23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Tashuvchi:
shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishi;
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashi;
mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi;
harakat xavfsizligini, shahar yoʻlovchilar transportidan texnik foydalanish va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashishi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi shart.
Tashuvchilarning belgilangan yoʻnalishdan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yoʻlovchilarga qonunchilikda nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻyishi man etiladi.
