“Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-84-V-son)
22.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-dekabr kuni qabul qilingan “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga “Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 22-fevral,
SQ-84-V-son
