30-modda. Strategik ekologik baholash obyektlari
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida (O‘RQ-1036-son) · Sana: 24.02.2025 · Amalda
Quyidagilar strategik ekologik baholash obyektlari jumlasiga kiradi:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
hududlarni keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish hamda hududlarni favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari deb eʼlon qilish maqsadida kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari yuzasidan ishlab chiqiladigan hujjatlar;
mavjud strategik rejalashtirish hujjatlariga kiritilayotgan, amalga oshirilishi atrof-muhitga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar.
