Davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻi hududlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (153-son)
10.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish orqali mavjud noyob turdagi oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qaroriga muvofiq “Nurota” va “Surxon” davlat qoʻriqxonalari hamda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududlarini kengaytirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining:
Jizzax viloyati Forish tumanidagi zaxira yerlardan 1173,1 gektar, Forish davlat oʻrmon xoʻjaligining 270 gektar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining Pangat hududidagi 1 657,41 gektar va Payariq tumanining Xalqobod hududidagi 1 165,46 gektar yer maydonlari hisobidan “Nurota” davlat qoʻriqxonasi hududini 4 265,97 gektarga kengaytirish;
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi zaxira yerlardan 275,58 gektar va Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligining 42,34 gektar, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligining 278,78 gektar, Toyloq tumanidagi Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasining 262,1 gektar, Toyloq tumanidagi zaxira yerlardan 1 808,79 gektar va Jomboy tumanidagi zaxira yerlardan 140,02 gektar yer maydonlari hisobidan “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududini 2 807,61 gektarga kengaytirish;
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligining 249,0 gektar yer maydonlari hisobidan “Surxon” davlat qoʻriqxonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
“Nurota” davlat qoʻriqxonasi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
“Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
“Surxon” davlat qoʻriqxonasi xududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga muvofiq oʻrmon fondi yerlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishini;
ushbu qarorga 1, 2 va 3-ilovalardagi yer uchastkalari “Nurota” va “Surxon” davlat qoʻriqxonalariga hamda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda ajratib berilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻi hududlarini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalari toifasini sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritilishini;
davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻi hududlarining kengayishi hisobidan qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar 2025-yilda mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismida, 2026-yildan boshlab mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 153-son qaroriga 1-ILOVA
“Nurota” davlat qoʻriqxonasi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
“Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 153-son qaroriga 3-ILOVA
“Surxon” davlat qoʻriqxonasi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 153-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon milliy tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi 82-son qarorida:
a) 1-banddagi “umumiy maydoni 2 426,2 gektar boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Zarafshon” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarining
MAYDONI
”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Zarafshon” milliy tabiat bogʻining qoʻriqxonaga aylantirilgan, rekreatsiya, xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratilgan YER MAYDONLARI
”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi 282-son qarorida:
a) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Nurota” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
b) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
