Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovga “Oʻzbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (348-V-son)
21.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovga “Oʻzbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-yanvar,
348-V-son
