“17-modda. Chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar”;
Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1026-son) · Sana: 11.02.2025 · Amalda
toʻrtinchi qismi “muassislari” degan soʻzdan keyin “(aksiyadorlari)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
oltinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi “chet el banki boʻlgan muassisning” degan soʻzlardan keyin “(aksiyadorning)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bank mazkur holatlarni bankning ustav kapitalidagi ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdordagi ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ham inobatga oladi”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning 16-moddasida va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar muassis (aksiyador) boʻlgan bank roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi, bundan ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar mustasno”;
9) 19-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “muassislarning” degan soʻz “bevosita va bilvosita muassislarning (egalik qiluvchilarning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “muassislarning roʻyxati” degan soʻzlar “muassislarning (aksiyadorlarning) roʻyxati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislarning” degan soʻzlardan keyin “bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 24-moddaning sakkizinchi qismi “muassislarni” degan soʻzdan keyin “bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarni, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 31-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
