“Harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi QL-1225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”) (374-V-son)
23.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 17-sentabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi QL-1225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinlarni oʻtayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-yanvar,
374-V-son
