“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3116-2-son)
14.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3116-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-dekabrdagi 900-son “Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3116, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019 y, 10/19/3116/2444-son);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3116-1, 2021-yil 9-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y, 10/21/3116-1/0092-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-fevral,
3-mh son
Kelishildi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2025-yil 6-fevral
