“Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilarning hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1892-1-son)
27.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1892-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-dekabrdagi 119, 307-V, 6, EG-01/14-8052, 01-02/5-61-son “Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilarning hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1892, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y, 6-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-yanvar,
223-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
2024/41-3-son
Davlat statistika qoʻmitasi direktori B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
1-mb-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
40/17-son
