15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida (419-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yoʻllari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan koʻrgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
