvchan qatlamning Hsl suv bilan toʻyingan (𝑆𝑟 > 0,9) loyli va qumli gruntlarini qoʻshimcha botishi Su,l va qoʻshimcha siqilish maydonini Hu,l SHNQ 2.02.01-19 talablari boʻyicha aniqlash lozim.
Kam namlangan loyli gruntlar hamda tarkiban bogʻlangan changsimon va mayda qumlarning qoʻshimcha botishini Sul quyidagi formula boʻyicha hisoblashga yoʻl qoʻyiladi:
bu yerda:
hadi — Hu,l maydoni boʻlib chiqilgan gruntning u-nchi qatlami qalinligi;
Ewi va Eoi — maydoni chegarasida mos ravishda suv bilan toʻliq toʻyinganlik va tabiiy namlangan toʻshovchi va choʻkuvchan boʻlmagan grunt i-nchi qatlamining deformatsiya modullari.
17. II tur choʻkuvchan gruntli hududlarda yer yuzasining qoziqlar bilan choʻkishini oldini olish uchun chiziqli-deformatsiyalanuvchan zaminning bikrlik S koeffitsiyentini quyidagi formula orqali aniqlash kerak:
zichlangan (shibbalangan) grunt
(23)
suv bilan toʻliq toʻyinganda
(24)
tabiiy holatda zaminning nam va choʻkuvchan gruntlarini svaylar bilan toʻliq kesib olishda
(25)
suv bilan toʻliq toʻyinganda
(26)
II-III tur nam va choʻkuvchan gruntli hududlarda karkasli, moslashuvchan konstruksiyali bino va inshootlarning oʻz ogʻirligidan botishini qisman bartaraf etish:
zichlangan (shibbalangan) grunt
(27)
suv bilan toʻliq toʻyingan
(28)
a-b
(29)
bu yerda: S bikrlik, botishlar
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Yer osti qismiga ega bino va inshootlar zaminlarini loyihalashtirish xususiyatlari
1. Choʻkuvchan gruntlarda yer osti qismi chuqurlashtirilgan bino va inshootlarning zaminlari va poydevorlarini loyihalashda, kotlovan qazish vaqtida grunt massivining boʻshashini hamda uning asosiy oʻlchamlari (chuqurligi va kengligi)ni hisobga olish lozim.
1-rasm. II turdagi choʻkuvchan grunt sharoitida quriladigan binolar uchun konstruktiv sxemalar
a — qoziqli poydevorda texnik tagxona bilan (yer osti qavatlarsiz); b — qoziqli poydevorda yer osti qism bilan; v — tabiiy zaminda va plitali poydevorda (suzuvchan bino) yer osti qism bilan;
1 — binolar; 2 — texnik tagxona; 3 — binoning yer osti qismi; 4 — burgʻilanadigan va urib qoqiladigan qoziqlar; 5 — qoqiladigan qoziqlar; 6 — poydevor plitasi; 7 — sirpanish choki;
𝑓𝑛 — choʻkuvchan grunt yon tomon ishqalanishining yuklash kuchlari; 𝑓 — qoziqlar yon yuzalari boʻyicha qarshilik kuchlari; 𝑅 — qoziqlari pastki uchi ostidagi hisobiy qarshilik
Chuqurlashtirilgan yer osti qismini qurishda bino yoki inshoot ostidagi grunt sharoitlarini I turdan choʻkmaydigan gruntlarga, choʻkish xususiyati boʻyicha esa II dan I turga oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
2-rasm. Binoning yer osti qismi uchun kotlovan qazishda choʻkishlarni hisoblash sxemalari
I — chuqur qazilma qurilishidagi grunt; II — bino yoki inshootning yer osti qismining poydevori,
a — chuqurlikdagi vertikal kuchlanishlar epyuralari; h𝑡 — oʻyiq yoki kotlovan tubi darajasi;
b — 𝐻𝑠𝑙 chuqurlikda; v — yer osti suvlarining koʻtarilishida grunt va poydevor choʻkishi egri chizigʻi; g — chuqurlikning tubi yoki bino yer osti qismining tagi orqali namlantirish. 1. Chuqur oʻyiq; 1-2-3. Kotlovan (yer osti qism) va bino yer usti qismi;
4. Rejalashtirish darajasida gruntning oʻz ogʻirligidan vertikal kuchlanishlar 𝜎𝑧𝑔;
5. 𝜎𝑧𝑔𝑓, oʻyiq 1 yoki 2 kotlovan tubi darajasida; 6. Vertikal kuchlanishlar 𝜎ʼ𝑧𝑔𝑓 , oʻyiq 1 yoki 2 kotlovan tashqarisida joylashgan grunt oʻz ogʻirligi taʼsirini hisobga olib;
7-8. Vertikal kuchlanishlar 𝜎𝑧𝑔𝑓, bino ogʻirligidan hamda orayopmalar va h𝑡; chuqurlikdagi ustun tagli poydevor (stilobat) yer osti qismiga foydalanish yuklamalaridan;
9-10. 𝜎𝑧𝑔+𝜎𝑧𝑝 gruntning oʻz ogʻirligidan va bino ogʻirligidan hamda mos ravishda bino va stilobat ostidagi 𝐻𝑠𝑙,𝑐 chuqurlikdagi orayopmalarga foydalanish yuklamalaridan jamlanma kuchlanishlar;
11. Boshlangʻich choʻkish bosimining 𝑝𝑠𝑙 chuqurlik boʻyicha oʻzgarish egri chizigʻi
2. Binoning yer osti qismi uchun kotlovan qazishda quyidagilarga rioya qilish lozim:
bino ostidagi choʻkuvchan qatlam 𝐻𝑠𝑙,𝑐 qiymati kotlovan tubi sathidan z chuqurlikkacha aniqlanadi, bu yerda gruntning Pz oʻz ogʻirligidan bosimi Pz = Yz ga teng boʻladi (Y — choʻkuvchan gruntning oʻrtacha ogʻirligi), kotlovan tubi belgisidan boshlab lyossimon gilli, qumli va yirik boʻlakli gruntlar qatlamigacha yoki nisbiy choʻkuvchanlik Esl,c = 0,01ga teng boʻladi;
gruntning oʻz ogʻirligidan
choʻkuvchan qatlam ostidagi choʻkmaydigan gruntning qoʻshimcha choʻkishi
Gruntlarning oʻz ogʻirligidan choʻkishi Pz hisobiy choʻkishi 𝑠𝑠𝑙,𝑔,𝑐 choʻkuvchan qatlamning 𝐻𝑠𝑙,𝑐 qolgan qismi doirasida aniqlanadi;
3. Kotlovanlarni qazishda grunt sharoitlarning oʻtkazilishi quyidagicha taʼminlanishi lozim:
choʻkuvchanlik boʻyicha I toifadan, baʼzi hollarda II toifadan oddiy choʻkuvchan boʻlmagan gruntlarga, kotlovan tubi belgisidan boshlab grunt oʻz ogʻirligi bosimda 1 m dan ortiq qalinlikka ega barcha qatlamlar (muhandislik-geologik elementlar — MGE) ning nisbiy choʻkuvchanligi 𝑠𝑠𝑙,𝑐≤0,01 dan kam;
choʻkuvchanlik boʻyicha II dan I guruhga, 𝑠𝑠𝑙,𝑐 ≤ 5 cm dan oshmagandagi choʻkuvchan qalinlikning 𝐻𝑠𝑙,𝑐 qolgan qismi chegarasida gruntlarning oʻz ogʻirligidan hisobiy choʻkishida 𝑠𝑠𝑙,𝑔,𝑐;
4. Gruntning oʻz ogʻirligidan choʻkishi va grunt sharoitlarining choʻkuvchanlik boʻyicha II dan I guruhga oʻtishi butunlay istisno qilinadigan kotlovanning minimal chuqurligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(1)
bu yerda:
𝛾s — kotlovan rejasida toʻgʻriburchak shaklda va tomonlar nisbati 1:3 dan kam boʻlmaganda 𝛾s = 1,1 ga teng deb va kvadrat hamda dumaloq shaklda;
𝛾𝑐 = 1,2 deb qabul qilinadigan ish sharoitlari koeffitsiyenti;
𝜎𝑧𝑔 — 𝜎𝑧𝑔 = 𝛾𝑤𝑑 ga teng gruntning oʻz ogʻirligidan vertikal kuchlanish;
𝛾𝑤 — suv bilan toʻyinganlik holatidagi choʻkuvchan grunt solishtirma ogʻirligining oʻrtacha tortilgan qiymati, kN/m3;
𝑑 — choʻkuvchan gruntning “mustahkamlik tanqisligi” maksimal qiymatga, yaʼni (𝛾𝑤𝑑)-𝑝𝑠𝑙 → 𝑚𝑎𝑥 boʻlgan chuqurlik, m;
𝑝𝑠𝑙 — 𝑑 chuqurlikda boshlangʻich choʻkish bosimi, kN.
kotlovan tubida qoʻshimcha kuchlanish mavjud boʻlmaganda qoziqli (svayli) fundamentlar loyihalanishi kerak.
Ularga bino yoki inshootdan, birinchi (yer osti) qavatining pollaridan ham yuk tushishlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kotlovan tubidan pastroqdagi gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari shibbalash bilan toʻliq bartaraf etilishi lozim.
5. Kotlovan tubidan pastroqda gruntlarning choʻkuvchanlik xossalarini bartaraf qilmasdan plitali va boshqa poydevorlarni qoʻllashda bino yoki inshoot zaminida gruntlari choʻkmaydigan kotlovanning minimal chuqurligi 𝑑ʼ𝑐𝑝, m, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(2)
bu yerda:
𝛾𝑐, 𝛾𝑤, 𝑝𝑠𝑙 — (1) formuladagi kabi belgilanadi;
𝜎𝑧𝑝 — poydevorlar yuklamasidan vertikal kuchlanishlar, kPa;
𝜎𝑧𝑛 — gruntda yertoʻla pastki qavati pollaridan yoki yer ostki qismdan qoʻshimcha vertikal kuchlanishlar.
(2) formulani qoʻllashda 𝑑𝑐𝑝 qiymati turli chuqurliklardagi turli qoʻshimcha kuchlanishlarni ular taqsimlanishining epyuralariga muvofiq berish asosida saralash bilan aniqlanadi.
6. 𝑑𝑐 va 𝑑𝑐𝑝 chuqurliklarni grafik usulda aniqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, texnik ehtiyojlarga moʻljallab qazilgan har bir joy uchun muhandislik-geologik qidiruv materiallari asosida quyidagilarning chuqurlik boʻyicha oʻzgarish grafiklari tuzilishi kerak:
gruntlarning oʻz ogʻirligidan bosimi 𝜎𝑠𝑙,𝑔 va boshlangʻich choʻkish bosimi 𝑝𝑠𝑙;
(𝜎𝑧𝑝 +𝜎𝑧𝑛).
𝜎𝑧𝑔 yoki 𝜎𝑧𝑔+𝜎𝑧𝑝+𝜎𝑧𝑛 grafigiga parallel ravishda boshlangʻich choʻkish bosimi 𝑝𝑠𝑙 ning oʻzgarish egri chizigʻiga urinma oʻtkazilishi kerak.
Bunda, 𝑑𝑐𝑝 va 𝑑𝑐 chuqurliklar 𝜎𝑧𝑔 urinmaning chuqurlik boʻyicha 𝜎𝑧𝑞, 𝑝𝑠𝑙, (𝜎𝑧𝑔 + 𝜎𝑧𝑝 + 𝜎𝑧𝑛) koʻrsatkichlar oʻzgarishi egri chiziqlari unga nisbatan chiziladigan vertikal “0” oʻq bilan kesishish nuqtalari boʻyicha aniqlanishi lozim.
7. Chuqurligi 4-5 m dan koʻp boʻlgan yer osti qismga ega bino va inshootlar zaminlarini loyihalashtirishda ushbu ilovada bayon qilingan va SHNQ 2.02.01-19 talablarini hisobga olish kerak.
8. Yer osti qismi mavjud boʻlgan bino va inshootlar poydevorlarining asoslari va konstruksiyalari turini tanlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
ularning rejadagi chuqurligi va oʻlchamlari;
gruntning choʻkish xususiyatlari boʻyicha turi;
choʻkuvchi qatlamning qalinligi 𝐻𝑠𝑙,𝑐 ;
choʻkish miqdori 𝑠𝑠𝑙,𝑔,𝑐 va choʻkmaydigan asosiy gruntlarning qoʻshimcha choʻkishi 𝑠𝑢,𝑙 ;
bino va inshootlar konstruksiyalari poydevor asoslariga tushadigan yuklamalar, mazkur yuklamalar SHNQ 2.02.01-19 da keltirilgan boshqa talablarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak.
9. Grunt sharoitlari boʻyicha II tur choʻkuvchan gruntlarning kotlovan tubidan pastroqda joylashish holatlarida quyidagilarni qoʻllash lozim:
1-2 qatlam choʻkuvchan gruntlarini ogʻir shibbalagichlar, gruntli svaylar, qattiq grunt materialidan (shagʻal, mayda toshli grunt, ekologik sof va mustahkam shlak) qilingan vertikal armaturalangan svaylar bilan zichlash;
choʻkuvchan qalinlikni 𝐻𝑠𝑙,e, tagi toʻldirilib qoqiladigan, urib qoqiladigan svaylar bilan ularni qoʻshimcha botishlar 𝑠𝑢,𝑙 rivojlanish ehtimoli bor maydondan pastroqqa choʻktirib kesib olish.
10. II tur grunt sharoitlariga ega choʻkuvchan gruntlarni qoziqlar bilan kesib olishda, shuningdek choʻkuvchan qalinlik 𝐻𝑠𝑙,𝑐 chegarasida shibbalash bilan gruntlarning choʻkuvchanlik xossalarini bartaraf etishda, qoziqlar va zichlangan massivlarga manfiy ishqalanish kuchi natijasida qoʻshimcha yuk tushishlarni 𝑃𝑛 kengligi 0,2 𝐻𝑠𝑙 boʻlgan konturli tasma (polosa) ustidagi bino va inshootlar yer osti qismi perimetri boʻyicha mumkin boʻlgan botish 𝑠𝑠𝑙,𝑔 dan kelib chiqib, ularning oʻrta qismi ostida esa, 𝐻𝑠𝑙,s.choʻkuvchan qalinlik qiymatidagi botish 𝑠𝑠𝑙,𝑔 dan kelib chiqib hisobga olish kerak.
11. Qoziqlarga va zichlangan massivlarga, shuningdek bino va inshootlar yer osti konstruksiyalariga ularning yonbosh tashqi yuzalari boʻyicha poydevor plitalari va boshqa chuqur joylashgan poydevorlarga manfiy ishqalanish kuchidan qoʻshimcha yuk tushishlarni pasaytirish maqsadida sirpanish choklari bajarilishi lozim.
Sirpanish choklarini gidroizolyatsiya bilan birlashtirishga va ularni 3-4 qavat suv oʻtkazmaydigan pergamin, ruberoid, polietilen plyonka materiallaridan foydalanib loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
