Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (410-V-son)
31.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-45-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-1197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-44-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-yanvar,
410-V-son
