“Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (300-V-son)
14.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
300-V-son
