Chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash, sohada yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-34-son)
30.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoniga muvofiq hamda ichki bozorlarga sifatli va arzon chorva va parranda mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2025-yilda goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2025-yilda parranda goʻshti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq.
2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya qoʻmitasi) mazkur qarorga 1 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlarga erishish maqsadida chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan Davlat budjetiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 50 foizini har oyning 25 sanasiga qadar qaytarish tartibini joriy etish. Bunda ushbu tartib ishlab chiqarilgan goʻsht, sut, parranda goʻshti hamda tuxumni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil qiladigan chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga nisbatan tatbiq etiladi.
Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu kichik bandga muvofiq Davlat budjetiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
b) parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun 2025-yil 1-fevralga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirish. Bunda:
mazkur mablagʻlar hisobiga respublikaning barcha hududlarida parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha “Parranda boqish — daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi;
ushbu loyiha aholi bandligini taʼminlash maqsadida kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, tijorat banklari balansidagi xoʻjaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari oʻrtasida kooperatsiya tizimini tashkil etish hamda respublikada parrandachilik sohasida tayyor biznes va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga amalga oshiriladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Mikrokreditbank” ATB kredit mablagʻlari hisobiga kooperatsiya tizimi asosida parrandachilik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini koʻrsatgan xonadonlar roʻyxatini shakllantirsin;
v) 2028-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik-naslchilik korxonalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xoʻjaliklarga joʻjalarni yetkazib berishda foydalaniladigan motorli transport vositalariga (TIF TN kodi 8704 22 920 9) import bojxona bojini 5 foiz hamda dvigatelning har bir kub sm uchun 1,2 AQSH dollari etib belgilash;
g) naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini 2028-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish;
d) chorva hayvonlari, jumladan, qoramol, qoʻy-echkilar va nasldor otlarning embrionlarini tayyorlash uchun veterinariya dori vositalarini, shuningdek, davlat veterinariya laboratoriya tekshiruvlarida qoʻllanadigan tashxis test tizimlarini olib kirishda veterinariya dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazganlik guvohnomasini berishda koʻrsatiladigan pulli xizmat uchun haq undirishni bekor qilish.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Veterinariya qoʻmitasi 2025-2026-yillarda xalqaro donorlardan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirishga 50 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda 2025-yilda yaylovlarni tiklash hamda ularda sugʻorish inshootlarini (quduqlarni) barpo etish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda:
sugʻorish inshootlarini (quduqlarni) muqobil energiya manbalari qurilmalari va suv hisoblagichlar bilan taʼminlash;
sugʻorish inshootlari (quduqlar) biriktirilgan subyektlarning ularni saqlash va oqilona foydalanish borasidagi majburiyatlarini belgilash;
ushbu dasturni moliyalashtirishga Markaziy bankning foydasi hisobidan tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirish nazarda tutiladi.
5. Belgilansinki, Veterinariya qoʻmitasi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish va Jahon savdo tashkilotlari tomonidan oʻrnatiladigan talablar va standartlarni amaliyotga joriy etish, hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar xavfsizligini taʼminlash, chegara va transportda davlat veterinariya xizmatini amalga oshirish hamda veterinariya nazoratini kuchaytirish masalalariga masʼul organ hisoblanadi.
Bunda Veterinariya qoʻmitasi tomonidan Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkilotining talablari boʻyicha chegara va transport veterinariya punktlarida davlat veterinariya xizmatiga raqamli texnologiyalar joriy etiladi hamda tovarlarni kuzatish, xavfni tahlil qilish va boshqarish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
6. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi:
2025-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan palma moyiga hamda tarkibida palma moyi va yogʻ kislotalarining trans izomerlari mavjud boʻlgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻrnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
belgilangan tartibda oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida palma moyidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
chorvachilik majmuasi egasi oʻzining garovga qoʻyilgan chorvachilik majmuasining garov taʼminoti boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ushbu chorvachilik majmualarini ularga qarashli yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda qonunchilikda belgilangan muddatga, yer ijara huquqini esa yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn auksion savdolari orqali yaxlit lot sifatida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda:
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
8. Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya qoʻmitasi va Kadastr agentligining:
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Niyozboshi massivi hududidagi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialiga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan 32,13 gektar yer uchastkasini Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga berish;
shundan 4 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer toifasini tegishli bino va inshootlar qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga 26 gektar yer uchastkasini Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasidagi davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda ijaraga bersin.
Toshkent viloyati hokimligi Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 4 gektar yer uchastkasini Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Kadastr agentligi yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
9. Jizzax viloyati hokimligi ikki hafta muddatda parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasini tashkil etish uchun 100 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer toifasini yer fondining boshqa toifalariga oʻtkazish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin.
10. Veterinariya qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “Mikrokreditbank” ATBning xorijiy yetakchi genetik kompaniyalar bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida tuxum yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda Samarqand viloyati hokimligi Veterinariya qoʻmitasi va “Parrandasanoat” uyushmasining xorijiy yetakchi genetik kompaniyalar bilan erishgan ijobiy kelishuvlariga koʻra Qoʻshrabot, Oqdaryo va Samarqand tumanlari hududidan 30 gektar yer maydonini loyiha tashabbuskoriga ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Soliq qoʻmitasi Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Ipakchilik va jun sanoati qoʻmitasiga doimiy foydalanishga berilgan yaylov yer maydonlariga 2020-yildan 2024-yil 31-dekabrga qadar hisoblangan yer soligʻi summasini xatlovdan oʻtkazsin hamda ushbu muddatda ijaraga berilmagan maydonlar uchun hisoblangan yer soligʻi summasini hisobdan chiqarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Quyidagilar:
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari 5-ilovaga muvofiq;
2025 — 2027-yillarda veterinariya sohasini takomillashtirish hamda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirishga doir vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, Dyuar idishlari bilan taʼminlashning prognoz koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-yanvar,
PQ-34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 1-ILOVA
2025-yilda goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 2-ILOVA
2025-yilda parranda goʻshti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 3-ILOVA
2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini taʼminlash
KOʻRSATKICHLARI
* Hududlarda aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari parrandachilik xoʻjaliklarining quvvati va loyihalarni amalga oshirish dislokatsiyasidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 4-ILOVA
2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Izoh. Parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari mahsulot turi boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 5-ILOVA
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari
2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati, uning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,4 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
5 yildan 10 yilgacha — 0,4;
10 yildan 15 yilgacha — 0,5;
15 yildan 20 yilgacha — 0,6;
20 yildan 25 yilgacha — 0,8;
25 yildan ortiq — 1,0.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining tizim tashkilotlari hamda hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
10 yildan 15 yilgacha — 0,4;
15 yildan 20 yilgacha — 0,5;
20 yildan ortiq — 0,6;
v) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari har oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 5 foizgacha ustamalar belgilanadi;
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari har oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 10 foizgacha ustamalar belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 6-ILOVA
2025 — 2027-yillarda veterinariya sohasini takomillashtirish hamda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirishga doir vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbalariIjro muddatiIjro uchun masʼullarI. Chorvachilik sohasi hamda uning tarmoqlarini rivojlantirish yoʻnalishida1.Yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan fundamental hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish va belgilangan tartibda grant tanlovlari asosida amalga oshirish.1. Yaylovlardan samarali foydalanishga doir mavjud muammolarni oʻrganish.Grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar 2025-yil iyulOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligiBunda yaylovlar bioxilma-xilligini saqlash (qayta tiklash), yaylovlarni madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va choʻl oʻsimliklari bilan qoplash hamda yaylovlarda ekiladigan ekinlar urugʻchiligini tashkil etish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida eʼtibor qaratish.2. 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish.2025 — 2027-yillar3. Amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish.2.Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi bazasida xalqaro tajribalar asosida qoramollar embrionini “in-vitro” laboratoriya usulida tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini joriy etish.1. “In-vitro” laboratoriya usulida qoramollar embrionini tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish.“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilgan grant mablagʻlari 2025-yil dekabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi2. Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazini “in-vitro” laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash.3. Xalqaro tajribalar asosida qoramollar embrionini “in-vitro” laboratoriya usulida tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini joriy etish.3.Qorakoʻlchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, qorakoʻl zotini takomillashtirish va yuqori mahsuldor qoʻylar naslini koʻpaytirish boʻyicha Jondor tumanida Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasini tashkil etish.1. Qorakoʻlchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, qorakoʻl zotini takomillashtirish va yuqori mahsuldor qoʻylar naslini koʻpaytirish boʻyicha Jondor tumanida Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasini tashkil etish.Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari2025-yil dekabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi2. Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasi faoliyatini xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan saqlash choralarini koʻrish.4.Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida joylashgan AT “Xalq banki” balansidagi 0,6 gektar bino va inshootlarni 0,4 gektar yer maydoni bilan birga chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron boʻlimiga toʻgʻridan-toʻgʻri (auksion savdolarisiz) 8 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish.1. Bino va inshootlarni hamda yer maydonini ishchi guruh tuzgan holda xatlovdan oʻtkazib, toʻlov reja-grafigini ishlab chiqish.2025-yil mayAT “Xalq banki”, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Toshkent viloyati hokimligi2. Mazkur binoni chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron boʻlimiga topshirish.5.Respublikada naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilishda zarur boʻlgan maxsus Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalar bilan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini taʼminlash choralarini koʻrish.1. Tuman va shaharlar kesimida Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.Mahalliy budjetmablagʻlari2025 — 2027 yillarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi2. Respublikaning har bir hududi boʻyicha tayyorlangan takliflarni viloyat hokimliklariga kiritib borish.3. Takliflar asosida Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalarni xarid qilish hamda tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini taʼminlash.6.Qoramolchilik xoʻjaliklari hamda aholi qaramogʻidagi sigirlarni seleksiya-naslchilik juftlash dasturi asosida naychalarda (payeta shaklida) tayyorlangan nasldor buqalar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantirish.Bunda chetdan import qilingan nasldor buqalar urugʻi seleksiya-naslchilik juftlash dasturiga kiritilgandan soʻng foydalaniladi.1. Respublikada chorva mollarini takror koʻpaytirishda foydalaniladigan nasldor buqalarni aniqlash.2025 — 2027 yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari2. Bojxona organlaridan olinadigan maʼlumotlar asosida chetdan import qilinadigan nasldor buqalar urugʻi hisobini yuritish.Har ikki yilda3. Qoramolchilik xoʻjaliklari hamda aholi qaramogʻidagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha seleksiya-naslchilik juftlash dasturini tasdiqlash.7.Xalqaro tajribalar asosida 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.1. Xalqaro tajribalarni oʻrganish va Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim yoʻnalishlarini belgilash.2025-yil martVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.8.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasini tugatish hamda korxonaga operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan binolar va inshootlar, yer maydonlari hamda boshqa moddiy-texnika vositalarini Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markaziga oʻtkazish.1. Tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida Ishchi komissiya tuzish va “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish.2025-yil mayVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Toshkent shahri hokimligi2. “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasini tugatish bilan bogʻliq jarayonlarni yakunlash hamda olingan moliyaviy yordam va kreditor qarzdorliklarni toʻlash hamda joriy taʼmirlash ishlarini Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.9.Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida:goʻsht-yogʻ mahsuldorlik yoʻnalishidagi qoʻylarning zotini takomillashtirish;otlarning Oʻzbekiston sharoitiga mos mahalliy zotlarini yetishtirish.1. Goʻsht-yogʻ mahsuldorlik yoʻnalishidagi qoʻylar zotini takomillashtirish boʻyicha keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borish.Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025 — 2027-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar2. Takomillashtirilgan goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi qoʻy zotini respublika hududlari iqlim sharoitidan kelib chiqib koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish.3. Otlar uchun birlamchi zootexnikaviy hujjatlar yuritilishini, otlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni yigʻish va elektron maʼlumotlar bazasini (EMB) tashkil etish.4. Otlarning Oʻzbekiston sharoitiga mos mahalliy zotlarini yetishtirish.10.Chorva hayvonlari va parrandalarning oʻta yuqumli kasalliklarini tashxislash uchun yangi avlod PSR — tezkor tashxis qoʻyish toʻplamlarini yaratish.1. Chorva hayvonlari va parrandalarning oʻta yuqumli kasalliklarini zamonaviy tashxislash usullarini tahlil qilish.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025-2026-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Texnologiyalarni transferlash.3. Yaratilgan toʻplamlarning tajriba seriyalarini laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida sinovdan oʻtkazish.4. Yaratilgan toʻplamlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.11.Oʻzbekistonda genetik salohiyati yuqori tivit beruvchi echki zotlarini koʻpaytirish texnologiyasini yaratish.1. Orenburg zotli, Angor, Sovet jundor zotli va mahalliy echkilar genofondidan foydalanib, ilk bor import oʻrnini bosuvchi tivitli echkilarning yuqori mahsuldor suruvlarini yaratishning seleksion-texnologik usullarini ishlab chiqish.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025-2026-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Mahalliy echkilarni tivit zotli echkilar bilan juftlab respublikamiz togʻoldi hududlariga moslashgan, tivit mahsuldorligi yuqori echkilarning seleksion guruhini yaratish.12.Beda va koʻp yillik javdar yetishtirishning suvtejamkor, resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning birlamchi urugʻchiligini yaratish.1. Yangi suvtejamkor, resurstejamkor texnologiyalardan foydalangan holda koʻp yillik beda va koʻp yillik javdar chorva ozuqasini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025-2026-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Yaratilgan ishlanmani ozuqa yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga joriy etish.13.Oʻzbekistonning tabiiy-iqlim sharoitiga mos xonaki parrandalarning naslli guruhlarini (duragaylarini) yaratish.1. Aholi tomorqalarida boqishga va mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan yuqori mahsuldor xonaki parrandalar duragaylarini yaratish ustida tadqiqotlar olib borish.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025 — 2027-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Mahalliy tovuqlarni yuqori mahsuldor zot va krosslar bilan chatishtirish va seleksiya ishlarini olib borish.3. Xonaki parrandalarning yuqori mahsuldor duragaylarini yaratish.14.Ozuqabop ekinlarning suv tanqisligi va shoʻrlanishga chidamli yangi serhosil navlarini yaratish.1. Ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav namunalarini ekib oʻrganish va koʻpaytirish.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar2025 — 2027-yillarVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Ozuqabop ekinlar nav, namunalarini tabiiy va sunʼiy muhitlarda sinash.3. Suv tanqisligi va shoʻrlanishga bardoshli ozuqabop ekinlar nav, namunalarini nav sinash markaziga taqdim etish.II. Veterinariya sohasini rivojlantirish, xizmat koʻrsatishni yaxshilash va davlat veterinariya nazorati faoliyatini takomillashtirish15.Chegara veterinariya nazorat punktlari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Chegara veterinariya nazorat punktlari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil oktabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar16.Davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarning respublika hududi boʻylab harakati ustidan monitoring yuritish va veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarning respublika hududi boʻylab harakati ustidan monitoring yuritish va kuzatuv veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar17.Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxati belgilangan hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda karantin (cheklov) tadbirlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.1. Sohaga oid muammolarni oʻrganish va yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash.2025-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Roʻyxati belgilangan hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda karantin (cheklov) tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.18.Xorijiy tajribalar asosida davlat chegara oʻtkazish punktlarida faoliyat olib borayotgan veterinariya xizmati xodimlarining xalqaro ekspertlar ishtirokida malakasini oshirish.1. Xalqaro tashkilotlar bilan ekspertlarni jalb etish boʻyicha muzokara oʻtkazish va kelishuvga erishish.Xalqaro moliya instituti grant mablagʻlariReja-jadval asosidaVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Veterinariya xizmati xodimlarini malakasini oshirish yuzasidan oʻquv kurslarini tashkil etish.19.Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining “VIS-CHEGARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga integratsiya qilish hamda real vaqt rejimida maʼlumotlar almashinuvini joriy etish.1. “VIS-CHEGARA” axborot tizimiga Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish.2025-yil dekabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Bojxona organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga doir hujjatlar va maʼlumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.III. Parrandachilik sohasini rivojlantirish yoʻnalishida20.“Parrandasanoat” uyushmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha moliyaviy manbalarni shakllantirish yuzasidan taklif kiritish.1. Ishchi guruh tuzgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2025-yil mayVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.21.Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida kooperatsiya tizimida va toʻliq zanjirli parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrgangan holda taklif tayyorlash.1. Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarga oid qonun hujjatlarini oʻrganib chiqish.2025-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi2. Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.22.Respublikada parrandachilik xoʻjaliklarini har xil turdagi kasalliklardan saqlash, naslchilik xoʻjaliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini himoya qilish va barqarorligini taʼminlash hamda epizootik holatni yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish.1. “Parrandasanoat” uyushmasining tizimli tahlili asosida respublikadagi parrandachilik naslchilik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish yuzasidan taklif tayyorlash.DoimiyVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi2. Veterinariya qoʻmitasi tomonidan respublikadagi parrandachilik naslchilik subyektlarining ichki ishlab chiqarish quvvatlarini himoya qilish va barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.23.Mahalliy tadbirkorlarga parranda mahsulotiga talabi yuqori boʻlgan xorijiy davlatlar eksport ruxsatnomalarini olishda amaliy yordam koʻrsatish.1. Parranda mahsulotiga talab yuqori boʻlgan chet el davlatlari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil dekabr Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi2. Ushbu davlatlardan mahalliy tadbirkorlarga eksport ruxsatnomalarini olishda amaliy yordam berish boʻyicha Hukumat darajasida muzokaralar olib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 7-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, Dyuar idishlari bilan taʼminlashning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarorida:
a) 7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yaylov xoʻjaliklarida faoliyat yurituvchi subyektlarga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan, qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, subyektlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish”;
oʻninchi xatboshidagi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy egaligidagi” soʻzlari “yaylov xoʻjaliklarining doimiy foydalanishidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarori 7-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“inqirozga uchragan yaylov yer maydonlarini tiklash, choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining birlamchi urugʻchilik maydonlari va madaniy yaylovzorlarni tashkil etish;
chorva mollari uchun qishlov mavsumida kuchli ozuqa zaxirasini yaratish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 3-bandida:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-52-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-2024-yilda Navoiy viloyatini kompleks rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 675-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-285-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “2023-2024” raqamlari “2024-2025” raqamlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “2025-2026” raqamlari “2026-2027” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nasldor hayvonlarning urugʻi va embrionlarini sotish, sifatli yetkazib berish, xalqaro va mahalliy konsultantlarni jalb etgan holda iqtidorli yoshlar hamda yosh olimlarning bu boradagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi “Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorida:
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 5-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
