“177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1038-son) · Sana: 25.02.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi;
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
budjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda; 2024-yil, № 6, 530-modda) 13-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
