Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-1039-son)
28.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 22-fevralda maʼqullangan
Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnoma (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnoma (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
OʻRQ-1039-son
