Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklari (Dubay shahri)ga tashrifi toʻgʻrisida (KQ-63-V-son)
06.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 29-avgustdagi 2716-III/KQ-583-III-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Majlis palatalari devonlari masʼul xodimlarining xorijiy xizmat safarlariga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Reglamentga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha Global kengash anjumanida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda 2025-yil 10 — 14-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklari (Dubay shahri)ga yuborilsin.
2. Mazkur xizmat safari bilan bogʻliq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishini taʼminlash Oliy Majlis Senati devoni rahbari Q. Nurullayevga topshirilsin.
3. Oliy Majlis Senati devoni Buxgalteriya xizmati rahbari — Bosh buxgalter (B. Xoliqov) Senat delegatsiyasining xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasida xorijiy delegatsiyalarni kutib olish va chet elga delegatsiyalar yuborish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 2-ilovaga muvofiq moliyalashtirsin.
*2-ilova berilmaydi
4. Oliy Majlis Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi (A. Azamov) xizmat safari yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalarni band qilishni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati Dubay shahri xalqaro aeroportlarida Senat delegatsiyasini kutib olish hamda kuzatib qoʻyish, shuningdek, tashrif davomida boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlari Senat delegatsiyasini Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining “VIP” zali xizmatlari uchun toʻlov undirilmay xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 6-fevral,
KQ-63-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi KQ-63-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining
TARKIBI
