“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-44-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (414-V-son)
31.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 22-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL–44-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-yanvar,
414-V-son
