“44-modda. Konsert-tomosha tadbirlari reklamasida fonogrammadan foydalanilishi toʻgʻrisidagi axborot
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro sanʼatini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1046-son) · Sana: 11.03.2025 · Amalda
Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda ushbu tadbir reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot keltirilishi kerak.
Tashqi reklama orqali joylashtiriladigan konsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida oʻn foizini tashkil etishi kerak.
Konsert-tomosha tadbiri tashkilotchilari bevosita tomosha boshlanishidan oldin fonogrammadan foydalanilish darajasi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan audioxabar tarqatilishini taʼminlaydi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-mart,
OʻRQ-1046-son
