“Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3346-1-son)
28.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3346-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son “Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish,qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 27-yanvardagi 1 va 01/QQ-son “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3346, 2022-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3346/0076-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-fevral,
1-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-fevral,
5-q/q-son
