Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (329-V-son)
20.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 21-yanvar kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1193-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
QL-1193, QL-1235 va QL-1247-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida;
“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-15-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish);
“Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-30-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-31-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-27-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
“Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-34-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-37-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-42-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-43-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Qudratovga “Oʻzbekistonning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportni diversifikatsiya qilish va global savdo aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-yanvar,
329-V-son
