1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar toʻgʻrisida
16.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — “Bitim”) 3-moddasida nazarda tutilgan mazkur Bayonnomaning ilovasiga muvofiq erkin savdo rejimidan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududiga olib kirishda bojxona bojlari belgilangan tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi.
2-modda
Tomonlar oʻzaro savdoda oʻz qonunchiligiga muvofiq soliq va notarif tartibga solish choralarining qoʻllanilishini saqlab qoladilar.
3-modda
Mazkur Bayonnomaga Tomonlarning roziligi bilan uning ajralmas qismi boʻlgan, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Bayonnoma nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali tegishli yozma bildirishnomasini olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Toshkent shahrida, 2024-yil 16-iyulda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnomani talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo- iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar toʻgʻrisidagi Bayonnomaga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida erkin savdo rejimidan istisnolar roʻyxati
