“Harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi QL-1225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”) (383-V-son)
24.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi QL-1225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-yanvar,
383-V-son
