Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish toʻgʻrisida (KQ-49-V-son)
27.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari koʻrilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatildi.
Qabul qilingan qonunlar orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati hamda ahamiyatini joylarda fuqarolarga yetkazish, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
3. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish va tahlil qilish;
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni ishchi guruh yigʻilishlarida muhokama qilish;
jamiyatda aholining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish borasida taklif va tavsiyalar tayyorlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga yetkazish;
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha Senat Kengashiga axborot kiritish.
4. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruh (Z. Bekatova) mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot kiritsin.
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 27-yanvar,
KQ-49-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi KQ-49-V-sonli qaroriga 1-ILOVA
Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ishchi guruh
TARKIBI
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi KQ-49-V-sonli qaroriga 2-ILOVA
Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
