Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining 2024-yil 18-20-noyabrda boʻlib oʻtgan majlislaridagi nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining harakatlar dasturiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (257-V-son)
07.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda qoʻmitalarning takliflaridan kelib chiqib, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining qonun ijodkorligi, parlament nazorati, saylovchilar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 17-dekabrda qabul qilingan 185-V-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining 2024-yil 18 — 20-noyabrda boʻlib oʻtgan majlislaridagi nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining harakatlar dasturiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, № 12, 1423-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Qaror ilovasi berilmaydi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
257-V-son
