Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (313-V-son)
14.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari oʻzgartirilsin;
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan 170 gektar yer maydoni, Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 1* va 2-ilovalarga* muvofiq;
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 3* va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
1 — 4-ilovalar berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
313-V-son
