Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (KQ-37-V-son)
20.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2025-yilda mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazorati samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutadigan qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy maʼlumot kiritib borish;
aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha banklar oldidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan tegishli tijorat banklari rahbarlarining axborotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida eshitish;
qishloq xoʻjaligi sohasida hamda qurilish va investitsiya loyihalarida aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida eshitish;
axborot va hisobotlarni Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining majlislarida eshitish muddatlari hamda axborot beruvchilar roʻyxatini ishlab chiqish.
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 20-yanvar,
KQ-37-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-yanvardagi KQ-37-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qarori quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (T. Ishmetov) har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2025-yilda tijorat banklarining mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga oid faoliyatini tahlil qilib, natijalari yuzasidan tijorat banklari va hududlar kesimidagi tahliliy maʼlumotni kiritib borsin.”;
5 — 12-bandlar tegishlicha 6 — 13-bandlar deb hisoblansin.
2. Qaror bilan tasdiqlangan Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” quyidagi mazmundagi 11 va 12-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
